Alyuminiy va qotishmalarini, titan va uni qotishmalarini, Mis


Alyuminiy va qotishmalarini


Download 0.58 Mb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1477706
1   2   3
Bog'liq
86-19 га ПРИЗЕНТАЦИЯ

Alyuminiy va qotishmalarini bolg‘alash va presslash 380°S ga qizdirilib bajariladi. Presslash bilan sim va trubalar olinadi. Presslashda zagotovkani yuzi grafit va mashina moyi bilan moylanadi.
Cho‘zish yo‘li bilan 1-6 mm simlar olinadi.
Alyuminiy va uning qotishmalarini prokatlab olishining xususiyatlari: Alyuminiyni prokatlashni eng yaxshi samarali usuli uzluksiz quyma jarayonini prokatlash bilan birgalikda o‘tkazishdir, bu jarayon yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga va energiya harajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. 1-rasmda o‘rtacha quvvati soatiga 8 t bo‘lgan alyuminiy prokatlab ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan LPA-AK8P quyish va prokatlash agregati sxemasi ko‘rsatilgan.
6.2-rasm. Quyma-prokatlash agregatini sxemasi: 1 – quyush mashinasi; 2 –zagotovkalarni tashishi liniyasi; 3 – prokatlash stani; 4 – prokatlangan mahsulotlarni sovitish qismi; 5 – o‘rash joyi
Mis va uning qotishmalarni listli prokatlash: Mis materialdan issiq holatda prokat listlarni ishlab chiqarishning texnologik jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: eritmani (zagatovka) qizdirish, issiq holatda prokatlash, yuzalarni tozalash, tayyor holatga keltirish uchun kesish, tartibga solish.
Eritmani (zagatovka) qizdirish o‘tkazuvchi va karuselli gaz pechlarida 800-850 °С harortda qizdirilib o‘tkaziladi, issiq holatda prokatlanishni tugallanish harorati 600-650 °С bo‘lishi kerak, buning natijasida yuqori mexanik xossani beruvchi, talab qilingan strukturali metall shakllanadi.
1-rasm. Misli folga
Mislarni issiq holatda prokatlash harorati oralig‘i ancha katta bo‘lganligi sababli prokatlash qiyinchiliksiz amalga oshiriladi, 150-200 mm qalinlikdagi eritmadan qalinligi 5,5-6,0 mmgacha diametri 800-850 mm boʻlgan list va polosalar vallari ikki yo‘nalishli stanlardan 5-7 maratoba prokatlanib o‘tish natijasida hosil bo‘ladi.
Listlarni yuzalarini tozalash 10-16%li N28O4 eritmasida maxsus agregat orqali bajariladi. Tozalangan prokat mahsulotlar maxsus qaychilarda kerakli o‘lchamlarda kesiladi.
Misni sovuq prokatlaganda undan listlar, lentalar, enli mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling