Aluminiy gidroksidning olinishi va xossalari
Download 28.38 Kb.
|
ALUMINIY GIDROKSIDNING OLINISHI VA XOSSALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kimyoviy xossalari
Fizik xossalari:
Aluminiy- oq kumushrang, yaltiroq, yengil, plastik, elektr va issiqlikni yaxshi o’tkazadigan kuchsiz paramagnet xossasiga ega bo’lgan amfoter metall [123] 4Al + 3O2 = 2Al2O3 +Q (3351kJ) Aluminiy amfoter xossaga ega bo’lgani uchun kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi: 2 Al +6HCl= 2AlCl3 +3H2 2 Al + 5NaOH +6H2O =2Na3[Al(OH)6] + 3H2 [1, 2, 3] Kimyoviy xossalari: Aluminiyning yuqori temperaturada d-oilasi elementlari bilan issiqlikka chidamli qotishmalari qizdirilganda galogenidlar bilan birikib AlGa3 tarkibli galogenidlar hosil qiladi. [1. 289-b] Aluminiyning bu galogenidlari yaxshi gidrolizga uchraydi va ishqoriy metallarning gidridlari bilan birikib kompleks birikmalar hosil qiladi. AlCl3 + 4LiH = Li[AlH4] + LiCl Aluminiy vodorod bilan to’g’ridan-to’g’ri birikmaydi. Uning vodorodli birikmalari bilvosita usul bilan hosil qilinadi. LiH ko’proq Miqdorda olinsa u AlCl3 bilan reaksiyaga kirishib litiy alyuminogidrid hosil qiladi: Li[AlH4] + AlCl3 = 4AlH3 + 3LiCl [1, 2] Aluminiy oddiy sharoitda xlor va brom bilan yod bilan esa qizdirilganda yoki katalizator suv ishtirokida reaksiyaga kirishadi. Aluminiy yuqori temperaturada S, N2, C bilan reaksiyaga kirishadi. Aluminiy sirtida oksid parda bo’lganligidan u suvda erimaydi. Ishqorlarda erib aluminatlar hosil qiladi: 2Al + 2NaOH + 2H2O = 2NaAlO2 + 3H2 [2, 3] Aluminiy suyultirilgan HCl va H2SO4 kislotada eriydi. Konsentrlangan HNO3 ta’sir ettirilganda aluminiy passiv bo’lib qoladi va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, chunki aluminiy sirtida juda zich oksid parda hosil bo’lib qoladi. [3. 135-b] Aluminiy 8000C da azot bilan birikib aluminiy nitrid, 10000C da oltingugrt bilan birikib aluminiy sulfide, 20000C da esa uglerod bilan birikib aluminiy karbid hosil qiladi. 2Al + 3J2 = 2AlJ3 Download 28.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling