Амалий машулот б´йича дарс ´тиш
Download 7.13 Mb.
|
Ўткир аппендицит
Diagnostika. Qon va siydik tahlilini o‘tkazish o‘tkir appenditsit diagnostikasining ajralmas qismi hisoblanadi. Qon tarkibidagi leykotsitoz va leykoformulaning chapga siljishi kasallik alomatlari tasavvurini to‘ldiradi. Peshob tahlilidagi o‘zgarishlar esa siydik ajratish yo‘li a'zolari patologiyasi haqida ma'lumot beradi. Ammo appenditsitning destruktiv turlarida qon tahlilidagi o‘zgarishlar minimal bo‘lishi ham mumkin, peshobdagi patologik o‘zgarishlar esa ba'zan o‘tkir appenditsit alomatlaridan bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun laborator tekshiruvlar diagnoz va operatsiya masalasini uzil-kesil hal qilishda asosiy o‘rin tutadi deb qarash noto‘g‘ridir.
Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i rentgenoskopiyasi (zarur bo‘lsa rentgenografiya) differensial diagnostika o‘tkazish uchun zarur (o‘n ikki barmoqli ichak perforatsiyasida ikkala diafragma gumbazlari ostida erkin gaz hamda o‘tkir ichak tutilishida esa Kloyber kosachalarining namoyon bo‘lishi). UTT tekshiruvi ham appenditsit va uning asoratlari diagnostikasining muhim bo‘g‘ini hisoblanib, jigar, buyrak va kichik chanoq bo‘shlig‘i a'zolari kasalliklari bilan differensial diagnostika o‘tkazishda katta yordam beradi. Appendikulyar infiltratda esa uning abssesslanishini aniqlashga imkon beradi (Rasm 3). UTT kam informativ xolatida yoki gumonli bo‘lsa, shuningdek o‘simta atipik joylashganida (retrotsekal, retroperitoneal) MSKT o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Qorin bo‘shlig‘i MSKT o‘tkir appenditsit diagnozi qo‘yish qiyinchilik tug‘dirgan vaqtda eng aniq tekshiruv usuli hisoblanadi. Aniqlilik darajasi – 95% (100% – spiral tutamga ega MSKT bo‘lsa), o‘ziga xosligi – 95-99% bo‘lib 81-86% aniqlilik darajasiga ega UTT dan ustun turadi. MSKT, ayniqsa ortiqcha vaznga ega bemorlarda, periappendikulyar infiltrat yoki abssessga gumon qilinganida qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi (Rasm 4). Qorin bo‘shlig‘i MRT xomiladorlarda qo‘l keladi. MSKT dan farqli o‘laroq MRT da xomilador ayollar rentgen nuridan xoli bo‘ladi. Rasm 3. Destruktiv appenditsit UTT si: a) chuvalchangsimon o‘simta ko‘ndalang kesmasi; b) chuvalchangsimon o‘simta bo‘ylama kesmasi – o‘simta qalinlashgan, devor qavatlari ajralib qolgan. Rasm 4. Chuvalchangsimon o‘simta MSKT. Bemorlarning kasalxona qabulxonasida bo‘lishi 2 soatdan oshmasligi zarur. Agar ushbu vaqt davomida o‘tkir appenditsit inkor qilish imkoni bo‘lmasa, bemor jarrohlik bo‘limiga yotqizilishi kerak. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasiga ko‘ra klinik manzarasi noaniqligicha qolaversa hamda maxsus davolash usulini talab etadigan boshqa o‘tkir xirurgik kasallik aniqlanmasa klinik, laborator va instrumental tekshiruvlarni dinamikada kuzatuvi asosida bemorni dinamik nazoratga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Barcha gumonli xolatlarda, qachonki o‘tkir appenditsit inkor etish imkoni bo‘lmasa, davolash masalasi jarrohlik usuli foydasiga hal qilinadi. Shuningdek, o‘tkir appenditsit inkor etilishi murakkab bo‘lgan xolatlarda boshqa xirurgik kasalliklar bilan differensial diagnostika qilish maqsadida diagnostikaning yakuniy bosqichi sifatida diagnostik laparoskopiya o‘tkazilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. O‘tkir appenditsit tashhisi qo‘yilishi bilanoq imkoni boricha zudlik bilan operatsiya o‘tkazilinishi zarur (istisno tariqasida operatsiya xonasi yoki jarrohlarning boshqa shoshilinch jarrohlik amaliyotida band bo‘lishi hisoblanadi). Diagnostik laparoskopiyaga ko‘rsatma: 1. O‘tkir appenditsitga gumon qilinganida. 2. O‘tkir appenditsitning mavjudligi (laparoskopik appendektomiya bajarish maqsadida). Laparoskopiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lib: 1. Bir sutkadan ko‘p vaqt davomida kasallik mavjudligi. 2. Me'da-ichak trakti keskin parezi (qorin ichi bosimining 12 mm sim. ust. ko‘p bo‘lgan kompartment-sindromi). 3. Karboksiperitoneumga qarshi ko‘rsatma xolatlari. Download 7.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling