Esse nomi: Haqiqatgo‘ylik


Download 21.53 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi21.53 Kb.
#1491760
  1   2   3
Bog'liq
Esse nomi


Esse nomi: Haqiqatgo‘ylik
Men esse yozish uchun “Haqiqatgo‘ylik” mavzusini tanladim. Chunki Erkin A’zamning “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasini o‘qiganimda nihoyatda ta’sirlanganman. Odamzot yaralganidan beri xaqiqatgo‘ylik, to‘g‘rilik, xalollik, rostgo‘ylikni ulug‘lab keladi. O‘zida, farzandlarida shu sifatlarni kamol toptirishga xarakat qiladi. Bu sifatlar xaqida juda ko‘plab kitoblar yozilgan. Afsona va rivoyatlar to‘qilgan. Lekin insoniyat tarixiga nazar solsak To‘g‘riso‘z, xaqiqatparvar insonlar ta'qib ostida bo‘lganlar, vaxshiylarcha qatl qilinganlar. Aksincha Maddoxlar,yolg‘onchi-kazzoblar roxat farog‘atda yashaganlar. Naxotki xaqiqat yo‘li shunchalik mashaqqatli bo‘lsa? Erkin A'zamning "Otoyining tug‘ilgan yili" qissasida xam xaqiqatgo‘y, shartaki, talaba yigit Asqar xaqida xikoya qilinadi. Yozuvchi ushbu qissani shunday maxorat bilan yozganki asarni o‘qib kayfiyatingiz ko‘tariladi, zavqlanib yayraysiz. Asqar xaqiqat yo‘lida xechkimni tan olmaydi. Kim bo‘lishidan qat'iy nazar xaqiqatni ayta oladi. O‘ziga yetarlicha qaysar o‘z ziyoniga bo‘lsada fikrida sobit turadi. Uni kartserlaru musht yeyishlar xaqiqatni aytishdan qaytara olmaydi. Agar jamiyatimizda Asqardek yigitlarni ko‘proq tarbiyalay olganimizda dunyoda yetakchilik qilayotgan bo‘lur edik. Asqardek yigit xozirgi jamiyatda yashay olarmidi? Shukrki atrofimizda Asqar kabi juda ozchilik bo‘lsada uchrab turadi. Lekin xech qachon ularning biri ikki bo‘lmaydi. Past lavozimlarda ishlab o‘tib ketishadi. Eng yomoni ko‘pchilik ularga nafrat bilan qaraydi. Ularning Aybi esa xaqiqatgo‘y, qaysar, mustaqil fikrga ega ekanligi xolos. Asqar kabi odamlar bo‘riga o‘xshashadi. Barcha xayvonlarni xatto arslonni xam sirkda o‘ynatish mumkin lekin bo‘ri qancha majburlanmasin xech qachon sirkda o‘ynamaydi. Asqar xam shunday. U xech qachon sirkda o‘ynamaydi. Uni o‘zini yo‘li bor. U yo‘lidan nima qilishmasin xech qachon qaytmaydi.
Ushbu qissa 1977-yilda yozilgan. Yozuvchi bu qissasi orqali o‘sha davrdagi ta'lim tizimini, odamlardagi yengiltaklikni, zoxiriga qarab baxo berishni, ma'naviy qashshoqlikni, nafsiga qullikni tanqid ostiga oladi. Lekin xozirgi kunda xam odamlar zoxiriy ko‘rinishlariga zeb berib botiniy dunyolarini unutmoqdalar. Bir-birlari bilan tashqi ko‘rinishga qarab baxo berib, muomala qilmoqdalar. Ta'lim tiziminiku gapirmasa xam bo‘laveradi. Naxot shuncha yil davomida o‘zgarmagan bo‘lsak. Yozuvchi shunday qissa yaratib qo‘yganki bu ixchamgina qissani izoxab ko‘plab kitoblar yozish mumkin. Ijodkor juda katta narsani shu kichkinagina qissaga jamlay olgan.
Uning nutqida kinoya, istehzo ohangi ustuvor. Hikoyachi shunday rostgo‘yki, o‘zining shartakiligi, andishasizligi ba’zan xato ekanligini ham yashirmaydi. Masalan, bekatlarning birida uchragan qizga gap otganida “Qiz shunday ma’sumona angraydiki, o‘zim bu gal xato ketganimni fahmladim” deb mulzam bo‘lganini tan oladi. Asqarni shu holicha faqat sanoqli odamlar tan oladi. Biri kurs rahbari Ubaydullaev, yana biri qo‘shni qiz Raxshona. Ubaydullaev unga “boshqacha ishonch, ixlos bilan qaraydi”. Raxshona esa uning to‘g‘ri so‘zligini yoqlaydi, uni tushunadi, rag‘batlantiradi. Fransuz tili o‘qituvchisi Dilora Jo‘raevna uni tan olib samimiyligi, dangalchiligi, yuziga to‘g‘risini aytganligi uchun so‘ramay (mumtoz adabiyot o‘qituvchisi Ziyoxon Ahmadxonovning aksi) zachyot qo‘yib beradi. Bayonning juda ko‘p o‘rinlarida hikoyachi – qahramon nutqi bilan muallif nutqi leksik, semantik, sintaktik, fonetik jihatlardan qo‘shilib, chatishib ketadi. Ayni chog‘da bayon ohangidan muallif va personaj ovozi bir-biridan ajralib, farqlanib ham turadi: “Imtihonga ruxsatnoma olish uchun dekanatga borib, Ahmadxonov meni “Dushanba kuni tushdan keyin kelsin”, deganini eshitdim. Tayyorman!”.
Erkin A’zamning “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi ham ushbu nuqtai nazar turidan holi emas. Qissada kelgusida Asqar Shodibekov boshidan o‘tkazgan sarguzashtlarini yozishni va uni kitobxonlar tomonidan o‘qilishini o‘zicha tasavvur qiladi: “Xo‘p, ana, shartakiroq bir yigit bo‘larkan. Duch kelgan odamga, yuzingda ko‘zing bormi, demay muomala qilavergani uchun hamma undan qochar, hamma undan bezor ekan. Ba’dfe’lligi tufayli, ha, aynan shu tufayli, ko‘ngil qo‘ygan qizi ham undan yuz o‘girib, boshqaga tegib ketibdi. (Ajab qilibdi – nima, bu bedavoni deb baxtiqaro bo‘lsinmi sho‘rlik?) Achchiq ustida yana shartakiligi qo‘zib, adabiyot tarixi darsidan quvilibdi (battar bo‘lsin!) va, tabiiyki, oqibatda imtihondan o‘tolmabdi (bu ham oz!). Keyin, alamiga chidolmay be’maniliklar qilibdi. Xo‘p, ana, sevgilisi tashlab ketgan bo‘lsa (kimni tashlab ketmagan?), bir kun biror sho‘rpeshona uchrar, uchramasa – sadqai sar, dunyodan moxovdek toq o‘tar. Xo‘p, ana imtihondan yiqilgan bo‘lsa (kim yiqilmagan?), bir kun amallab topshirar, topshirmasa – sadqai sar, o‘qishdan itdek haydalib ketar. Shu ham gap bo‘ldimi, shuni ham yozib o‘tirish kerak ekanmi?!”
“Otoyining tug‘ilgan yili” qissasidagi o‘jar, qaysarlik tabiatiga ega Asqar obrazi E. A’zamning hikoyalaridagi shu xildagi qahramonlaridan olingan bo‘lib, ularning xislatlarini o‘zida mujassamlashtirgan. Bizningcha, bu obrazni o‘sha davr tanqidchiligi an’analaridan bo‘lgan qahramonning kurashchan yoki kurashchan emasligiga qarab baholamaslik kerak. To‘g‘ri, atrofdagi voqelikalarga bo‘lgan munosabati uni shunday o‘rinda turgandek ko‘rsatadi. Ammo Asqar ijtimoiy muhitni o‘zgartiraman, unga qarshi kurashaman, deb maqsad qilmaydi. Bir o‘zining bunga kuchi, imkoni yetmasligini ham yaxshi biladi. Faqat u ko‘rib-bilib turgan, jamiyatdagi tobora ildiz otib borayotgan loqaydlik, xushomadgo‘ylik, soxtagarchilik kabi illatlar girdobidan o‘zini yiroq tutadi. Mana shu jihati uni atrofdagilardan ajratib turadi. Uning an’anaviy, bir xil tuzilishdagi inson emasligi, o‘ziga xos xarakter egasi ekanligi adabiyotimizdagi yangi ko‘rinishdagi obrazning namunasi tarzida ifodalaydi. Umuman, Asqar Shodibek o‘g‘lini faqat chapani, shartaki, beandisha emas, balki o‘z davri muhiti bilan murosasiz, ma’naviy-axloqiy qarashlari, e’tiqodiga sodiq turgan obraz sifatida baholash mumkin.
Erkin A’zam ijodidagi bu qahramonlar adibning mavjud ijtimoiy muhitga bo‘lgan munosabatini, atrofidagi loqaydlik, ma’naviyatsizlik, soxtagarchilik kabi illatlarga nisbatan noroziligi, insonni ruhan erkin va ozod bo‘lishi lozimligi singari qarashlari hosilasi sifatida izohlash kerak.
Adib qissalarida turli toifalarga mansub odamlar qatnashadi. Uning maqsadi, matlabi, orzu-jihati o‘ziga xos tarzda tasvirlanadi. Xulosa qilish mumkinki, Erkin A’zam o‘zbek adabiyotida birinchilardan bo‘lib muallif nutqi bayoniga qahramon ovozini olib kirdi, uning so‘zlarini qo‘lladi. Ayni chog‘da, bu chatishuv bayon ohangini nutq manerasini, ohang yo‘nalishini bir tizimga solib, yozuvchi uslubining orginalligini belgiladi. Shuningdek, badiiy asarda nuqtai nazar xarakter yaratishda o‘z mujassamini topadi.
Mening eng sevimli yozuvchim: Erkin A'zam. Menga eng yoqgan asar shu Otoyining tug‘ilgan yili asari bo‘ladi. Shunday buyuk yozuvchi bilan millatdosh, zamondosh bo‘lganimdan faxrlanaman.

Download 21.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling