Aloqa tugunlari
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aloqa holatining nazorati
Aloqani o‘rnatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– kanal hosil qiluvchi apparaturani (stansiyani) ishga tayyorlash, yoqish, aloqaga kirish, o‘lchash, kanallarni sozlash va to‘g‘rilash, kanallarni chetki apparatxonaga (stansiyaga) topshirish; – chetki apparaturani to‘g‘rilash va sozlash, uni aloqa kanaliga qo‘shish, aloqa ishi sifatini tekshirish. Chizma-buyruqda ko‘zda tutilgan aloqalarni o‘rnatish AT navbatchi smenasi shaxsiy tarkibi tomonidan ATBN rahbarligida amalga oshiriladi. Daladagi (harakatdagi) ATda rejalashtirilgan aloqalarni o‘rnatishda rahbarlikni shtatdagi mansabdor shaxslar shaxsan va AT(ATE)BN orqali amalga oshiradilar. Bunda daladagi (harakatdagi) AT(ATE) BNga quyidagilar yuklatiladi: – aloqa o‘rnatish bo‘yicha vazifalarni aniqlashtirish va jangovar navbatchilikni qabul qilish; – xizmat aloqasini o‘rnatish va navbatchilikni qabul qilganligi haqida bo‘ysunuvi bo‘yicha doklad qilish; – bog‘lovchi liniyalarni sinovdan o‘tkazish va ularni kanallarni uzatish uchun tarqatish bo‘yicha JPlar navbatchi hisoblari harakatlarini boshqarish; – aloqaga kirish, kanallarni sozlash va ularni chetki apparatxonalarga topshirish bo‘yicha farmoyishlarni berish; aloqani o‘rnatishda ishtirok yetayotgan JP(guruh, element, AT)lar o‘rtasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish; – o‘rnatilayotgan aloqalarning o‘z vaqtidaligini va sifatini nazorat qilish; – bajarilayotgan vazifalarni, ularni hal qilishni qiyinlashtirayotgan sabablarni va ko‘rilgan choralarni tezkor-texnik hujjatlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirish; – qo‘shinlarni pinhona boshqarish va aloqa xavfsizligi talablarini bajarilishi ustidan qat’iy nazorat olib borish. Aloqa holatining nazorati AT navbatchi smenasi mansabdor shaxslari tomonidan, aloqaning, kanal (liniya) larning holati va aloqa vositalarining ish holati haqidagi ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilib borish yo‘li bilan olib boriladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling