Aloqa tugunlari
Download 1.94 Mb. Pdf ko'rish
|
ALOQA TUGUNLARI
ketma-ketligi AT boshlig‘i tomonidan, “Qoidalar” talablariga mos holda belgilab beriladi
va navbatchi smena shaxslar Yo‘riqnomalarida aks ettiriladi. 3.4. AT navbatchi smenalari shaxslarining buzilgan aloqani, QABT va MTT vositalari ishini tiklash bo‘yicha majburiyatlari Jangovar post, avariya-tiklash komandalari, ATni va uning elementlarini boshqaruv punktlari navbatchi hisoblarining buzilgan aloqani tiklash bo‘yicha harakatlari, odatda, ATda oldindan ishlab chiqilgan aloqa apparaturalarini, kanal (liniya) larini, QABT va MTT vositalarini zaxiralash variantlari bilan aniqlanadi. Aloqaning, QABT va MTT ishlashining har qaysi buzilishi holatlarida AT navbatchi shaxslari birinchi navbatda: – axborotni aloqaning aylanib o‘tuvchi kanallari orqali uzatish (qabul qilish) bo‘yicha; – ko‘zda tutilgan zaxiralash varianti bo‘yicha aloqaning, QABT va MTT ishlashini zudlik bilan tiklash bo‘yicha; – buzilgan aloqa qurilmasi(vositasi)ni, kanal(liniya)sini, QABT va MTT vositasini tiklash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishlari lozim. 33 Aloqa, QABT va MTT ishlashi buzilganda JP NHR quyidagilarga majbur: – buzilish haqida JP NHBoshlig‘iga (ATEBNga) bildiruv berishga; – ko‘zda tutilgan zaxiralash varianti bo‘yicha yoki ATEBN (JP NHBoshlig‘i) ko‘rsatmalariga ko‘ra aloqani ta’minlashga, QABT va MTT vositalarini o‘zgartirishga; – buzilish sababini aniqlashga, bu haqda JP NHBoshlig‘iga (ATEBNga) bildiruv berishga; – apparaturadagi nosozlikni bartaraf etishga yoki aloqa kanalini (liniyasini) aloqa buzilishi sababini bartaraf qilish uchun aloqa kanali (liniyasi) holati uchun javobgar bo‘lgan JP NHRga topshirishga; – aloqa buzilishi sababi bartaraf qilingandan so‘ng hamda aloqa apparaturasi, kanali (liniyasi), QABT va MTT vositalari ish qobiliyatini tekshirgandan so‘ng JP NHBoshlig‘iga (ATEBNga) bildiruv berishga va uning ruxsati bilan aloqani tiklangan aloqa kanali(liniyasi)ga o‘tkazishga; – buzilish sababini hamda aloqa, QABT va MTT ishlashi tiklangan vaqtni navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga. Davlat aloqa tarmog‘i kanali orqali aloqa buzilganda JP NHR quyidagilarga majbur: – buzilgan aloqa kanalini belgilangan tartibda kanallarni ajratish punktiga (bog‘lanish punktiga) topshirishga, topshirgan vaqtini va davlat aloqa tarmog‘i korxonasi navbatchi operatori familiyasini navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga, va operatordan uni almashtirishni talab qilishga (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa); – aloqa kanali buzilishi bartaraf qilingach, uning elektr ko‘rsatkichlarining belgilangan ekspluatasion me’yorlarga mosligini tekshirib ko‘rishga, hamda bog‘lanish punkti bilan kelishilgan holda va JP NHBoshlig‘i (ATEBN) ruxsati bilan aloqani asosiy kanalga o‘tkazishga (agar almashtirish amalga oshirilgan bo‘lsa); – aloqa kanali ishidagi tanaffusning vaqtini va sababini kanallarni ajratish punkti (bog‘lanish punkti) navbatchi xizmatlari bilan kelishilgan holda navbatchilikni olib borish (apparat yoki texnik) jurnaliga yozib qo‘yishga. Buzilgan aloqalarni tiklash bo‘yicha aniq majburiyatlar va javobgarlik hududlari (chegaralari) AT navbatchi smenasi shaxslariga Yo‘riqnomalarda ko‘rsatiladi. AT xizmat ko‘rsatishida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga tegishli kabel va doimiy havo liniyalari buzilganda, ATBN bu haqda AT boshlig‘iga bildiruv berishga va uning ruxsati bilan buzilish joyiga avariya-tiklash komandasini jo‘natishga hamda tiklash ishlari borishini nazorat qilishga majburdir. Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling