Chuvalchangsimon o‘simta cho‘ltog‘i chok yetishmovchiligi appendektomiyadan keyingi birinchi soat va kunlari, aksariyat 6-9-kunlarida yuz berishi mumkin. Ushbu asorat appenditsitning destruktiv shakllaridan so‘ng rivojlanib, ayniqsa jarayon nafaqat chuvalchangsimon o‘simtada, balki ko‘richak gumbaziga ham tarqalgan (tiflit) bo‘lib, o‘simta cho‘ltog‘ini cho‘ktirib tikish qiyinchilik tug‘diradi. Klinik belgilaridan o‘ng yonbosh sohasidagi kuchayib boruvchi va asta-sekin qorinning boshqa sohalariga tarqaluvchi og‘rik, ichaklar parezi, peritoneal belgilarning namoyon bo‘lishi, intoksikatsiya paydo bo‘lishi, leykotsitoz va leykoformulaning chapga siljishidir. O‘rnatilgan drenaj naychadan odatda o‘ziga xos hidga ega najasli ajralma ajralib chiqadi. UTT da ko‘richak atrofida erkin suyuqliq aniqlanadi. Ushbu asorat yuzaga kelishi bilan tez orada najasli peritonit rivojlanadi. Bu xolat zudlik bilan qayta operatsiya qilishni talab etadi.
5. Amaliy qism
5.1. Amaliy ko‘nikma
O‘tkir appenditsit simptomlarini aniqlash (Rovzing, Sitkovskiy).
Maqsad: chuvalchangsimon o‘simta yallig‘lanishini tashxislash.
Ko‘rsatma: o‘ng yonbosh sohasidagi og‘riqlar.
Kerakli anjomlar: yorug‘ xona, kushetka.
Bajariladigan bosqichlar:
№
|
Bosqichlar
|
Bajarmadi
|
To‘liq to‘g‘ri bajardi
|
1
|
Bemor xolati. Bemor chalqanchasiga yotgan xolatida (Rovzing va Sitkovskiy) simptomlari aniqlanadi.
|
0
|
10
|
2
|
Talaba bemorning o‘ng tomonidan yaqin keladi.
|
0
|
10
|
3
|
Talaba bemorning qorin old devoriga qo‘lini qo‘yadi.
|
0
|
10
|
4
|
O‘ng qo‘l bilan chap yonbosh sohasida sigmasimon ichakni bosib turib, chap qo‘l barmoqlari yordamida siltalovchi harakatni sodir qilish.
|
0
|
20
|
5
|
Rovzing simptomini baholash.
|
0
|
10
|
6
|
Talaba bemordan chap yonboshiga yonboshlashini so‘raydi
|
0
|
10
|
7
|
O‘ng yonbosh sohasida og‘riqning kuchayishini kuzatadi.
|
0
|
20
|
8
|
Sitkovskiy simptomini baholash.
|
0
|
10
|
|
Jami:
|
0
|
100
|
5.2. Vaziyatli masalallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |