Aloqa tugunlari
ATga qo‘yiladigan talablar
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
ATga qo‘yiladigan talablar:
– harakat vaqtidagi ishonchli aloqa; – harakatchanlik – qisqa vaqtlar ichida aloqani yig‘ishtirish va o‘rnatish; – ATning yuqori o‘tuvchanligi; – AT yashovchanligi – qirg‘in vositalari qo‘llanilganda ham o‘zining ish faoliyatini saqlab qolish; – aloqa vositalaridan foydalanishning qulayligi; – ATni tashkil qilish va undan foydalanishning oddiyligi; – aloqaning yopiqligini ta’minlash; 7 – ATni niqoblash; – ta’sir ko‘rsatuvchi shovqinlarni susaytirish. ATning tarkibi, jihozlari va tuzilishi quyidagilar bilan aniqlanadi: – ATning mo‘ljallanishi bilan; – BPni joylashtirish, uning jihozi, jangovar ishi va qo‘llanishi bilan; – aloqa tashkil qilish tamoyillari va ATga qo‘yiladigan talablar bilan; – aloqa vositalarining mavjudligi va ularning imkoniyatlari bilan. Aloqa va avtomatlashtirish vositalarining alohida elementlarga tashkiliy-texnik birlashishi asosida turli tamoyillar yotishi mumkin. Hozirgi kunda ikkita tamoyil ma’lum: 1-tamoyil: vazifasiga ko‘ra aloqa va avtomatlash vositalarini alohida elementlarga birlashtirish (aloqa ko‘rinishlari va turlari bo‘yicha); 2-tamoyil: axborotlash yo‘nalishlarida tezkor-taktik vazifalariga ko‘ra yoki shtab boshqaruvi (bo‘limi)ga tegishliligiga ko‘ra aloqa va avtomatlash vositalarini alohida elementlarga birlashtirish. AT kuchlari va muhandislik-texnik tizimlari (MTT – elektr ta’minoti va yashashni ta’minlash tizimlari (shamollatish va havoni tozalash, suv ta’minoti, kanalizatsiya va drenaj, isitish va issiq suv ta’minoti, avtomatika va signalizasiya) bajarilayotgan vazifalari xarakteriga, tashkiliy-shtat tuzilmasiga, qabul qilingan ATni boshqarish tizimiga ko‘ra tashkiliy va texnik jihatdan AT elementlariga birlashtiriladi. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling