Aloqalar a'lo nuqtada


Foto: Senat matbuot xizmati


Download 1.53 Mb.
bet11/12
Sana15.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1485001
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
AQSH – O`zbekiston munosabatlari

Foto: Senat matbuot xizmati
Avvalroq, Kun.uz'ga intervyu bergan Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ham AQSh parlamentidagi O‘zbekiston bo‘yicha kokusning ahamiyati haqida so‘zlagan edi. Safar davomida O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashgan AQSh Moda industriyasi uyushmasi (USFIA) prezidenti Juliya Xyuzga ko‘ra, an’anaviy bozorlardan yetkazib berish zanjirlari o‘zgargan sharoitda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi yetakchi mamlakatga aylanish salohiyatiga ega. Tanzila Norboyeva Oq uyning Gender siyosati kengashidagi katta maslahatchisi Reychel Fogelshteyn va Davlat departamentining Xotin-qizlarning global ishlari bo‘yicha idorasi direktori Katrina Fatovat bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Davlat departamenti vakili O‘zbekistonda “C5+1” ayollar biznes-forumini AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi va ishbilarmon ayollari ishtirokida o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. AQSh ancha vaqtdan buyon O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirib kelmoqda. Jumladan, 18 iyul kuni Vashingtonda Tanzila Norboyeva va AQSh savdo vakili o‘rinbosari (USTR) Kristofer Uilson o‘rtasidagi uchrashuvda ham bu ta’kidlangan. Bundan tashqari, savdo vakili o‘rinbosari USTR Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSh o‘rtasidagi savdo va investitsiyalar bo‘yicha Doiraviy bitim (TIFA) doirasida umumiy ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.
Senat matbuot xizmati
AQSh Mehnat vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar 2 million dollarlik “O‘zbekiston paxta sanoatida shaffoflik va hisobdorlikni oshirish” loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilgan. AQSh bilan siyosiy munosabatlardan tashqari boshqa yo‘nalishlarda ham munosabatlar ancha faollashgan.
AKT vazirligi matbuot xizmati.
Masalan, ayni kunlarda AQShda bo‘lib turgan AKT vaziri Sherzod Shermatov O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va hamkorlik masalalarida Apple, VISA, Plug and Play, Coursera kabi yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Shuningdek, vazir USAID, Jahon banki vakillari hamda Silikon vodiysidagi vatandoshlar bilan ham uchrashgan. Bundan tashqari, yaqinda O‘zbekistonga AQSh Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurilla tashrif buyurib, prezident Shavkat Mirziyoyev, Xavfsizlik kengashi va Mudofaa vazirligi mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xulosa
1999-yilda Oʻzbekiston bilan AQSh oʻrtasidagi tovar aylanmasi 282 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Oʻzbekiston AQShdan bugʻdoy, xalq isteʼmol mollari, asbob-uskunalar sotib oladi. Eksport asosan paxta tolasidan iborat. AQShdagi turli firma va kompaniyalarning Oʻzbekiston bilan muvaffaqiyatli hamkorligi, delegatsiyalar almashuvi ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga imkon beradi.
Oʻzbekistonda bir qancha Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma loyihalarini amalga oshirishga kirishildi. Ular orasida eng yiriklari „Nyumont-Mayning“ kompaniyasi tomonidan Zarafshon shahrida oltin ruda konidan foydalanish, „International Telset, Inc.“ kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida kabel televideniyesi tarmogini yaratish va boshqarish loyihalaridir.
Amerikaning firma va kompaniyalaridan „Barents grupp“ kimyo sanoati sohasida, „Kellog“ Koʻqdumaloq koni uchun kompressor st-yasi qurish, „AIG“, „Emsi-Ay“ turli sohalarda oʻzbekistonlik sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
„Zarafshon Newmount“ Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi Qizilqum choʻlida qisqa muddatda zamonaviy korxona barpo etdi.
MDH mamlakatlaridagi katta loyihalarni roʻyobga chiqaruvchi Amerika firmalarining tadqiqotlarini mablagʻ bilan taʼminlovchi AQShning yirik nohukumat tashkiloti — Savdo va taraqqiyot agentligi oltin qazib chiqaruvchi modulli yangi zavod loyihasining texnik-iqtisodiy asoslamasini mablagʻ bilan taʼminlash uchun Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga grant ajratishga qaror qildi.
Oʻzbekiston — Amerika hamkorligiga xususiy biznes namoyandalari ham salmoqli hissa qoʻshdi. Jumladan 1997-yilda Amerikaning „Keys interneyshnl“ kompaniyasi yordamida Toshkent traktor zavodi qayta qurilib, shu firmaning zamonaviy traktorlarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. „Boeing“ kompaniyasi esa oʻzaro manfaatli shartlar (lizing) asosida yoʻlovchi tashiydigan samolyotlar yetkazib berdi. „Boeing“ qulayligi jihatidan ham, uchish xavfsizligi jihatidan ham Rossiyaning shu toifadagi samolyotlaridan katta farq qiladi.
Dunyodagi eng kuchli kompyuter kompaniyasi IBM esa Oʻzbekiston bank tizimini kompyuterlash sohasida katta amaliy yordam berdi. Amerikaning IREX, ACCELS, Soros jamgʻarmasi kabi muassasalari esa AQSh va Yevropaning ilmiy markazlarida Oʻzbekiston uchun mutaxassislar taiyerlashga oid dasturlarni amalga oshirmoqda.
Oʻtish davrining qiyinchiliklarini bartaraf etishda AQSh hukumati va xayriya jamgʻarmalari insonparvarlik yordami berib, Oʻzbekistonga bolalar va davolash muassasalari uchun doridarmon, tibbiyot asbob-uskunalari, kiyimkechak, oziq-ovqat mahsulotlari yuborib turibdi. 1997-yil noyabrda AQSh prezidenti rafiqasi Hillary clintonning Oʻzbekistonga tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi samarali aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1997-yil 9-11-iyunda Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma komissiyasining tuzilishi AQSh bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi munosabatlarning yanada mustahkamlanib va rivojlanib borayotganligini koʻrsatdi. Qoʻshma komissiya mintaqaviy siyosiy muammolarni oʻz ichiga olgan oʻzaro manfaatli masalalar, Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy islohotlardagi siljishi, harbiy sohada hamkorlik qilish hamda Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalar uchun sharoitlarni muhokama etadi. 1998-yil 26-27-fevral Vashington shahrida qoʻshma komissiyaning birinchi, 1999-yil 24-25-may Toshkent shahrida ikkinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling