Aloqa tugunlari


Download 1.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/66
Sana16.06.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1514316
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
ALOQA TUGUNLARI

 
 
 
Birinchi bo‘lim nazorat savollari 
1. Aloqa tugunlarining tarifi. 
2. O‘R QK aloqa tugunlarining tasniflanishi. 
3. BP AT ga qo‘yilgan vazifalar. 
4. ATning jangovar postlari. 
5. AT ekspluatasiyasini va boshqarishni tashkil qilish.
6. AT elementlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik.
7. Daladagi (harakatdagi) ATlarini yoyish. 
8. Tezkor-texnik xizmatning ta’rifi, mazmuni va asosiy vazifalari. 
 


17 
II. ALOQA TUGUNLARIDA NAVBATCHILIKNI TASHKIL QILISH 
2.1. Aloqa tugunlarida navbatchilik 
ATlarda tunu-kun navbatchilik, odatda, shtatdagi shaxsiy tarkib bilan tashkil qilinadi. 
Aloqa boshlig‘ining qaroriga ko‘ra, ATlarda navbatchilikni olib borish uchun, boshqa 
aloqa harbiy qismlari (bo‘linmalari) shaxsiy tarkibi ham jalb qilinishi mumkin. 
Qo‘shimcha shaxsiy tarkibning jalb qilinishi garnizon boshlig‘ining buyrug‘i bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Navbatchilikni tashkil qilish uchun ATda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab 
chiqiladi: 
– navbatchilikni tashkil qilish haqida AT boshlig‘i buyrug‘i; 
– navbatchilikni tashkil qilish chizmasi, navbatchi smena shaxsiy tarkibi hisobi bilan; 
– navbatdagi smenaning navbatchilikka tushishi to‘g‘risida AT boshlig‘i buyrug‘i; 
– AT navbatchi smenasi shaxslariga Yo‘riqnomalar. 
Navbatchilikni tashkil qilish haqida AT boshlig‘i buyrug‘i har yili chiqariladi. 
Unda quyidagilar ko‘rsatiladi
– qo‘shin (kuch) larni boshqarish manfaatlari uchun aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha 
ATga yuklatilgan vazifalar; 
– AT elementlariga va JPlariga kundalik sharoitlarda va belgilangan jangovar shaylik 
darajalariga ko‘tarilganda aloqa bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar; 
– navbatchi smenalar soni, ularning tarkibi va vazifalari; 
– shaxsiy tarkibni mustaqil ravishda navbatchilikni olib borishga tayyorlash va ruxsat 
berish tartibi; 
– shaxsiy tarkibni navbatdagi navbatchilikka tayyorlash va tushishi tartibi; 
– navbatchilikning davomiyligi va olib borish rejimi; 
– jangovar shaylikning turli darajalarida shaxsiy tarkibning, qurol-aslaha, aloqa va 
MTT vositalarining dastlabki holati; 
– navbatchi smena shaxsiy tarkibining ruxsat etilmagan harakatlarini hamda 
navbatchilikni olib borish davomida avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha chora-
tadbirlar; 
– navbatchilikning olib borilishini nazorat qilish tartibi; 
– yong‘in xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tadbirlar; 
– navbatchi smena shaxsiy tarkibining dam olish va ovqatlanish tartibi; 
– navbatchilikni har tomonlama ta’minlash va uni olib borish uchun qulay 
sharoitlarni saqlash bo‘yicha tadbirlar; 
– navbatchilikni tashkillashtirish va olib borish tartibini belgilovchi boshqa 
masalalar. 

Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling