Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Download 152.03 Kb.
bet1/21
Sana02.06.2024
Hajmi152.03 Kb.
#1833654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар-fayllar.org


Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар

Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар
1.Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар.
Geologik masalalarni echishda geofizik usullari keng qo‘llaniladi. SHuning uchun geolog-geofizika fani to‘g‘risida umumiy tushuncha va geofizik usullar yordamida turli geologik vazifalarni echish imkoniyatlari va natijalarini talqin qilish asoslarini bilish kerak.
Geofizika atamasi – “geo” – er, “fizika” – fizika, ya’ni “Er fizikasi” degan ma’noni bildiradi. Bu fan Er po‘stida, mantiyada va yadroda bo‘lib o‘tadigan fizik jarayonlar va har xil tog‘ jinslar va tuzilmalar ta’sirida hosil bo‘lgan fizik maydonlar tuzilishini, kuchlanishini o‘rganadi.
Geofizika fani uch bo‘limga bo‘linadi: Er fizikasi, gidrofizika, atmosfera fizikasi.
“Er fizikasi” fani “litosfera geofizikasi” va “geofizik tadqiqot usullari” bo‘limlariga ajratiladi.
Geofizika fani geologiya, geodeziya, geografiya, geoximiya, fizika va astronomiya fanlariga yaqin. U fizika, geologiya va astranomiya fanlari asosida XIX – asrning ohirida va XX – asrning boshlanishida hosil bo‘lgan va rivojlangan.
Geofizik tadqiqot usullari – Er po‘stining geologik tuzilishini o‘rganadi va asosiy maqsadi foydali qazilmalarni izlash va razvedka qilish va har xil amaliy masalalarni echish (masalan, turli muhandislik geologiya masalalari).
“Geofizik tadqiqotlar usullari” fani fizik maydonlarni va hodisalarni o‘rganish va tahlil qilish usullariga asoslangan. Fizik maydonlarni Er yuzasida, tog‘ qazilmalarida, burg‘i quduqlarida, dengizda, ummonda, atmosfera va kosmosda o‘rganish mumkin.
Geofizik tadqiqotlarning maqsadi - geologik kesimni tuzilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish va foydali qazilmalarga istiqbolliligi to‘g‘risida xulosa chiqarish. Fizik maydon deganda, Er yoki uning ma’lum bir qismidagi fizik parametrlarning ko‘plab qiymatlarini tushunamiz. Geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, har xil tog‘ jinslari, yaxlit tuzilmalar, bir jinsli tabaqalar, ma’danli jismlar turlicha fizik xususiyatlarga ega. Masalan, elektr o‘tkazuvchanlik, magnit qabul qiluvchanlik, seysmik to‘lqinlarning turlicha tarqalishi va hokazo.
Har bir tog‘ jinsi atrofdagi muhitda har xil fizik xossalarning ta’siri natijasida fizik maydonlar hosil qiladi. Har bir tog‘ jinsi atrofdagi muhitda (tashqi maydonlar) va o‘zining ichida (ichki maydonlar) bir qator fizik maydonlarni yaratadi. Tashqi maydonlarning parametrlarini o‘lchab, maydon manbasi to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin.
Fizik maydonlar ham tabiiy, ham sun’iy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy fizik maydonlar tabiatning yaratishi bilan bog‘liq – gravitatsion (tortishish maydoni, og‘irlik kuchi maydoni), magnit, elektr, elektromagnit, zilzila natijasida hosil bo‘lgan seysmik to‘lqinlarning tarqalish maydoni, radioaktiv nurlanish, termik maydon bo‘ladi.
Sun’iy fizik maydonlar insonning tabiatga ta’siri bilan bog‘lik – elektr, elektromagnit, zarba yoki portlatish natijasida hosil bo‘lgan seysmik to‘lqinlarni tarqalish maydoni, termik (isitish yoki sovutish maydoni), sun’iy radioaktiv nurlanish maydoni.
Gravitatsion maydon og‘irlik kuchi tezlanishi (erkin tushish tezlanishi) va gravitatsion potensialning ikkinchi tartibli hosilalari bilan ta’riflanadi. Magnit maydon kuchlanishning to‘liq vektori (T) va uning boshqa tashkil etuvchilari bilan (vertikal Z, gorizontal N va hokazo), elektromagnit maydoni – maydonning magnit (N) va elektr (E) vektorlari, seysmik maydon elastik to‘lqinlarining tarqalish vaqti, tezligi va davri bilan, termik maydon haroratni taqsimlanishi bilan ta’riflanadi.
Bitta yoki bir nechta fizik maydonlarning parametrlarini o‘lchab turib tog‘ jinslarining xossalari to‘g‘risida va tadqiqot qilingan hududning geologik tuzilishi haqida ma’lumot olish mumkin.
Har bir fizik maydon va uning parametrlari tog‘ jinslarining maydon va chuqurlik bo‘yicha fizik xossalarining taqsimlanishiga asoslangan. Masalan, gravitatsion maydon tog‘ jinslarining zichligiga(σ) asoslangan, elektr va elektromagnit maydon tog‘ jinslarining solishtirma elektr qarshiligiga(ρ), dielektrik(ε) va magnit(μ) singdiruvchanligiga, elektrokimyoviy aktivligiga(α) va qutblanishiga(η) asoslangan.
Tog‘ jinslarining fizik xossalari har xil bo‘lishi mumkin. Har xil tog‘ jinslarining fizik xossalari bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, granit va ohaktoshning zichligi 2.65 g/sm3, lekin granitda magnit qabul qiluvchanlik(æ) katta. Granit va ohaktoshlarni ajratish uchun gravitatsion va magnit usullarini majmuasi qo‘llanishi kerak.
Bazalt va tosh tuzida seysmik to‘lqinlarning tarqalish tezligi bir xil, lekin bazaltning zichligi katta. Ularni ajratish uchun gravitatsion va seysmik usullarning majmuasi qo‘llanishi kerak.
Fizik maydonning parametrlari geologik jinslarning xossalari, o‘lchamlari va yotish chuqurligiga bog‘liq.
Geofizikada to‘g‘ri va teskari masalalarining tushunchasi mavjud. To‘g‘ri masalaning echilishi: jismlarning aniq bo‘lgan shakllari, o‘lchamlari, yotish chuqurligi va fizik xossalaridan fizik maydonning parametrlarini hisoblash. Bu masala aniq echimga ega.
Teskari masalaning echilishi: o‘lchangan fizik maydon parametrlari bo‘yicha jismlarni o‘lchamlarini, yotish chuqurligini va xossalarini aniqlash.Teskari masala ko‘p echimga ega.
Geofizikada geofizik maydonlar kuzatilgan, normal, anomal va o‘zgartirilgan maydonlarga ajratiladi.
Kuzatilgan fizik maydon –dalada to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchab olingan miqdorlar maydoni hisoblanadi.
Normal fizik maydon-bir jinsli muhit ustida hosil bo‘lgan maydon, regional geofizik tekshirishlarda esa, Erning tabiiy magnit va gravitatsion maydonlaridir: Normal fizik maydon, odatda o‘lchangan miqdorlarni silliqlashtirish – o‘rtacha qiymatga keltirish yo‘li bilan olinadi.
Anomal fizik maydon – kuzatilgan maydon miqdorlarini normal fizik maydon miqdorlaridan farqlanishi. Ular geologik muhitning bir jinsli emasligidan hosil bo‘ladilar. Geofizika geologik jismlarning fizik xossalari va geometrik o‘lchamlari o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan anomal fizik maydonlarni aniqlashga hizmat qiladi.
O‘zgartirilgan fizik maydon – kuzatilgan (normal va anomal) maydon qiymatlarini o‘zgartirish natijasida hosil qilingan miqdorlar maydoni. Masalan: boshqa balandliklar uchun hisoblab chiqilgan miqdorlar maydoni, kuzatuvlardan olingan og‘irlik kuchi tezlanishining ikkinchi tartibli hosilalar maydoni va hokazo.
O‘rganilayotgan erning fizik maydon turlariga asosan geofizikada gravitatsion qidiruv (poisk), magnit qidiruv, elektr qidiruv, seysmik qidiruv, geotermik qidiruv (termometriya), yadroviy geofizikaga bo‘linadi.
Echilish masalalari bo‘yicha geofizik usullarini quydagilarga bo‘lish mumkin:
  1. CHuqurlik geofizikasi – Er tuzilishi va uning qobiqlarining fizik xossalari xaqida ma’lumotlar beradi.


  2. Hududiy geofizika – Er po‘stini va 1 dan 10; 15km.gacha chuqurliklarni tuzilmali tektonik xaritalashda ishlatiladi. Maqsadi – neft va gaz konlarini qidirish.


  3. Qidiruv xaritalash geofizikasi – chuqurligi 1km gacha bo‘lgan kesimni o‘rganadi va yirik geologik xaritalash masalalarni echadi. Maqsadi - foydali qazilma konlarini qidirish va muhandislik –geologik va gidrogeologik umumiy xaritalash.


  4. Tuzilmali geofizika – geologik tuzilmalarni o‘rganish.


  5. Neft va gaz geofizikasi – neft va gaz tutqichlarni aniqlash va ularni qidiruv burg‘ilashga tayyorlash.


  6. Ma’danlar geofizikasi – ma’danli foydali qazilmalarning alomatlari bo‘yicha izlash va qidiruv ishlarini olib borish.


  7. Noma’dan va ko‘mir geofizikasi – noma’dan foydali qazilmalar va ko‘mirni qidirish va qidiruv ishlarini olib borish.


  8. Muhandislik geofizikasi – muhandislik geologiya va gidrogeologiya masalalarini echishga yo‘naltirilgan.


  9. Petrofizika – tog‘ jinslarining fizik xossalarini o‘rganadi.






Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling