Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


YAdroviy nurlanishni o‘lchash asboblari


Download 1.98 Mb.
bet18/21
Sana05.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1168429
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)

YAdroviy nurlanishni o‘lchash asboblari
Tog‘ jinslarining radioaktivligini o‘lchashga ishlatiladigan asboblar ikkita qismdan iborat bo‘ladi; nurlanish detektori va o‘lchash qurilmasi.
Detektorlarning sezgir elementlari gaz bilan to‘ldirilgan va ssintillyasion schyotchiklardan iborat.
Gaz bilan to‘ldirilgan schyotchik (ionlashtiruvchi kamera, Geyger - Myuller schyotchiki) radioaktiv nurlanish ta’sirida gazni ionlashtirishga asoslangan. Gaz mahsus kamerada joylashadi. Ichida (1) elektrod o‘rnatilgan bo‘ladi. Unga (+) musbat qutb ulanadi (anod); korpusga (2) (-) manfiy qutb ulanadi (katod). Agar, schyotchikka radioaktiv nurlanish o‘tib tushsa, unda gaz ionlashadi va schyotchikning chiqishida elektr toki hosil bo‘ladi. (Rasm 81b,82).
S sintillyasion schyotchik – bir xil moddalarning radioaktiv nurlanish ta’sirida lyuminessensiyalashiga (kuchsiz chiroq nurini, ya’ni chiroq kvantini hosil qilishiga) asoslangan. Bu moddalar lyuminaforlar yoki ssintillyatorlar deb ataladi. Kuchsiz chiroq kvant nurini kuchaytirish va qayd qilish uchun fotoelektron kupaytirgich (FEU) ishlatiladi. (Rasm 83)
Lyuminofor sifatida yodli natriy NaJ monokristallari ishlatiladi (yoki talliy qo‘shilgan yodli seziy CsJ).
FEU - fotokatodni va elektron kuchaytirgichni birlashtiradi. Ssintillyatorda hosil bo‘lgan chiroq nuri fotokatodga tushadi va undan elektron uzib chiqaradi. Dinodlarga berilgan har xil elektr kuchlanish ta’sirida elektronlar dinodlardan ham uzilib ko‘payadi. Natijada elektronlar kuchayib anodga tushadi. FEU ning kuchaytirish koeffitsenti 105-106 gacha bo‘ladi.
Dalada ishlatadigan radiometr (RPP, SRP va boshqa) ssintillyasion schyotchik asosida ishlaydi.
Tabiiy radioaktivlikni o‘rganuvchi usullar.

Bu usullar radiometrik usullar deb ataladi va unga quyidagilar kiradi:


1. Gamma – xaritalash ( -s’yomka).
2. Emanatsion – xaritalash (emanatsion - s’yomka).
Gamma – xaritalash
Gamma – xaritalashda barcha tabiiy radioaktiv elementlarning va tog‘ jinslarining umumiy radioaktivligi o‘rganiladi. - xaritalash Er yuzasida, geologik qazilmalarda va quduqlarda olib boriladi. Dala - xaritalash samolyotlar, avtomobillar yordamida va piyoda o‘tkaziladi.
Aerogamma xaritalash - kichik vaqt davomida (tez) katta maydonlarning radioaktivligini o‘rganishda qo‘llanadi. Aerogamma xaritalash natijalarini regional (hududiy) geologik xaritalashda ishlatish mumkin. Samolyotlar tezligi 100 dan 200 km/soat gacha, N=100-25m. Marshrutlar orasidagi masofa masshtabga bog‘liq, gacha bo‘ladi.
Er ustki qidiruv ishlari. - xaritalash – radioaktiv ma’danlarni qidirish va har xil tog‘ jinslarining radioaktivligini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Ishlar alohida profillar yoki maydon bo‘yicha olib boriladi. Avtoxaritalash – avtomobil yordamida o‘tkaziladi. Gamma – xaritalash asosan piyoda o‘tkaziladi. Xaritalash natijasida profillar bo‘yicha grafiklar (gorizantal o‘qi bo‘yicha - masofa, vertikal o‘qi bo‘yicha - nurlanish keskinligi belgilanadi) yoki geologiya asosida xaritalar (maydon bo‘yicha) tuziladi.
Piyoda - xaritalash – qidiruv ishlarida dala radiometrining gilzasi Er yuzasidan 5-10 sm balandlikda joylashib, operator harakat vaqtida jinslar radioaktiv fonini naushnik orqali eshitib boradi. Har 5 - 50m qadamdan so‘ng yoki fon anomal oshganda gilzani (o‘lchov detektori) erga joylashtirilib 0,5 - 1 daqiqa o‘z holiga qo‘yib maydon keskinligini asbob yordamida sanoq olinadi. Qoldiq (natural) fonni aniqlash uchun ertalab va kechqurun nazorat punktida (NP) asbob bilan sanoq (hisobot) olinadi. Qoldiq fonni aniqlash uchun chuqurligi 2m, eni 10m ga teng bo‘lgan suv havzasi ustida o‘lchov olib boriladi yoki kvarsli qum va ohaktosh ustida o‘lchov o‘tkaziladi. Anomaliya quyidagi ifoda bilan aniqlanadi . - xaritalashning o‘lchov chuqurligi 1-2m.
Emanatsion xaritalash. Tuproq havosidagi emanatsiyalar deb atalgan radioktiv gazlar (rodon, toron) konsentratsiyasini o‘lchashga asoslangan. CHuqurligi 0.8 -1 m ga teng bo‘lgan shpurlarga mahsus zond joylashtirilib jinslardagi havo nasos yordamida emanometr nomli asbobning kamerasiga chiqariladi. Kameraning devorlari ssintillargan modda ( ) bilan qoplangan. α – zarrachalar ta’sirida chiroq nurlari hosil bo‘ladi va ular fotoelektron kuchaytirgich (FEU) yordamida qayd qilinadi. Signalning amplitudasi α – nurlantiruvchi izotopning konsentratsiyasiga proporsional.
Xaritalash natijasini xarita yoki bekkerel/m3 birligidagi emanatsiyalarni konsentratsiyasi grafiklari plani ko‘rinishida tasvirlanadi.
Xaritalash chuqurligi γ – xaritalashga nisbatan kattaroq. Emanatsiyalar manbalardan 5 – 10 m gacha masofaga migratsiya qiladi.
Bo‘shoq jinslar suvlanganligi va ularda emanatsiyalarni tarqatilishiga to‘siq bo‘lgan yupqa gilli qatlamlar borligi emanatsion xaritalash ishlariga noqulay omillar hisoblangani uchun qo‘llanish sohalari chegaralanadi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling