Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Quduqlarda geofizikaviy tadqiqotlar (QGT) o‘tkazish sharoitlari


Download 1.98 Mb.
bet20/21
Sana05.02.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1168429
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
GEOFIZIKA NAMUNAVIY (1)

Quduqlarda geofizikaviy tadqiqotlar (QGT) o‘tkazish sharoitlari

QGT ( ruscha GIS) o‘tkazish jarayonida, o‘lchov natijalariga tog‘ jinslarining va burg‘ilash eritmalarining ta’siri katta bo‘ladi. Undan tashqari, burg‘ilash jarayonida quduqning diametri o‘zgaradi ( kamayadi yoki oshadi).


Ko‘pincha burg‘ilash jarayonida burg‘ilash eritmalari ishlatiladi. Ushbu burg‘ilash eritmalari gil zarralarining suvli aralashmasidan tayyorlanadi va shunday eritmalar gilli burg‘ilash eritmasi deb aytiladi. Burg‘ilash jarayonida quduqni ichidagi burg‘ilash eritmaning gidrostatik bosimi qatlam bosimidan yuqori bo‘lishi kerak. SHuning uchun g‘ovakli, singdiruvchan tog‘ jins – qatlamlarida burg‘ilash eritmaning filtrati qatlamga singib ketadi, gil, zarralarining bir qismi esa quduq devorida yopishib qoladi va ular (loy) gilli po‘stni tashkil etadi.
Burg‘ilash jarayonida quduq atrofidagi tog‘ jinslarda ikkita asosiy zona ajratiladi:

  1. Singish zonasi – bu burg‘ilash eritma filtratining jinslarga singib etib borgan joyi (sohasi);

  2. YUvilib ketgan zonasi – bu burg‘ilash eritmaning filtrati bilan tog‘ jinslarining to‘liq to‘yingan zonasi.

Burg‘ilash eritma filtratining va Er osti suvlarining elektr qarshiligi har xil bo‘lgani uchun, jinslarning qarshiligini orttiradigan va pasaytiradigan singish kuzatiladi.
Agar, singish zonasidagi elektr qarshilik, singish zonasidan tashqaridagi jinslarning qarshiligidan yuqori bo‘lsa, u holda burg‘ilash eritmasining filtrati, qatlamga orttiradigan singish deb hisoblanadi.
Agar, singish zonasidagi elektr qarshilik, singish zonasining tashqaridagi elektr qarshiligidan past bo‘lsa, unda burg‘ilash eritmasining filtrati, qatlamga pasaytiradigan singish deb hisoblanadi.
Elektrik karotaj usullari
Elektrik karotaj – bunda quduqlarda elektr usullari bilan tadqiqotlar o‘tkaziladi. Quduqlarda tabiiy elektr maydonlar (PS), undalgan potensiallar (VP), tuyuluvchi solishtirma qarshilik (KS) o‘lchanadi.
Elektrik karotaj o‘lchovlarini faqat quvurlar bilan mahkamlangan (quvursiz) quduqlarda o‘tkazish mumkin.
Elektr karotajning har xil usullarida har xil zondlar ishlatiladi. Zond quduqqa tushiriladi.
Eng oddiy zondda karotaj kabeliga bitta, ikkita yoki uchta qo‘rg‘oshindan ishlangan elektrodlar mahkamlangan bo‘ladi. Bunday zondlar burg‘ilash eritmasi yoki suv bilan to‘ldirilgan quduqlarda qo‘llanadi. Quriq quduqlarda sirg‘anuvchi elektrodlar ishlatiladi. Ularning har bittasi metallik cho‘tkadan iborat bo‘lib, tekis metallik prujina ustida izolyator oboymasiga mahkamlanadi. Bu prujinalar quduq devorlariga elektrodlarni siqib turadi.
O‘lchanayotgan potensiallar ayirmasi qayd etuvchining maxsus o‘zgartiruvchi mexanizmi bilan kompensatsiya qilinadi. Bu mexanizm diagramma tasmasi ustiga o‘rnatilgan yozgich (qalam) bilan ulangan. Kompensatsiya paytida qalam tasmaga ko‘ndalang, o‘lchangan kuchlanishga proporsional masofaga siljiydi. Tasma harakat qilganda potensiallar ayirmasining egri chizig‘ining chuqurlik bo‘yicha o‘zgarishi chiziladi.
Elektrik karotaj o‘tkazilganda ta’minovchi elektrodlarga past chastotali o‘zgaruvchan tok yuboriladi. Bunda bir vaqtda bir nechta parametrlarni yozish va halaqit etuvchi elektr signallarni so‘ndirishga imkon tug‘diriladi.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling