Aloqa tugunlari


Ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

Ularga quyidagi vazifalar yuklatiladi: 
– ATning va BP elementlarining joylashuv joylarini aniqlashtirish;
– bo‘ysunuvchilarga yoyilish bo‘yicha vazifalar qo‘yish;
– elementlar (apparatxonalar, stansiyalar) joylashishiga, yoyilishiga (yig‘ilishiga) va 
ko‘chishiga rahbarlik qilish;
– bog‘lovchi, abonent va elektr ta’minot liniyalarini yotqizish;
– navbatchi smena shaxslariga jangovar navbatchilikka tushishdan oldin Yo‘riqnoma 
berish; 
– bog‘lovchi va abonent liniyalarini sinovdan o‘tkazishda, xizmat aloqasini 
o‘rnatishda, apparaturalarni “o‘ziga-o‘zi” tekshirishda, kanallarni sozlash va chetki 
apparatxonalarga topshirishda hamda rejalashtirilgan aloqalarni o‘rnatishda navbatchi 
smena shaxslarining harakatlariga rahbarlik qilish;
– dushmanning texnik razvedka va radioelektron bostirish vositalaridan ATni 
himoyalash bo‘yicha tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish; 
– aloqani o‘rnatishga jalb qilinmagan shaxsiy tarkib yordamida jangovar, texnik va 
ichkari ta’minot tadbirlari bajarilishi bo‘yicha ishlarni tashkil etish. 
Boshqaruv organlari daladagi ATning yoyilishi va aloqani o‘rnatishi jarayonlarini 
nazorat qilishni bevosita elementlarda, apparatxona (stansiya) larda, shuningdek 
bo‘ysunuvchilarning bildirgilari asosida amalga oshiradilar. Nazorat natijalari tezkor-
texnik hujjatlarda rasmiylashtirib boriladi. 
 
1
Joyni oldindan tekshirib chiqish 


14 
1.3. Tezkor-texnik xizmatning ta’rifi, mazmuni va asosiy vazifalari 
Aloqa tugunlarida tezkor-texnik xizmatni tashkillashtirish. 
ATda tezkor-texnik xizmat – bu qo‘shin (kuch) larni boshqarish bo‘yicha barcha 
turdagi axborotlarni o‘z vaqtida va sifatli almashinishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy 
va texnik tadbirlar majmuasidir. 
Tezkor-texnik xizmat ATdagi eng muhim xizmat hisoblanadi hamda ushbu AT 
tomonidan hal qilinadigan vazifalarning hajmiga va murakkabligiga, uning tezkor-tashkiliy 
tuzilmasining o‘ziga xosligiga, qurilmalari tarkibiga, shaxsiy tarkibining mavjudligi va 
tayyorgarligiga mos holda tashkil qilinadi. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling