Aloqabank atb


Download 0.82 Mb.
Sana18.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1785678
Bog'liq
Aloqabank ATB

Aloqabank ATB

"Aloqabank" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banki. 1994-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtgan. Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri), Xorazm (Urganch shahri) filiallari bor. Respublikada asosan aloqa tarmogʻini qayta qurish va rivojlantirishga oid davlat dasturlarida ishtirok etadi, fan-texnika yutuqlarini rivojlantirishga koʻmaklashadi, davlat byudjetining kassa ijrosiga doir hisob-kitoblarni moliyalashtiradi, mijozlarga turli bank xizmatlar koʻrsatadi. Aksiyadorlik kapitali summasi (mln. soʻm, 1997-yil 1-yanvar) 42,3, zaxira kapitali 10,5, berilgan kreditlar 136,9, koʻrilgan yillik foyda 67,8; jami aktivlari 724,1

YUTUQLARI 2021-yilda Global Banking & Finance Awards-2021 jahonning yetakchi moliya tashkilotlari reytingini eʼlon qildi. Reytingda Aloqabank Oʻzbekistondagi Eng yaxshi korporativ bank sifatida qayd eʼtilgan

Rasmiy ilovasi Bankning rasmiy ilovasi — Zoomrad, Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan. Ilova yordamida mobil aloqa, internet, kommunal xizmatlar va koʻplab boshqa xizmatlar uchun toʻlov amalga oshirish mumkin. Shuningdek, bank kartalari oʻrtasida pul oʻtkazmalari ham yoʻlga qoʻyilgan. Toʻlovlar va oʻtkazmalar uchun ilovada keshbek berilishi koʻzda tutilgan. Keshbek sanoqli bank ilovalaridagina taqdim qilinadi

Zoomrad иловаси банк иловалари қаторига деярли 2 йил олдин қўшилган. Дастлаб, у мобил тўлов тизими ва кўп функцияли онлайн-банкингни ўз ичига олган илова эди. Бугунги кунга келиб Zoomradʼдан 1 000 000 дан ортиқ ўзбекистонлик фойдаланади, бунинг сабаби эса осон бошқариладиган чиройли интерфейс: барча зарур тугмалар қўл остида. 2022 йил бошида фойдаланувчиларни тезкор идентификациядан ўтказиш функцияси жорий этилди, бу эса Ўзбекистоннинг исталган банкига тегишли карта эгаси фойдалана оладиган функциялар рўйхатини кенгайтирди. Идентификациядан ўтган ҳар бир фойдаланувчи учун илова ичида онлайн депозит ва кредитлар очиш имкони пайдо бўлди. 14 ноябр куни илованинг янада кенгроқ хизматлар доирасига эга янгиланиши оммага тақдим этилди.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling