74 – rasm. Seysmogrammaning umumiy ko‘rinishi: t1. t2, t3 – to‘lqinlarning o‘xshash fazalari qatori.
Seysmorazvedka stansiyalari va qurilmalarining tuzilish prinsiplari.
Geologik masalalarni hal qilishda turli seysmik stansiyalar qo‘llaniladi. Stansiyadagi vositalar soni, ya’ni seysmopriyomniklar, kuchaytirgichlar, galvanometrlar va qayd qilishdagi magnitli boshchalar va h.z. miqdori har xil bo‘ladi.
Seysmik qurilmalar. Unchalik chuqur bo‘lmagan joylarni o‘rganishda bitta vositali seysmik qurilmalar ishlatiladi. Bunday qurilmada qayd qilishni elektron-nur trubkali ossillograf bajaradi. Elastik to‘lqin paydo bo‘lishi bilan ekranda elektron-nur chapdan o‘ngga doimiy tezlik bilan harakat qiladi. Vertikal qiyaligidagi yuzaga kuchaytirgichdan signal yuboriladi.
Ekrandagi signalni trubka orqali kuzatib (yoki suratga olib) to‘lqin kelish vaqtini aniqlash mumkin.
Jinslardagi elastik hususiyatlarni o‘rganish ham xuddi shunga o‘xshash qurilmalarda bajariladi. Jinslar alohida tog‘ inshootlarida: shurflar, shpurlar, quduqlarning o‘zida va ular orasidan tovush o‘tkazish yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Buning uchun turli ultratovush asboblari va qurilmalari qo‘llaniladi.
Seysmik stansiyalar. Raqamli va analogli (o‘xshash) ko‘p kanalli seysmik stansiyalar – bu avtomashinalar, kemalar va boshqa harakatdagi transportlarga o‘rnatilgan murakkab elektron qurilmalardir. Seysmostansiyalarni elektr toki bilan ta’minlash akkumulyator batareyalari yordamida amalga oshiriladi.
Zamonaviy raqamli seysmostansiyalar maxsus kompyuterlar bilan juda ko‘p o‘xshash vositalar (24 dan – 1000 gacha) majmuasidan iborat. Ular tasvirlovchi, seysmopriyomniklar, qayd qiluvchi bloklardan tashkil topgan. Qayd qiluvchi blok quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) stansiyadagi vositalar soniga ko‘p filtrli kuchaytirgichlar majmuasi; b) signallar amplitudasini ma’lum oraliq vaqtlarida aniqlaydigan vositalar kommutatori (multipleksor); v) signallarni raqamli shkalaga aylantirish uchun analog-kodlar; g) magnitli tasmaga raqamli signallarni qayd qiluvchi magnitli registrator; d) ossillografda signallarni ko‘rsatish uchun kod-analog o‘zgartirgich; e) ta’minlovchi blok; z) o‘lchov-nazorat qurilmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |