“Alp Er To‘nga” marsiyasi. Alp Er To‘nga – Afrosiyob o‘ldimi?
Download 262.06 Kb.
|
11-SINF. \'\'Alp Er To\'nga\'\' marsiyasi. Nazariy ma\'lumot. Marsiya haqida tushuncha. Qadimgi maqollar. Nazariy ma\'lumot. Qadimgi maqollar haqida tushuncha
“Alp Er To‘nga” marsiyasi. Qadimgi maqollar. Nazariy ma’lumot. Marsiya va qadimgi maqollar haqida tushuncha@uzbek_tilim “Alp Er To‘nga” marsiyasi.Alp Er To‘nga – Afrosiyob o‘ldimi?Esiz, dunyo (undan ayrilib) qoldimi?Falak (zamon) o‘chini oldimi?Endi yurak yirtilur.@uzbek_tilim “Alp Er To‘nga” marsiyasi.Zamona fursat kuzatdi, beklar begi(Afrosiyob)ni xo‘rlash uchun yashirin tuzoq qo‘ydi. Bek undan qanday qochib qutuladi?@uzbek_tilim “Alp Er To‘nga” marsiyasi.Zamon butunlay ozdi,Tuban, yomonlar ko‘paydi.(Afrosiyob vafotidan keyin)Fazilat egalari yo‘qolayotir.@uzbek_tilim “Alp Er To‘nga” marsiyasi.Bilagim kuchli bo‘ldi,Tilagim yaqinlashdi.Bilimim (buloqlari) ko‘z ochganda,Umr tugab bormoqda.@uzbek_tilim @uzbek_tilim Alp Er To‘nga Turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan. Mahmud Qoshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar bor. Marsiya haqida tushunchaBiror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq marsiya deb ataladi.Alp Er To‘nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.@uzbek_tilim Qadimgi maqollar
Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa, qo‘tir bo‘ladi.Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, inson bolasi mangu qolmas.Qishning ziyofati – olov[dir].@uzbek_tilim Qadimgi maqollar
Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi.Qamich aytur men qaydaman.Cho‘mich aytur: «Men qaydaman?»Og‘il [molxona]da uloq tug‘ilsa, ariqda o‘ti chiqadi.@uzbek_tilim Qadimgi maqollar
Hiyla-tadbir bilan arslonni tutish mumkin, [ammo]zo‘rlik bilan sichqonni ham tutib bo‘lmaydi.Tog‘ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.Mehnat bekor ketmaydi.@uzbek_tilim Qadimgi maqollar haqida tushunchaQadimgi maqollar ham mavzu qamrovigagina emas, tuzilishiga ko‘ra ham xilma-xildir. Ularda vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, inson tafakkurini ulug‘lash, mardlik va jasorat, vafodorlik, ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik, sabr va chidam ulug‘lanadi, salbiy xususiyatlar qoralanadi. Tabiat va jamiyatga oid hodisa va qonuniyatlar ko‘rkam ifodalarda qayd etiladi.@uzbek_tilim Foydalanilgan adabiyot:@uzbek_tilim Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua: /Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.Download 262.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling