Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir


Download 142.47 Kb.
bet12/23
Sana13.11.2023
Hajmi142.47 Kb.
#1770548
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Aloqalarini va o‘zaro bog‘liq1igini ilmiy o‘rganishdir-fayllar.org

AKTIY LAR firma egalik qiladigan mulk, bino, jihozlar. transport, kassadagi naqd pul, bank hisob raqamidagi pullar, debitorlik (firmaga pul berishi lozim bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar), materiallar zaxiralari, yarim tayyor fabrikatlar, tayyor mahsulot, uskunalar va boshqalar kiradi.
PASSIVLAR — firmaning o’z kapitali, qarzlari va majburiyatlari, firmaning xususiy kapitali, taqsimlanmagan yoki firma tasarrufida qolgan daromad, kreditorlar (bajarilgan operatsiyalar natijasida firma pul berishi lozim bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar), qarz mab1ag‘lari, kreditlardir.
Balansning chap tomonida barcha aktivlar yozib qo‘yi1gan bo‘lib, ular ikkita bo‘limga guruhlangan:


  1. Uzoq muddatli aktivlarga asosiy vositalar (binolar va inshootlar) kiradi, ularni odatda qayta sotish ko‘zda tutilmaydi va ular uzoq xizmat qilish muddatiga egadirlar. Vaqt o‘tishi bilan ular o‘z qiymatlarini to‘1iq chiqarilayotgan mahsulotga o‘tkazadi. Buxgalteriya qoidalariga muvofiq asosiy vositalar balansda ularning qoldiq qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Ma’lumotnoma variantida esa ularning dastlabki qiymati va eskirishi ko‘rsatiladi.


  2. Joriy aktivlar yoki tezda pulga aylanishi mumkin bo‘1gan aylanma mab1ag‘lar: ombordagi tayyor mahsulotlar, ishlab chiqarishdagi tovarlaming qoldiqlari, zahiradagi materiallar. Bu mab1ag‘lar likvid mab1ag‘1ar deb ataladi.

Joriy aktivlarga, shuningdek, korxona kassasidagi va bank hisob raqamlaridagi naqd pullar qo‘shilgan holdagi pu1 mab1ag‘larini tashkil etadi.


Aylanma mablag‘1arning umumiy qiymati xo‘jalik operatsiyalari oqibatida, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyati oqibatida doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Balansning o‘ng tomonida o’z kapitali, firmaning boshqa firinalar, xususiy shaxslar va tashkilotlarga nisbatan uzoq muddatli va joriy majburiyatlari yozib qo‘yi1ib, ular uchta bo‘1im bo‘yicha guruhlanadi:
216


  1. O’z mablag ’lari mulk egasining kapitali, korxona fondlari va taqsimlanmagan daromadlami o‘z ichiga oladi.


  2. Uzoq mudJatli majburiyatlar bank kreditlari va boshqa korxonalardan bir yildan ortiq muddatga olingan qarzlar, kechiktirilgan soliqlarni o‘z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi standartlariga ko‘ra, tushuntirish xatida kredit shartnomalari va qarz berish shartlaridan kelib chiqadigan foiz stavkalari, kreditni qoplash muddatlari, to‘lovlar navbati va boshqa xususiyatlar ochib berilishi kerak.

Ill. Joriy majburiyatlar kreditoming talabi bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiyatlar, hisobot sanasidan so‘ng bir yi1 mobaynida to‘lanishi lozim bo‘lgan uzoq muddatli majburiyatlarning qismini: qisqa muddatli kreditlar va overdraft, kreditorlik qarzlari (to‘1anishi lozim bo‘1gan hisoblar va veksellar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar, soliqlarga doir qarzlar)ni o‘z ichiga oladi.


Balans passivining elementlaridan biri daromad hisoblanadi. U firma egasi tomonidan olib qo‘yilishi yoki faoliyatni kengaytirish maqsadida firma tasarrufida qoldirilishi mumkin.
Balansning mohiyati. Balans firmaning aktivlari qandayligi va firmaning boshqa shaxslarga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, ularning firmaga nisbatan majburiyatlari qandayligini ko‘rsatadi; kredit olish uchun murojaat qilgan mijozga kredit berishdan oldin bank tomonidan korxonaning balansini tahlil qiladi. Bunda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri olib borish va barcha hujjatlami qonunchilik talablariga muvofiq tuzish, moliyaviy va soliq organlari tomonidan ko‘pgina noxushliklaming oldini olish mumkin.
Soliq hisoboti soliq to‘1ovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek, agar u yuridik shaxs bo‘lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‘lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Download 142.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling