- Mavzu : Korreksion pedagogika asoslari.
- Reja :
- Korreksion pedagogika fanining maqsadi va vazifalari.
- Aloxida yordamga muxtoj bolalar
- Bola rivojlanishidagi nuqsonlarning turlari.
- XIX asrning 20 yillaridan beri Defektologiya fani – jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar talim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan sifatida o‘rganilib kelmoqda. Xozirgi kunda bu fan «korreksion pedagogika» deb ham yuritilmoqda.
- Korreksion pedagogika —aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir.
- Korreksion pedagogika so‘zi lotincha tuzatish— bartaraf etish, pedagogika— ta’lim-tarbiya, o’rganish degan so’zlardan olingan.
- Korreksion pedagogika nisbatan yangi fan. U asosan 19 asrning o‘rtalarida rivojlana boshladi. 1925 yilda Moskva shaxrida Eksperimental defektologiya instituti tashkil etildi. Bu institutni buyuk psixolog professor Vigotskiy L. S. boshqardi.
Aloxida yordamga muxtoj jismoniy yoki ruhiy kamchiliklari bor bolalarga quyidagilar kiradi : - 1) Eshitish kamchiliklariga ega bo`lgan bolalar (kar, zaif eshituvchi
- bolalar`, kech kar bo`lib qolgan bolalar);
- 2) Ko`rish qobiliyati zaif (kur, zaif ko`ruvchi bolalar);
- 3) Oligofren (debil, imbetsil, idiot bolalar);
- 4) Og`ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
- 5) Harakat-tayanch a`zolarida kamchiliklari bo’lgan bolalar;
- 6) Ruxiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar;
- 7) Kompleks nuqsonli ko’r-kar-soqov bolalar;
- Ruhiy va jismoniy kamchiliklari bor bolalar anomal bolalar deyiladi (yunoncha odatdan tashqari, noraso degan ma’noni bildiruvchi anomalos so’zidan olingan). Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi anomal, aloxida yordamga muxtoj bolalardir.
- Korreksion pedagogikaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari, turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini urganish, shular, asosida integratsiyalashgan, inklyuziv yoki differensial ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanishdir.
- Korreksion pedagogika fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsiyalashgan-inkiyuziv xamda differensial ta’limni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni urganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish yullarini tarbiyachi hamda o‘qituvchilarga ko‘rsatib berishdan iborat.
- Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
- surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
- tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
- oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
- logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o’rganadigan fan.
-
| | | - 1. Sensor xislati yetishmaydigan bolalar (eshitish, ko’rish, nutq qobiliyati, tayanch-harakat apparati, sensomotorik funktsiyasi buzilgan). 2. Ruhiy rivojlanishi ortda qolgan bolalar. 3. Astenik yoki reaktiv holatli, tashvishlanishga moyil bolalar. 4. Psixopatik (xulqning hissiy buzilishi) xulqli bolalar. 5. Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar). 6. Psixik kasallikning boshlang’ich ko’rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va b.sh.) namoyon bo’ladigan bolalar
| - O.N.Usanova g’oyasiga ko’ra
| - 1. Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo’lgan bolalar. 2. Funktsional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo’lgan bolalar. Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo’lgan bolalar
| | - 1. Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va ruhiy rivojlanishidan ortda qolgan bolalar). 2. Nutqi buzilgan bolalar. 3. Sensorli (ko’rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan) nuqsonlarga ega bolalar. 4. Tayanch-harakatli apparati buzilgan bolalar. 5. Rivojlanishida kompleks buzilish bo’lgan bolalar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |