Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Laparoskopiya vaqtida appendektomiyaga ko‘rsatmani aniqlash


Download 7.13 Mb.
bet9/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Laparoskopiya vaqtida appendektomiyaga ko‘rsatmani aniqlash. Chuvalchangsimon o‘simtani ko‘rganda uning destruktiv yoki nodestruktiv appenditsit turlari va uni olib tashlashga ko‘rsatma bor-yo‘qligini aniqlash masalasi yuzaga chiqadi. O‘tkir appenditsitning destruktiv shakli makroskopik belgilari bo‘lib: o‘simta diametrining kattalashishi va uning qattiqligi, giperemiya yoki to‘q qizil rangda bo‘lishi, fibrin bilan qoplanganligi, o‘simta perforatsiyasi. Agar boshqa destruktiv o‘zgarishlarsiz faqatgina o‘simta seroz qoplami tomirlari bo‘rtib turishi kuzatilsa, uning rigidligini aniqlashning birdan-bir yo‘li bo‘lib o‘simta asbob yordamida palpatsiya qilish yoki uni osib ko‘tarish sanaladi. Chuvalchangsimon o‘simta asbob o‘qidan osilib turmasa «Kriger sinamasi - musbat», va bu xol flegmonoz appenditsit deb baholanib, appendektomiya bajarishga ko‘rsatma hisoblanadi. Agar o‘simta asbob o‘qidan osilib tursa «Kriger sinamasi - manfiy» deb baholanib, appendektomiyadan tiyilinadi va qorin, kichik chanoq bo‘shlig‘i a'zolari, ingichka ichak tutqichi limfa tugunlari reviziyasi bajariladi. Destruktiv appenditsit aniqlanishi bilan diagnostik laparoskopiya laparoskopik appendektomiya amaliyotga o‘zgartirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ko‘pchilik bemorlarda o‘tkir appenditsit diagnostikasi unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Faqat barcha tekshiruv natijalari xulosalarini inobatga olishni unutmaslik zarur. Ammo ba'zi xollarda o‘tkir appenditsit differensial diagnostikasi, ayniqsa, ayollarda qiyinchilik tug‘diradi. G. Mondor so‘zlariga e'tibor bering: «Yaxshi shifokor qorin parda tomonidan eng kuchsiz namoyon bo‘lgan belgilariga qarab turib qorin parda tomonidan bo‘layotgan havfni, uning aniq joylashuvini hamda to‘g‘ri nomini ayta olishi kerak». Bu, albatta to‘g‘ri, ammo buni har doim ham bajara olish imkoniyati yo‘q. Eng to‘g‘ri tamoyil esa quyidagicha: qorin bo‘shlig‘ida mavjud kasallik havfi bo‘lib diagnoz qo‘yish murakkab bo‘lib turgan vaqtda har doim ham ushbu havfni sababini aniqlashga urinaverish to‘g‘ri hisoblanmaydi. Bunday paytda qorin bo‘shlig‘ini ochish va peritonit sababini ham birgalikda bartaraf etish zarur bo‘ladi.

Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling