Aloqadorligi


e’tiborga olib, yunonlar uni “donolik fani” yoki “donishmandlik” deb ataganlar


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana25.01.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1120648
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sobirov Damir FaLSaFa Fanidan

e’tiborga olib, yunonlar uni “donolik fani” yoki “donishmandlik” deb ataganlar.



Falsafa mavjud narsa va hodisalarning eng umumiy aloqadorligi va rivojlanish qonuniyatlarini, ularning tub 
mohiyatini bilishga qaratilgan fandir. Bu haqda Forobiyning quyidagi so’zlari alohida e’tiborga sazovordir: 
“Mavjudot haqidagi bilim qo’lga kiritilsa, shu haqida ta’lim berilsa, mavjudotdan bo’lgan narsaning zoti bilinsa, 
narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil, hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va 
tasavvur paydo bo’lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz...”1.

Shuni alohida eslatib o’tish joizki, voqelikning eng umumiy tomonlari, aloqalarini aks ettiruvchi qarashlar falsafiy
darajaga ko’tarilishi uchun ular inson tomonidan mavhum tafakkurlash yo’li bilan qayta ishlab, umumlashtirilib, 
sistemalashtirilgan nazariy g’oyalar tizimini tashkil etishi lozim. Shundagina ular falsafiy dunyoqarashni hosil 
qiladi.

Falsafaning paydo bo’lishi qadimgi Yunonistonda avvalgi VI asrga to’g’ri keladi, chunki fanning taraqqiyoti 
uchun zarur bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy zaminlar aynan ana shu davrda vujudga kelgandi.

Har qanday falsafa o’z davrining mahsuli sifatida shu davr ijtimoiy taraqqiyoti ehtiyojlarini ifodalaydi. Shuning 
uchun insoniyat tarixining turli bosqichlarida turli falsafiy qarashlar mavjud bo’lgan va shunga mos ravishda 
uning predmeti va vazifalari ham o’zgarib borgan.



Dastavval, aniq fanlar mustaqil taraqqiy etmagan paytda, falsafa barcha bilimlarni 
umumlashtiruvchi, fanlarning fani, “umumiy tizim” vazifasini bajarib kelgan edi. Shu davrning 
buyuk mutafakkir olimlari Demokrit, Arastu, Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek va 

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling