Амалий машулот б´йича дарс ´тиш
Download 7.13 Mb.
|
Ўткир аппендицит
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.3. Nazorat uchun savollar.
- 5.4. Nazorat uchun testlar.
1-masala
Bemor V. 22 yosh, o‘ng yonbosh sohasidagi og‘riqqa, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, og‘iz qurishiga shikoyat qilib keldi. Og‘riqlar kelishidan 10 soat oldin epigastral sohasidan boshlangan, keyinchalik o‘ng yonbosh sohasiga ko‘chgan. Ichi kelgan. Siydikda o‘zgarishlar yo‘q. Tana xarorati 37,4 °. 1. Birlamchi tashxis qo‘ying? 2. Ushbu kasallikda ob'ektiv qanday belgilarni aniqlashingiz mumkin? 3. Qanday laborator va instrumental tekshiruvlar o‘tkazish lozim? 4. Davolash taktikasi? 5. Amaliyotdan keyin qanday davo muolajalari olib boriladi? 6. Amaliyotdan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar? 2-masala Qabul bo‘limiga 52 yoshli bemor, kasallik boshlanishidan 2 sutka o‘tgach murojat qildi. Kasallik dastlab epigastral sohadagi og‘riqlar va bir marotaba qusish bilan boshlangan. Ichi kelmagan, og‘riq boshlangandan beri gazlar ajralmagan. Tekshiruvda qorinning o‘ng yarmida va qovuq usti sohalarida og‘riq, o‘ng yonbosh sohasida mushaklar tarangligi mavjud. Qorin biroz dam, o‘ng yonbosh sohasida peritoneal belgilar musbat. 1. Ushbu xolatda o‘tkir appenditsit bilan yana qanday o‘tkir xirurgik kasalliklarni taqqoslash zarur? 2. Siz taqqoslagan kasalliklar uchun xos 3-4 simptomlarini ayting? 3. Qanday labarator tekshiruvlar o‘tkazish zarur va ulardan qanday xulosa chiqarishimiz mumkin? 4. Noinvaziv qanday tekshiruvlar o‘tkazilishi mumkin va Siz sanab o‘tgan kasalliklar bilan taqqoslaganida qanday farqlar vujudga keladi? 5. Invaziv qanday tekshiruvlar o‘tkazish zarur? 6. Invaziv usullarning qanday ustunliklari va kamchiliklari mavjud? 3-masala 38 yoshli bemor, jarrohlik qabul bo‘limiga o‘ng yonbosh sohasidagi kuchsiz og‘riq va isitmaning 37,6 ºS gacha ko‘tarilishiga shikoyat qilib keldi. Anamnezidan: dastlab og‘riqlar 4 kun avval epigastral sohadan boshlanib, keyinchalik o‘ng yonbosh sohasiga ko‘chgan. Ob'ektiv: tili karash bilan qoplangan, qorin nafas aktida ishtirok etadi, yumshoq. Palpatsiyada o‘ng yonbosh sohasida yumaloq shakldagi xosila aniqlanadi. 1. Birlamchi tashhis? 2. Qaysi kasalliklar bilan differensial diagnostika qilish zarur? 3. Qanday labarator tekshiruvlar o‘tkazilishi zarur va kutilishi mumkin bo‘lgan natijalar? 4. Yakuniy tashhis qo‘yish uchun qanday instrumental tekshiruvlar zarur? 5. Qayd etilgan patologiyaga mos davo taktikasini ta'riflab bering? 6. Keyinchalik bemorga qanday davo choralarini qo‘llash zarur va qancha vaqtdan so‘ng? 5.3. Nazorat uchun savollar. Chuvalchangsimon o‘simtaning qanday joylashuv turlarini bilasiz? Chuvalchangsimon o‘simtaning qon bilan ta'minlanishi va venoz tizimi qanday? O‘tkir appenditsitning asosiy morfologik formalari? O‘tkir appenditsitning V.I. Kolesov bo‘yicha klassifikatsiyasi? Ichak sanchig‘i nima? O‘tkir appenditsitning destruktivnыx formalarining bir-biridan farqi (flegmonoz, ganrenoz, perforativ)? O‘tkir appenditsitning asoratlarini sanab bering? O‘tkir appenditsitning xos klinik belgilari qanday? O‘tkir destruktiv appenditsitda 5 ta eng ko‘p aniqlanadigan simptomlari? Appendikulyar infiltratga xos klinik belgilarga ta'rif bering? Appendikulyar infiltratning abssessga o‘tishida kuzatiladigan klinik belgilarni sanang? Pileflebit nima? O‘tkir appenditsit ko‘proq qaysi kasalliklar bilan qiyosiy tashxislanadi? O‘tkir appenditsitning yosh bolalar va qariyalarda kechishining o‘ziga xosligi? O‘tkir appenditsit va o‘tkir miokard infarktini qiyosiy tashxislang (o‘xshash va farqli tomonlari)? O‘tkir appenditsit va bachadondan tashqari xomiladorlikni qiyosiy tashxislang (o‘xshash va farqli tomonlari)? Chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltog‘i chok yetishmovchiligida xirurgik taktika? O‘tkir appenditsitning operativ (an'anaviy) davosi? Laparoskopik appendektomiyaning turlari? Amaliyotdan keyingi asoratlar? 5.4. Nazorat uchun testlar. 1. O‘tkir appenditsitning morfologik turlarini sanab o‘ting: Download 7.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling