Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар
Dala seysmorazvedkasining kuzatish
Download 152.03 Kb.
|
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар-fayllar.org
Dala seysmorazvedkasining kuzatish
uslubi va tizimlari. Dala seysmorazvedka usulining umumiy ta’rifi. Dala seysmorazvedkaning uslubi deb to‘lqin hosil qilish yo‘llari, turi, asbobi, kuzatish tizimi, dala ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish, shuningdek boshqa masalalarni hal qilish tushiniladi. Seysmorazvedka xillari. Tadqiq qilinayotgan maydondagi geologik vazifalarni mukammal o‘rganish maqsadida seysmorazvedkaning: hududiy (regional), qidiruv va mukammal(mufassal) xillari qo‘llaniladi. Har bir seysmorazvedka xili kuzatish tizmining zichligi, tasvirlash masshtabi va profillarda kuzatish tizimi bilan farqlanadi. Geologik vazifalarni oqilona hal qilishda seysmorazvedkaning hamma xillarida qo‘yilgan tavsiyalarga e’tibor berish lozim: 1) ishni tadqiq qilinayotgan maydondagi profillar tizimi yoki alohida profillarda o‘tkazish; 2) profillar yo‘nalishini mumkin qadar burmalar yo‘nalishiga nisbatan perpendikulyar holatda olish; 3) tadqiqod olib borilayotgan joylar seysmik stansiyalarni qo‘lda yoki avtomashinada olib yurishga qulay bo‘lishi lozim; 4) qaytaruvchi yoki sindiruvchi chegaralar kuzatilishi uzluksiz bo‘lishi shart; 5) tadqiqot maydonida seysmik chegaralarni geologik chegaralar bilan bog‘lovchi tayanch-parma quduqlari bo‘lishi zarur. 1. Hududiy seysmorazvedka ishlari mayda masshtabli va rekognossirovkali bo‘ladi. Ular alohida profillar, marshrutlar, geotraverslar bo‘yicha olib boriladi. SHu bilan birga bunday ishlarning yo‘nalishi tektonik burmalar yo‘nalishiga ko‘ndalang bo‘lishi kerak. Ko‘pincha, profilning qulay oraliqlarda seysmozondlash olib boriladi. Bunday ishlar qaytgan to‘lqin va singan to‘lqin usullari bilan olib boriladi. Hududiy seysmik kuzatishlar natijasida seysmik kesimlar tuzilib, keyinchalik mukammal o‘rganish uchun istiqbolli maydonlar belgilanadi. 2. Qidiruv seysmorazvedka ishlari, asosan, rekognossirovkali bo‘lib, ba’zan marshrutli va maydon bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Ular ayrim foydali qazilma konlarni qidirishda, burmalarni tekshirishda xizmat qiladi. Bunday ishlar bir-biridan 3-10 km oraliqda bo‘lgan profillarda olib boriladi. Profillar oralig‘i, tuzilmalar uzunligidan 2-3 marta kichik bo‘lishi mumkin. Profillarni albatta tuzilma yo‘nalishiga ko‘ndalang olinadi, lekin burma yo‘nalishi aniqlangandan so‘ng bo‘ylama profillar ham qo‘yilib, burmaning yotish elementlari aniqlanadi. Seysmik profillashda, asosan qaytgan to‘lqin usuli qo‘llaniladi. Bunda butun profil bo‘yicha chegara uzluksiz kuzatilishi kerak yoki seysmozondlashda profilning ayrim maydonlarida chegaralar aniq bo‘lishi lozim. Qidiruv ishlari natijasida burma rasmlari va kesimlar tuziladi. Bu materiallar boshqa geofizik ma’lumotlar bilan birga mukammal razvedka ishlari o‘tkazish uchun bosh manbaa hisoblanadi. 3. Mukammal maydonli seysmorazvedkalar ayrim burmalardagi neft va gazlarni qazib olishda aniq tadqiqot ishlari olib borishga mo‘ljallangan. Profillar burma yo‘nalishiga ko‘ndalang va bo‘ylama bo‘lishi mumkin. CHo‘ziqroq burmalarda profillar orasi bir necha marta burma o‘lchamidan kichik bo‘ladi. Izometrik burmalar kvadratli profillar tizimi yoki maydon bo‘yicha tasvirlash asosida o‘rganiladi. Seysmorazvedkaning bu xili asosan qaytgan to‘lqinlarni maydonli profillash, ba’zan singan to‘lqin usuli yordamida olib boriladi. Bunda kuzatish tizimi shunday tanlanishi kerakki, qaytish va sinish chegaralari ko‘p marta uzluksiz kuzatilishi shart. Seysmorazvedka ishlari natijasida bir yoki bir qancha seysmik chegaralar bo‘yicha tuzilmali xaritalari va seysmik kesimlar tuziladi. Qaytgan va singan to‘lqin usullarining qiyosiy ta’rifi. Seysmorazvedkaning asosiy usuli - qaytgan to‘lqin usuli bo‘lib, kamroq holatlarda singan, refragen va o‘tuvchi to‘lqin usullari qo‘llaniladi. Ularning qiyosiy tavsifi 6-jadvalda keltirilgan . Bunday vositalar cho‘kindi tog‘ jinslari kesimini va tuzilmalarni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu neft-gaz qopqonlarni qidirishning asosiy usulidir. Singan to‘lqin usuli esa, chuqur seysmik tadqiqotlariga kirib, poydevor tuzilishi, chuqurligi, ma’dan konlarini o‘rganishda ishlatiladi. Muhandis-gidrogeologik tadqiqotlarda ham singan to‘lqin usuli qaytgan to‘lqin usuliga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Qaytgan to‘lqinlar deyarli hamma litologik chegaralarda, akustik qattiqligi (σV) 10% dan ( chuqurlik oshishi va kamayishida) o‘zgargan joylarda hosil bo‘ladi. Bosh singan to‘lqin hosil bo‘lishi uchun chuqurlik bo‘yicha tezlik oshishi shart. Qaytgan to‘lqinlar qo‘zg‘atish punkti atrofida kuchliroq bo‘ladi. Bosh singan to‘lqinlar to‘lqin hosil bo‘lgan joyidan uzoqda va sinish chegaralari atrofida tarqaladi. Bu kuzatish tizimini tashkil etadi, ya’ni qaytgan to‘lqin usulida seysmopriyomniklar to‘lqin paydo qilish punkti atrofida, singan to‘lqin usulida esa, undan uzoqda (loyihadigi chuqurlikdan uzoqroq) joylashadi. Refragenlashgan to‘lqinlar tabiati bosh singan to‘lqinlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Ammo, turli to‘lqin qo‘zg‘atish punktlaridan olingan, qatlamli muhitdagi quvlab etuvchi godograflari refragen to‘lqinlarga to‘g‘ri kelganda, bir kuzatuv oralig‘ida parallel bo‘lmaydi, bosh singan to‘lqinlarga esa, parallel bo‘ladi. To‘g‘ri (o‘tuvchi) to‘lqinlar ayrim quduqlardagi seysmik, akustik, ultratovushli tadqiqotlarda foydalaniladi. Bunda to‘lqin manbai va seysmopriyomniklar quduqlarda har xil chuqurlikda yoki boshqa tog‘-kon inshootlariga o‘rnatilib, shu inshootlardagi yoki ularning atrofidagi elastik to‘lqinlar tebranishining er yuzasida o‘lchaniladi. Download 152.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling