Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Download 7.13 Mb.
bet11/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Davolash
O‘tkir appenditsit diagnozi qo‘yilishi jarrohlik amaliyotiga ko‘rsatma bo‘lib hisoblanadi va u shoshilinch ravishda o‘tkaziladi. Operatsiyaga birdan-bir mone'lik qiladigan xolat bu - appendikulyar infiltrat hisoblanib konservativ yo‘l bilan davolanadi. O‘tkir appenditsitning asoratlanmagan turlarini operatsiya qilishda odatda umumiy og‘riqsizlantirish yoki ba'zan qat'iy ko‘rsatmalarga binoan (umumiy og‘riqsizlantirish havfi yuqori bo‘lganda, hamroh kasalliklar, narkoz vositalariga allergik reaksiya mavjud xolatlar) mahalliy og‘riqsizlantirish (A.V.Vishnevskiy usuli bo‘yicha infiltratsion anesteziya) qo‘llaniladi. Asoratlangan turlarida esa miorelaksantlar yordamida umumiy endoraxeal narkoz yoki og‘riqsizlantirishning boshqa turlaridan foydalaniladi.
O‘tkir appenditsitda yallig‘langan chuvalchangsimon o‘simtani olib tashlash uchun qulay kesma bo‘lib Mak-Burney yoki Dyakonov-Volkovich­ kesmasi hisoblanadi. Bu kesma o‘ng yonbosh sohasida kindik va yonbosh suyagining old yuqori o‘sig‘i orasida o‘tkazilgan chiziqning tashqi va o‘rta uchliklari tutashgan nuqta (Mak-Burney nuqtasi) sidan dastlabki chiziqqa nisbatan perpindikulyar kesma o‘tkazilinib, qorin bo‘shlig‘i ochiladi. Ko‘ri­chak gumbazi chuvalchangsimon o‘simta bilan birga jarohat soqasiga chiqariladi. Yallig‘langan chuvalchangsimon o‘simtanining tutqichi (tarkibidagi o‘simta arteriya va venasi bilan) tikib bog‘lab kesiladi. Chuvalchangsimon o‘simta asosidan bog‘lanib, kesib olib tashlanadi. Uning cho‘ltog‘ini kiset va Z-simon choklar qo‘yish orqali ko‘richak gumbazi tubiga cho‘ktiriladi. Gemostaz sinchiklab tekshirilgach, jarohatga qavatma-qavat chok­lar qo‘yiladi. Appendikulyar etiologiyali tarqalgan yiringli peritonit asorati yuzaga kelganda, uni davolashning umumiy qoidalari bo‘yicha taktika qo‘llaniladi: avvalo peritonit manbai bartaraf etiladi (appendektomiya), keyin qorin bo‘shlig‘i yaxshilab tozalanadi (sanatsiya) va antiseptik eritmalar bilan yuviladi (lavaj) va operatsiyadan keyingi davrda qorin bo‘shlig‘ini muntazam yuvish imkoniyatini beruvchi usul bo‘yicha drenajlar qo‘yiladi. Shu jumladan, ichak parezini oldini olish maqsadida ingichka ichak tutqichining blokadasi (novokain yuborish) va ichak dekompressiyasi o‘tkazish uchun ingichka ichakni nazoenteral intubatsiyasi qo‘llaniladi.
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarda antibakterial, og‘riq qoldiruvchi davo o‘tkaziladi, peritonit bilan asoratlangan appenditsitda qo‘shimcha gomeostazning buzilishlarini korreksiya qilishga qaratilgan kompleks davolash muolajalarini o‘tkazish, peritoneal dializ yoki lavaj, ichak dekompressiyasi va ko‘rsatma bo‘yicha enteral zond orqali ozuqalantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kasallik o‘tkir peritonitning tarqalgan turlari bilan asoratlanganda, to‘liq taftish qilishga imkon beradigan o‘rta-o‘rta laparotomiya kesmasi qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda jarrohlik amaliyotlariga yangi zamonaviy texnologiyalar joriy qilinib, kam invaziv usul hamda uslublar shiddat bilan rivojlanmoqda. Jarrohlik amaliyotida ularni qo‘llash, nafaqat operatsiyalar jarayonida yuzaga keladigan jarohat ko‘lamini kamaytirishga, balki uning samaradorligini oshirishga va asoratlar sonini keskin kamaytirishga olib kelmoqda. O‘tkir appenditsit ham bundan mustasno emas. Bugungi kunda ushbu patologiyada laparoskopik appendektomiya keng qo‘llanilib kelmoqda (rasm 5).



Rasm 5. Laparoskopik appendektomiya turlari (Endo GIA steplerini o‘rnatish, Rouder sirtmog‘ini qo‘llab bog‘lash va qisqich klipsa qo‘llash turlari).



Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling