“Alp Er To‘nga” marsiyasi. Alp Er To‘nga – Afrosiyob o‘ldimi?


Download 262.06 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi262.06 Kb.
#1500647
Bog'liq
11-SINF. \'\'Alp Er To\'nga\'\' marsiyasi. Nazariy ma\'lumot. Marsiya haqida tushuncha. Qadimgi maqollar. Nazariy ma\'lumot. Qadimgi maqollar haqida tushuncha

“Alp Er To‘nga” marsiyasi. Qadimgi maqollar. Nazariy ma’lumot. Marsiya va qadimgi maqollar haqida tushuncha


@uzbek_tilim

“Alp Er To‘nga” marsiyasi.

Alp Er To‘nga – Afrosiyob o‘ldimi?

Esiz, dunyo (undan ayrilib) qoldimi?

Falak (zamon) o‘chini oldimi?

Endi yurak yirtilur.


@uzbek_tilim

“Alp Er To‘nga” marsiyasi.

Zamona fursat kuzatdi, beklar begi

(Afrosiyob)ni xo‘rlash uchun yashi­

rin tuzoq qo‘ydi. Bek undan qan­

day qochib qutuladi?


@uzbek_tilim

“Alp Er To‘nga” marsiyasi.

Zamon butunlay ozdi,

Tuban, yomonlar ko‘paydi.

(Afrosiyob vafotidan keyin)

Fazilat egalari yo‘qolayotir.


@uzbek_tilim

“Alp Er To‘nga” marsiyasi.

Bilagim kuchli bo‘ldi,

Tilagim yaqinlashdi.

Bilimim (buloqlari) ko‘z ochganda,

Umr tugab bormoqda.


@uzbek_tilim
@uzbek_tilim
Alp Er To‘nga
Turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojib tojiklar uni Afrosiyob deb atashlarini yozgan.
Mahmud Qoshg‘ariy Afrosiyobni Qashqarda – O‘rdukent shahrida turar edi, deb ko‘rsatadi. To‘nga Alp Er – yo‘lbars kabi kuchli bahodir demakdir. «Devon»da uning Barman, Barsg‘an degan o‘g‘illari hamda Qaz ismli qizi haqida ham ma’lumotlar bor.

Marsiya haqida tushuncha

Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq marsiya deb ataladi.

Alp Er To‘nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.


@uzbek_tilim

Qadimgi maqollar

  • Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur.
  • Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa, qo‘tir bo‘ladi.

  • O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas.
  • Zamon o‘tar, kishi to‘ymas, inson bolasi mangu qolmas.

  • Qish qo‘niqi – o‘t.
  • Qishning ziyofati – olov[dir].


@uzbek_tilim

Qadimgi maqollar

  • Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti.
  • Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-­yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi.

  • Ashuch aytur tubum altun,
  • Qamich aytur men qaydaman.

  • Qozon aytur: «Tubim oltin».
  • Cho‘mich aytur: «Men qaydaman?»

  • Ag‘ilda o‘g‘laq tug‘sa, ariqda o‘ti unar.
  • Og‘il [molxona]da uloq tug‘ilsa, ariqda o‘ti chiqadi.


@uzbek_tilim

Qadimgi maqollar

  • Alin arslan tutar, kuchin sichg‘an tutmas.
  • Hiyla­-tadbir bilan arslonni tutish mumkin, [ammo]zo‘rlik bilan sichqonni ham tutib bo‘lmaydi.

  • Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas.
  • Tog‘ arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bekilmaydi.

  • Emgak ekinda qolmas.
  • Mehnat bekor ketmaydi.


@uzbek_tilim

Qadimgi maqollar haqida tushuncha

Qadimgi maqollar ham mavzu qamrovigagina emas, tuzilishiga ko‘ra ham xilma-xildir. Ularda vatan, vatanparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, inson tafakkurini ulug‘lash, mardlik va jasorat, vafodorlik, ezgulik, rostgo‘ylik, kamtarlik, sabr va chidam ulug‘lanadi, salbiy xususiyatlar qoralanadi. Tabiat va jamiyatga oid hodisa va qonuniyatlar ko‘rkam ifodalarda qayd etiladi.


@uzbek_tilim

Foydalanilgan adabiyot:


@uzbek_tilim

Adabiyot [Matn] 11-sinf: darslik-majmua: /Boqijon To‘xliyev, Bahodir Karimov, Komila Usmonova. – Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2018.


Download 262.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling