Alyuminiy haqida malumot Alyuminiy


Download 127.64 Kb.
bet5/5
Sana09.06.2023
Hajmi127.64 Kb.
#1471402
1   2   3   4   5
Bog'liq
Alyuminiy haqida malumot

Fizik xossalari
Sof holdagi alyuminiy, ancha yengil, oqish-kumushsimon rangli metall. Zichligi 2712 kg/m3. Texnik alyuminiyning erish harorati 658 °C, sof alyuminiy esa 660 °C da eriydi. Solishtirma erish issiqligi 390 kJ/kg. Alyuminiyning nur qaytarish xossasi ham ancha yuqori. Shuningdek, ushbu metall yuqori elektr o‘tkazuvchanlik (37·106 Sm/m) va issiqlik o‘tkazuvchanlik (203,5 Vt/(m·K)) xossalariga ega. Alyuminiy deyarli barcha metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Uning mis va magniy bilan qotishmasi – dyuralyuminiy, hamda, kremniy bilan qotishmasi – silumin ko‘proq tarqalgan.
Izotoplari
Tabiatda tarqalgan alyuminiy amalda 99,99% ga, yagona va barqaror izotop 27Al dan tashkil topgan. Juda-juda kam miqdorda (uning ham faqat izi aniqlangan) 26Al izotopi yuqori energiyali kosmik nurlar ta’sirida 40Ar argon yadrolarining parchalanishi natijasida atmosferada vujudga keladi. 26Al izotopining yarim yemirilish davri ≈720 ming yil. Alyuminiyning ushbu 26Al izotopini fanda shuningdek «kosmogen alyuminiy» ham deyiladi. Kosmogen alyuminiy birinchi marotaba Oy toshlarini va meteoiritlarni o‘rganish asnosida aniqlangan.
Biologik ahamiyati
Tabiatda juda keng tarqalgan bo‘lishiga qaramasdan, alyuminiy biror-bir tirik organizmdagi metaboliz jarayonlarida ishtirok etmaydi (harholda, alyuminiy ishtirokida kechuvchi biror organik jarayon hozircha aniqlanmagan). ya’ni, alyuminiy – o‘lik metalldir. Garchi, alyuminiy va uning birikmalarining toksiklik darajasi juda past bo‘lsa-da, lekin, organizmga uzoq muddat davomidagi ta’siri natijasida odam va hayvonlar tana to‘qimalariga zararli ta’sir qilishi ehtimoli yo‘q emas. Organizmga alyuminiy asosan ichimlik suvi orqali kiradi. Alyuminiyning xloridlari, nitratlari va atsetatlari nisbatan kuchliroq toksik ta’sirga ega. Alyuminiyning toksik ta’siri eng avvalo asab tizimiga nisbatan bo‘ladi. Ichimlik suvi bilan organizmga tushgan alyuminiy odatda siydik bilan yana chiqib ketadi. Bir kun davomida o‘rta yoshdagi odam siydigi bilan taxmina 15 mg alyuminiy elementi chiqariladi. Shu sababli, siydik chiqarish funksiyasi buzilgan bemorlarda alyuminiyning toksik ta’siri yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
Kashf etilish tarixi va noming kelib chiqishi
Alyuminiyni birnichi bo‘lib 1825-yilda Daniyalik fizik Xans Xristian Ersted tomonidan alyuminiy xloridiga kaliy amalgammasini ta’sir ettirish yo‘li bilan olingan. Element nomi alumen ya’ni, lotin tilidagi achiqtosh so‘zidan yasalgan.
Dastlabki paytlarda olishning qiyinligi sababli, alyuminiy metali juda qimmat bo‘lgan. Sanoat misyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilguniga qadar alyuminiy oltindan ham qimmat yurgan.
Download 127.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling