Aloqa tugunlari
BP AT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
BP AT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
– belgilangan nazorat muddatlarida va talab qilingan sifat darajasida jangovar boshqaruv signallarini (farmoyishlarini) uzatish va qabul qilishni, barcha turdagi axborotlar almashinuvini ta’minlash; 6 – yadro hujumi xavfi, havo vaziyati, radiatsion, kimyoviy va bakteriologik (biologik) zaharlanish va tabiiy ofatlar haqidagi qo‘shinlarni (kuchlarni) ogohlash signallarini zudlik bilan yetkazilishini ta’minlash; – amaldagi o‘rnatilgan aloqalarni belgilangan ish rejimlarida ushlab turish hamda rejalashtirilgan va yangidan tashkil qilinayotgan aloqalarning o‘z vaqtida o‘rnatilishini ta’minlash; – aloqa, telekommunikatsiya va avtomatlashtirilgan boshqaruv vositalarining barqaror ishlab turishini ta’minlash; – chiziqli va guruhli aloqa kanallari va traktlarini tashkil qilish, ularni sozlash va o‘lchash, shuningdek rejalashtirilgan trakt va kanallarning tranzit ulanishini amalga oshirish; – aloqa kanallari orqali uzatilayotgan axborotni avtomatik ma’fiylashtirish; – AT balansida bo‘lgan aloqa liniyalariga ekspluatasion xizmat ko‘rsatish; – harakatlanuvchi aloqa vositalari bog‘lanishi uchun aloqa vositalari va qurilmalarining texnik shayligini ta’minlash; – aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtiyoriy turdagi transportda harakatlanayotganda komandirlar va BP aloqasini ta’minlash; – BPda ichki aloqani ta’minlash; – aloqaning, axborotning xavfsizligini ta’minlash; – chastota-dispetcherlik (ionosfera-to‘lqin) xizmatini va yagona vaqt xizmatini ta’minlash. BP ATlar hududiy tarmoqda tayanch aloqa tugunlari (TAT) rolini bajarishlari mumkin. TAT zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi: – aloqa kanallarini tashkil qilish, sozlash, o‘lchash, kommutatsiyalash va BP AT hamda YoATga topshirish; – kanallar tezkor manyovrini amalga oshirish, raqamli oqimlarni (potok) manzillash (marshrutlash), aylanma va tranzit aloqa kanallarini tuzish; turli aloqa vositalari hosil qilgan kanallarni moslashtirish; – BP orasidagi radioaloqa yomonlashganda radioaloqa retranslyasiyasini va axborotni qabul qilib qayta uzatishni ta’minlash; – aloqa vositalari bilan jihozlangan ixtiyoriy turdagi transportda harakatlanayotganda komadirlar va BP aloqasini ta’minlash; – TAT yaqinida joylashgan va TATga bog‘lanish uchun o‘z vositalariga ega bo‘lmagan harbiy qism va muassasalar bilan aloqani ta’minlash; – biriktirilgan uchastkalarda aloqa liniyalariga xizmat ko‘rsatish. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling