Амалий машғулот №1 foydali qazilmalarni yer qa’ridan qazib olish ko’satkichlarini hisoblash
Download 130.77 Kb.
|
1-Амалий машғулот. Word
Амалий машғулот №1 FOYDALI QAZILMALARNI YER QA’RIDAN QAZIB OLISH KO’SATKICHLARINI HISOBLASH Konlarni qazib olishda odatda foydali qazilma ekspluatatsion konturida joylashgan foydali qazilmalarni to‘liq qazib olishning imkoniyati yo‘q. Bu zahiralarning bir qismi ayrim sabablarga ko‘ra massivdan ajratilmasdan qoladi, yoki kavjoydan tashish vaqtida ruda massasi ko‘rinishida yo‘qotiladi. Qazib olnishi kerak bo‘lgan hamda amalda qazib er yuzasiga chiqarilgan foydali qazil o‘rtasidagi farq nobudgarchilik deyiladi. Boshqacha qilib aytganda nobudgarchilik-bu ma’lum bir sabablarga ko‘ra qazib olinmasdan er qa’rida qoldirib ketilgan foydali qazilmalarning bir qismidir. Ruda tanining er qa’rida joylashuv sharoitlari murakkabligi, qazib olish texnologiyasi, foydali qazilmaning qiymati va boshqa iqtisodiy sabablarga ko‘ra nobudgarchilik miqdori turlicha bo‘ladi. Er qa’rida joylashgi foydali qazilmalarning miqdori chegarasiz emas. Hayvonot va o‘simlik olamidan farqli ravishda foydali qazilmalar amalda qayta tiklanmaydi. Qazib olinmasda qoldirib ketilgan balans zahiralar er egasi hisoblangan davoatning iqtisodiyoti yomonlashuviga olib keladi. Umuman olganda foydali qazilmalar nobudgarchiligi er qa’ridan foydalanuvchi (davlat tomonidan berilgan kondan foydalanishga oid litsenziyaga ko‘ra faoliyat yuritayotgan kompaniya) uchun ham foydasizdir, chunki bunda mazkur konni qazib olish uchun yaratilgan sanoat korxonalarining potensialidan to‘liq foydalanilmaydi. Nobudgarchilik davlat hamda investorlar tomonidan mazkur turdagi foydali qazilmalarning yangi manbalarini qidirish va razvedka qilish uchun qo‘shimcha vositalarni jalb etishni talab qiladi. Nobudgarchiliksiz foydali qazilmalarni qazib olishning iloji yo‘q. Nobudgarchilik konning tabiiy joylashish sharoitlari, kon ishlarining texnologik imkoniyatlari va kon-qayta ishlash ishlab chiqarishining iqtisodiy shartlari bilan aniqlanadi. Foydali qazilmalar nobudgarchiligiga ruda tanalarining joylashish sharoitlari (qalinligi, og‘ish burchagi, qanday chuqurlikda joylashganligi) va shaklining murakkabligi, ruda va atrof tog‘ jinslaring pishiqligi hamda turg‘unligi, kon massivining suvchanligi kabi boshqarib bo‘lmaydigan yoki boshqarilishi qiyin bo‘lgan boshqa tabiiy omillar( geologik) sabab bo‘ladi. Tabiiy (geologik) omillardan farqli ravishda kon texnologik omillarni (qazib olish usullari va tizimlari hamda ularning parametrlari, kon ishlari jarayonlarning tarkibi, ularni mehanizatsiyalash vositalari,qazib olish ishlarini tashkil etish darajasi va boshqalar) ma’lum darajada boo‘qarishning imkoniyati mavjud. Kon ishlari texnologiyalarining turli variantlarini qo‘llab hamda ularning parametrlarini o‘zgartirgan holda er qaridagi mineral zahiralarning nobudgarchilik darajasiga faol ta’sir etish mumkin. Nobudgarchilik darajasiga foydali qazilmalarni qayta ishlash texnologiyasi ham ta’sir etadi. Bunda ma’nan va jismonan eskiigan boyitish fabrikalar hamda boshqa qayta ishlovchi korxonalarga sifati nisbatan yuqori bo‘lgan mineral xom ashyo etkazib berilishi talab etiladi, buning oqibatida esa tarkib unchalik boy bo‘lmagan va talab darajasida bo‘lmagan ruda zahiralari nobudgarchilikka olib keluvchi zahiralar tarkibiga o‘tkazilishi mumkin. Ekspluatatsion nobudgarchilik darajasi haqidagi xulosalar rudaning qiymati uni qazib olish va qayta ishlash tannarxi inobatga olinadigan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bu omillarning o‘zaro ta’siri maqsadga suvofiq keluvchi qazib olish texnologiyaar va nubudgarchilik darajasini belgilaydi. SHuning uchun meneral mahsulotning qiymati oshgani sari er qa’ridan rudani to‘lib qazib olish imkonini beruvchi murakkab hamda xarajat talab qiluvchi texnologiyalarni qo‘llash imkoniyati mavjud. SHuning uchun nisbatan qiymati yuqori bo‘lgan foydali qazilmalarni qazib olishda nobudgarchilikni minimkm darajaga tushirishga harakat qilinadi. Boshqa tomondan olib qaralganda er qa’rida qoldirib ketilgan hamma zahiralarga nobudgarchilik sifatida qayta qazib olish imkoniyati mavjud bo‘lmagan zahiralar sifatida qarash kerak emas. Ulardan keyinchalik er qa’ridan yoki texnogen hosilalardan ajratib olinadiganlari ( misol uchun, kelajakja nisbatan takomillashgan texnologiyalar yordamida) umuman olganda nobudgarchilik toifasiga kirmaydi. Foydali qazilmalar nobudgarchiligi konlardan foydalanishning muhim samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘lib, davlat tomonidan qat’iy hisobda turadi. Quyidagi nobudgarchilik toifalari mavjud: • umumshaxta nobudgarchiligi- bino, inshoot, suv omborlari, shuningdek kondagi kapital kon lahimlarini saqlab turish maqsadida qoldiriladigan saqlovchi hamda chegarolovchi seliklar; • ekspluatatsion nobudgarchilik- foydali qazilmalarni qazib olish jarayonida, shuningdek keyinchalik ruda massasini tashish hamda omborlash qaqtida yo‘l qo‘yiladigan nobudgarchiliklar. Faoliyat yuritayotgan kon korxonasi nuqtai nazaridan qaraganda ekspluatatsion nobudgarchiliklar ko‘proq ahamiyatga ega. Ular asosan quyidagicha shakllanadi: • blok ichidagi (panel ichidagi) va bloklar orasidagi (panellar orasidagi) seliklarda (1, a, b. rasm); massivdan ajratib olinayotgan ruda yuzasining to‘g‘ri kelmasligi, va amalda ruda hamda atrof tog‘ jinslarining tutashgan erida ( 1. v rasm); Qazib olingan bo‘shliqdan rudani to‘liqligicha olib chiqb ketmaslik natijasida ( 1. g rasm); Ruda massasini tashish vaqtida ( 1, d. rasm). Qazib olish ishlari vaqtida ruda nobudgarchiligi bilan bir qatorda massivdan ajratib olingan rudaga puch tog‘ jinslari va konditsion bo‘lmagan ruda aralashib ketishi sodir bo‘ladi. Buning oqibatida esa qazib olingan ruda massasi tarkibidigi foydali komponentlar miqdori kamayadi (1.v. rasm). 1-Rasm. Ekspluatatsion ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishining shakllanish mexanizmi: a — qazib olish blokida: 1 — shift; 2 — bloklar orasidagi selik; 3 — qazib olish blokining tub qismi; b — qazib olish panelada: 4 — panellar oralig‘idagi shtreklardpgi seliklar; 5 — ustunlardagi seliklar; v — rudani qulatishdagi: 6 — qulatish konturi; 7 —ruda tanasining atrof tog‘ jinslari bilan tutashgan qismi; 8 — rudani qulatish vaqtidagi nobudgarchilik; 9 — sifatsizlantiruvchi tog‘ jinslari; g — rudani chiqazish vaqtida: 10 — rudani chiqazish vavtida nobudgarchilikka uchraydigan qismi; d — rudani eltish va tashishda 11 — transport vositalaridan tushib qolgan ruda; 12 — eltuvchi va tashuvchi vosita. Qazib olingan ruda masasi tarkibidagi foydali komponent miqdorining massivdagi ruda tarkbidagi foydali komponet miqdoriga nisbatan kamayishiga sifatsizlanish deyiladi. Tabiiyki, ruda sifatsizlanishi natijasida qazib olinadigan ruda miqdorini saqlab qolish maqsadida qazib olinadigan ruda hajmini oo‘irishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida nafaqat konda rudani qazib olish uchun sarflanadigan moddiy va moliyaviy xarajatlarning oshishi, balki uni kondan tashqarida tashish hamda qayta ishlash uchun ham sar-xarajatlarni oshishiga sabab bo‘ladi. YAna shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, rudani qayta ishlash usun sarflanadigan xarajatlarning oshishiga nafaqat ruda massasi miqdorining oshishi, balki uning sifati yomonlashuvi ham olib keladi. Ko‘pincha sifatsizlanish qazib olish ishlari vaqtida rudaga puch tog‘ jinslari yoki nokonditsion rudalarning aralashishi natijasida sodir bo‘ladi. Sifatsizlanish ham nobudgarchilik kaba ruda tanasining er qa’rida joylashish sharoitlari, konni qazib tlish texnologiyasi va iqtisodiy sharoitlarga bog‘liq. SHuning uchun ham kazib olish ishlari jarayonida ularinig miqdorini boshqarish bo‘yicha ma’lum tashkiliy va texnologik imkoniyatlar mavjud. Bunda nobudgarchilik va sifatsizlanish o‘rtasidagi teskari aloqa (bir ko‘rsatkichning pasayishi ikkichi ko‘rsatkichning oshishiga olib keladi, yoki teskarisi) mavjudligi hisobga olinishi zarur. Vaholanki, nobudgarchilik va sifatsizlanish natijasida etkaziladigan zarar bir xil emas. Bunday holatlarda aniq ruda tanalari uchun va qazib olish texnologiyalari iqtosodiy hisob-kitoblar orqali kon korxonasi me’yoriy talablariga mos keluvchi nobudgarchilik hamda sifatsizlanish o‘rtasidagi oqilona nisbat o‘rnatiladi. SHuni ham hisobga olish kerakki, er egasi (davlat) va er qa’ridan foydalanuvchi (kon korxonasi) uchun nobudgarchilik va sifatsizlanish iqtisodiy jihatda bir xil ahamiyatga ega emas. Katta zahiralarga ega bo‘lgan o‘rtacha qiymatli va qiymati past bo‘lgan foydali qazilma konlarini qazib olish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun nobudgarchilik hisobiga sifatsizlanish darajasini kamaytirgan holda qazib olish nisbatan foydaliroqdir. CHunki, bu qazib olingan mineral xom ashyo sifatiga ijobiy ta’sir etadi hamda rudani qayta ishlash uchun xarajatlarni kamaytiradi. Davlat uchun esa haddan ziyod me’yordan ortiq nobudgarchilik bu- byudjetga kelib tushishi zarur bo‘lgan joriy soliqlarning kelib tushmasligi va kelajakda balans zahiralarning bir qismi qazib olinmasdan yo‘qotilishi natijasida etadigan zarardir. 2.Tarkibi ab metalldan tashkil topgan hamda Mb miqdordagi metall bo‘lgan Qb miqdordagi balans zahiralarni qazib olish vaqtida ( atrof tog‘ jinslari chegarasida) ruda massasining shakllanish jarayoni sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Mazkur chizmada qazib olinadigan ruda loyihadagi qazib olish konturlari bilan cheklangan bo‘lib, sxemada shtrixli chiziqlar bilan belgilangan (2.a-rasm). Amaldagi qazib olish chegaralari (2-rasmdagi B pozitsiyaga qarang) loyihadagi qazib olish chegaralaridan farq qiladi. Buning natijasida qulatilgan rudaga uning sifatini tushiruvchi (2-rasmdagi B va V pozitsiyalarga qarang) Q3 miqdordagi tog‘ jinslari aralashadi. Ruda sifatini tushiruvchi bu tog‘ jinslari tarkibi a3 metalldan iborat bo‘lgan hamda tarkibida Mz miqdordagi mavjud bo‘lgan konditsion bo‘lmagan ruda ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari qazib olish chegaralariga kiruvchi balans zahiralar hisoblangan Qn ( tarkibi ap metalldan tashkil topgan va Mp miqdordagi metall bo‘lgan) rudalarning bir qismi qazib olinmasdan qolmqda, yani nobudgarchilikka uchramoqda. Natijada amalda qazib olingan tarkibi arm metalldan tashkil topgan va Mrm miqdordagi metall bo‘lgan Qrm hajmdagi ruda massasida Qb balans zahiralardan qazib olinishi zarur bo‘lgan metall miqdori sezilarli darajada kam. 2-rasm. Rudaning balans zahiralarini er qa’ridan qazib olish to‘liqligni va sifatini asoslash bo‘yicha sxema: A — kon massivining qazib olishgacha bo‘lgan dastlabki holati: 1 — massivdagi ruda; 2 — atrof tog‘ jinslari massivi; 3 — rudaning balans zahiralari chegarasi; B — qazib olish ishlaridan so‘ng kon massivining holati: 4 — amaldagi qazib olish chegaralari; 5— nobudgarchilikka uchragan ruda zahiralari; V — qazib olingan ruda massasi: 6— rudani sifatsizlantiruvchi tog‘ jinslari; 7 — qazib olingan balans zahiralar; 8 — qazib olingan ruda massasi va uning xarakteristikalari. YUqorida ko‘rib chiqilgan sxemaga muvofiq va keltirilgan ta’riflarga ko‘ra mazkur holatda nobudgarchilik er qa’ridan qazib olinmasdan qoldirib ketilgan foydali qazilmalar balans zahiralari- Qn va foydali komponent (metall)- Mp ko‘rinishida tasvirlangan. Qazib olish vaqtidagi foydali mineral mahsulotlar nobudgarchiliginig mutlaq (absolyut) ifodasi nisbiy shaklda ham berilishi berilishi mumkin. Bundatsy zarurat kon ishlari natijalarini tahlil qilish hamda nobudgarchilik darajasini me’yorlashtirish vaqtida paydo bo‘ladi. Quyidagi ko‘rsatkichlar nobudgarchilikning nisbiy xarakteristikalari hisoblanadi. Balans zahiralar quyidagicha topiladi: B=L H m , t Bu erda:L- Ruda tanasinin yo’nalishi bo’yicha uzunligi, L-800 m; H- Ruda tanasinin og’ish bo’yicha uzunligi, H-1000 m; m- Ruda tanasining haqiqiy qalinligi, m-6 m; γ- Rudaning zichligi, t/m3-2,7 B=800 1000 2,7=12960000 t Download 130.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling