Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Download 7.13 Mb.
bet5/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Klassifikatsiyasi. Murakkab va turlicha klinik ko‘rinishga hamda qator patologoanatomik o‘zgarishlarga ega kasallikni bir tizimga solish qiyin. Appenditsitning juda ko‘plab klassifikatsiyalari taklif qilingan, ammo ularning hyech birini to‘laqonli deyish qiyin.
Bugungi kunga kelib appenditsitning asosiy shakllarini aks ettiruvchi, operatsiya, operatsiya oldi tayyorgarligi va operatsiyadan keyingi davolash hususiyatlarini aniqlash imkonini beruvchi quyidagi V.I.Kolesov (1972) klassifikatsiya qo‘llanib kelinmoqda.
O‘tkir appenditsit quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
1. Appendikulyar sanchiq.
2. Oddiy (yuzaki, kataral) appenditsit.
3. Destruktiv appenditsit:
a) flegmonoz;
b) gangrenoz;
v) gangrenoz-perforativ;
4. Asoratlangan appenditsit:
a) appendikulyar infiltrat;
b) appendikulyar abssess;
v) tarqalgan yiringli peritonit;
g) pileflebit (ichak tutqich venalari septik tromboflebiti);
d) sepsis.
Etiologiyasi va patogenezi.
O‘tkir appenditsit etiologiyasi va patogenezi masalasida ko‘plab noaniqliklarni uchratish mumkin. Ammo shu narsa aniqki, o‘tkir appenditsit – bu chuvalchangsimon o‘simtaning nospetsifik yallig‘lanishi bo‘lib, inson va mikrob organizmlari o‘rtasidagi biologik muvofiqlikning o‘zgarishi natijasida rivojlanadi. O‘tkir appenditsit qo‘zg‘atuvchilari turlicha: stafilakokk, ichak tayoqchasi, aralash va anaerob mikroflora bo‘lishi mumkin. Xozirgi kunda qator savollar ochiqligicha qolmoqda. Masalan, nega ba'zi bir odamlar u bilan kasallanadi, ba'zilari esa yo‘q, ba'zi odamlarda uning destruktiv shakllari tez rivojlanadi, ba'zilarda esa bir necha kun davomida kataral yallig‘lanishni kuzatish mumkin? Yoki, boshqacha qilib aytganda, appenditsit sababi va uning genezini aniqlab beruvchi omili nima hisoblanadi? Bu savollarni tushuntirib berish uchun bir necha nazariyalar ilgari suriladi: dimlanish, gijja invaziyasi, angionevrotik, infeksion, kortiko-visseral nazariyalar mavjud bo‘lib, ular yordamida o‘tkir appendsit kelib chiqishini angina bilan yoki baugin to‘sig‘i funksiyasi buzilishi va h.k. lar bilan bog‘laydilar. O‘tkir appenditsitda yallig‘lanish jarayoniga olib keluvchi bo‘lib allergik omilning asosiy omil sifatida ko‘rsatilishi degan fikrlar ham ilgari surilmoqda. Allergik nazariya appenditsit etiologiyasini ko‘proq yoritsa, uning patogenezini esa neyrogen, qon tomir hamda infeksion nazariyalar yoritib beradi deb hisoblaydilar. Ammo bularning hyech biri o‘tkir appenditsit etiologiyasi va patogenezini uzil-kesil tushuntirib bera olmaydi. Har bir nazariya o‘tkir appenditsit kelib chiqishining ba'zi bir tomonlarini tushuntirib beradi xolos (Rasm 2).

Rasm 2. Normal holdagi va destruktiv o‘zgargan chuvalchangsimon o‘simta.



Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling