boshqalar, ayni vaqtda tabiat fanlarining ham asoschilari bo’lganlar. Shuning uchun dastlabki
kezlarda falsafa bir butun ta’limot ko’rinishida mavjud bo’lgan edi.
•
Falsafani maxsus bilimlar bilan birlashtirish qadimgi davrga xos xususiyat bo’lgani uchun u tabiat
falsafasi, ya’ni «naturfilosofiya» deb ham hisoblangan. U tabiiy fanlar tushunchalariga asoslangan
holda tabiatni yaxlit tasvirlab berishga qaratilgan bo’lib, kishilik jamiyatining ilk bosqichida keng
taraqqiy etgan mifologik tasavvurlarni siqib chiqarishga asos yaratadi. Qadimgi davr falsafasida
olamni yaxlit izohlab berish bilan bir qatorda narsa va hodisalarning taraqqiyot qonunlarini
o’rganish usullari, bilish nazariyasi hamda ijtimoiy fikrlar (axloq-odob, davlatni boshqarish
masalalari) ham katta o’rin olgan.
•
•
Tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarning rivojlanib borishi alohida fanlar paydo bo’lishiga, mustaqil
tadqiqot sohalari ajralib chiqishiga olib keldi. Uyg’onish davridan, ayniqsa, XVII asrdan boshlab
tabiat haqidagi fanlar, jumladan, tajribaga asoslangan tabiatshunoslik, astronomiya, matematika,
fizika, mexanika, kimyo muvaffaqiyatli rivojlana boshladi. Ijtimoiy tajribaning xo’jalikning, ayniqsa,
sanoatning rivojlanishi, savdo ishlarining o’sishi va aniq fanlar bilan bir qatorda bir qancha ijtimoiy-
gumanitar fanlarning: tarix, til, adabiyot, san’at, iqtisod, huquq va hokazolarning ham rivojlanishiga
zamin yaratadi.
•
Endilikda falsafa fani tabiatni yaxlit o’rganish muammolari bilangina emas, balki fan taraqqiyotida
ilmiy bilishning ahamiyati, bilish jarayonining asosiy bosqichlari, ilmiy bilishda aniq fanlarda
qo’llanadigan uslublarning roli, fan taraqqiyotida mantiqiy tafakkurlashning qonuniyatlari va
Do'stlaringiz bilan baham: |