Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Сейсморазведканинг физик-геологик асослари


Download 152.03 Kb.
bet7/21
Sana02.06.2024
Hajmi152.03 Kb.
#1833654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар-fayllar.org

6.Сейсморазведканинг физик-геологик асослари.
Seysmik qidiruv (seysmorazvedka) – geofizik usullardan biri bo‘lib, turli sun’iy yo‘llar (zarba, qo‘zg‘atish) bilan hosil qilingan elastik to‘lqinlarning tarqalashiga asoslanadi va Erning tuzilishini, geologik muhitini o‘rganishda, neft va gaz konlarini hamda boshqa qazilma boyliklarini izlashda qo‘llaniladi.
Tog‘ jinslarini elastiklik xususiyati har xil bo‘lganligi uchun ular orqali o‘tadigan elastik to‘lqin ham har xil tezliklarda tarqaladi. Buning oqibatida turli qatlamlardan tashkil topgan Er qa’rida to‘lqin tezligi o‘zgarishi bilan bir qatorda, shu chegaralardan to‘lqinning qaytishi, sinishi va boshqa xususiyati yuzaga keladi. SHu to‘lqinlarni qayd (yozib olish) qilish natijasida, turli tezliklarni tahlil qilib, erning ichki tuzilishi to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.
Seysmorazvedka usuli to‘lqinlarning kinematik holatini o‘rganishga, to‘lqin paydo bo‘lgan nuqtadan uni qabul qiluvchi qurilmagacha bo‘lgan masofadagi turli to‘lqinlar tarqalish vaqtini o‘lchashga asoslangan. Tuproqning juda kuchsiz harakatlari seysmotutqichlarda hosil qilingan elektrik tebranishlar, mahsus anchagina murakkab qurilmalarda (seysmostansiyalar) kuchaytiriladi va seysmogrammalarda hamda magnitogrammalarda avtomatik ravishda o‘z ifodasini topadi.
Seysmorazvedkada ikkita asosiy usul mavjud: qaytgan to‘lqin usuli (QTU-MOV) va singan to‘lqin usuli (STU-MPV). Boshqa to‘lqinlarni o‘rganish usullari amaliyotda kam qo‘llaniladi.
Keng maydonlardagi o‘ta murakkab vazifalarni echishda to‘lqinlarni paydo bo‘lishidan to qabul qilinishigacha, geologik kesimlarni yuqori aniqlikdagi geometrik holatini belgilash bo‘yicha ko‘p marta o‘lchash, ma’lumotlarni qayta olish va ularni EHMlarda hisoblab chiqishni taqozo etadi. Ularni tahlil qilish natijasida seysmogeologik chegaralarning joylashgan chuqurligini, ularning yotishini, cho‘zilishini, to‘lqinlarni tezligini aniqlash mumkin, geologik ma’lumotlar asosida esa, aniqlangan chegaralarning geologik tabiatini belgilash mumkin.
Turli vazifalarni hal qilish bo‘yicha seysmorazvedka chuqurlik, strukturali, neftgazli, ma’danli va muhandisli turlariga bo‘linadi. Qanday sathda tadbiq qilinishi bo‘yicha seysmorazvedkaning Er yuzidagi, akvatorial (dengiz), Er ostidagi (burg‘i quduqlarda) turlari mavjud. Elastik to‘lqinning tebranish chastotasiga qarab yuqori chastotali (100 gs dan katta), o‘rta chastotali( bir necha o‘n gs ) va past chastotali ( 10 gs dan kichik ) seysmorazvedka turlariga ajratiladi. Elastik to‘lqinning chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shunchalik tez so‘nadi va kichik chuqurlikni qamrab oladi.
Seysmorazvedka – geofizik usullari ichida juda muhim va ko‘p holatlarda juda aniq (qo‘l mehnat talab qilsada) usullardan biridir. Turli geologik muammolarni echishda seysmorazvedka bir necha metrdan ( jinslarni fizik-mexanik xususiyatini o‘rganishda) bir necha o‘n, hatto yuz kilometrlargacha (Er qobig‘ini va yuqori mantiyani o‘rganishda) chuqurlikni qamrab oladi.
Seysmorazvedka 20-asrning 20-yillarida seysmologiyaning (zilzilani o‘rganuvchi fanning) bir bo‘limi sifatida yuzaga keldi. 1923-1925 yillarda seysmorazvedka Rossiyada turli geologik jumboqlarni echishda, ayniqsa neft geologiyasida keng qo‘llanila boshlandi. Hozirgi vaqtda butun geofizik usullarning to‘rtdan bir qismi seysmorazvedkaga to‘g‘ri keladi.


Download 152.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling