Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Download 7.13 Mb.
bet6/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Patologik anatomiyasi. O‘tkir appenditsitda patologik jarayonning rivojlanishi nafaqat chuvalchangsimon o‘simtada, balki qorin bo‘shlig‘i a'zolarining barchasida o‘z aksini topishi mumkin. Patologik o‘zgarishlarning ko‘lami keng: kataral appenditsitdagi chuvalchangsimon o‘simta seroz qavatining biroz giperemiyasidan tortib tarqalgan yiringli peritonit yoki pieleflebitga qadar davom etishi mumkin. Bunda yiringli jaryonga qorin bo‘shlig‘i a'zolarining barchasi qo‘shilib, hayotiy muhim a'zolarda almashinuv jarayonlarining hamda anatomo-funksional chuqur buzilishlariga olib keladi.
Oddiy appenditsitda parietal qorin parda odatiy rangda bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik bo‘lmaydi yoki biroz bo‘lib u hidsiz bo‘ladi. Ko‘richakda va charvida o‘zgarish ko‘rinmaydi yoki seroz qavati biroz qizargan bo‘ladi. Patologik o‘zgarishlar faqat chuvalchangsimon o‘simtaning o‘zidagina jamlangan: seroz qavati butun o‘simta bo‘ylab yoki qisman qizargan, o‘simtaning o‘zi qattiqlashgan, biroz shishganligini kuzatish mumkin.
Shilliq qavatida ham o‘zgarishlar to‘liq yoki qisman: qizargan va shishgan bo‘ladi. Mikrosopik tekshiruvlar leykotsitar infiltratsiyani va fibrin bilan qoplangan shilliq qavat defektini ko‘rsatishi mumkin. Ko‘p xollarda o‘simta tutqichi o‘zgarmagan, ammo ba'zan shish va qizarishni kuzatiladi.
Ko‘proq kuchli bo‘lgan o‘zgarishlar flegmonoz appenditsitda kuzatiladi. Parietal qorin parda qalinlashgan, qizargan, xiralashgan. Qorin bo‘shlig‘ida odatdagiday seroz, seroz-fibrinoz, yiringli yoki gemorragik suyuliq bo‘ladi. Uning hajmi va tabiati infeksiya virulentligi, kasallik davomiyligi va bemor organizmining reaktivligiga bog‘liq. Chuvalchangsimon o‘simtaga tegib turgan barcha a'zolar ushbu jarayonga qo‘shilgan bo‘ladi. O‘simta butunligicha yoki qisman shishgan va taranglashgan, seroz qavati qizargan, uzoq muddat o‘tgani sari rangi yiring hisobiga sarg‘imtir bo‘ladi. O‘simtaning total yallig‘langan vaqtida uning bo‘shlig‘idagi yiring devorlarini cho‘zishi oqibatida chuvalchangsimon o‘simta empiemasni keltirib chiqaradi. Jarayonga o‘simta tutqichi qo‘shilishi oqibatida uning shishi, qalinlashishi va qizarishi yuzaga keladi. Ba'zan yiringli jarayonga tutqich poyasi ham qo‘shiladi. Ko‘pincha yiringli yallig‘lanish jarayoni chuvalchangsimon o‘simtaning distal qismida uchrab, uning poyasi patologik o‘zgarishlardan xoli bo‘ladi. O‘simta ichida turli xil hajmdagi qo‘lansa hidli yiring to‘planadi. Shilliq qavati qisman yoki butunlay parchalangan. O‘simta qavatlarini yiringli jarayonga qo‘shilishi oqibatida farqlash iloji bo‘lmay qoladi. Mikroskopik tekshiruvda to‘qimalarning yiringdan erib ketganligini, tarkibi saqlangan to‘qimalarda esa hujayralarning keskin reaksiyasi aniqlanadi.
Gangrenoz appenditsit yallig‘lanish jarayonining tezda yoki asta sekinlik bilan qon tomirlarda tromboz keltirib chiqarishi oqibatida o‘simta oziqlanishi buzilishi natijasida rivojlanadi. Parietal qorin pardadagi o‘zgarishlar yallig‘lanishning davomiyligi va o‘ziga xos kechuviga bog‘liq. Qorin parda normal tusda yoki qalinlashgan va yiringli fibrinoz parda bilan qoplangan bo‘lishi mumkin.
Yashin tezligida rivojlangan chuvalchangsimon o‘simta gangrenasi yon atrof a'zolar va qorin pardada yallig‘lanishni keltirib chiqarib ulgurmaydi. Shuning uchun odatda qorin bo‘shlig‘ida ekssudat kuzatilmaydi. Juda kuchli rivojlangan yallig‘lanish va ko‘p miqdordagi ekssudatning paydo bo‘lishi bu flegmanoz yallig‘lanish oqibatida kelib chiqqan o‘simta qon tomirlari trombozi va uning nekrozi sababidan yuz beradi. Chuvalchangsimon o‘simta gangrenasida uning barcha qismlari yoki qisman qoramtir-yashil tusda bo‘ladi: devorlari yumshoq, ingichka, oson yirtiluvchan va ichidan qo‘lansa hidli jigarrang yiring ajralib chiqadi. Agar gangrena flegmona oqibatida kelib chiqqan bo‘lsa o‘simta tarangligini saqlab qoladi. Bunday xolatlarda nekroz o‘chog‘i chegaralangan bo‘ladi. O‘simta bo‘ylab nekrozning tarqalishi uning qaysi qon tomirlari zararlanganligi hamda qon bilan ta'minlashi turiga bog‘liq. Agar tromboz appendikulyar o‘simta poya qismidan ro‘y berib u magistral tipda shakllangan bo‘lsa, o‘simtaning total nekrozi yuz berishi tayin. Mikroskopik tekshiruvda o‘simta devori barcha qavatlarining nekrozi aniqlanadi, tuzilishi saqlanib qolgan to‘qimalarda esa yiringli yallig‘lanish belgilari ko‘rinadi.
Perforativ appenditsit flegmonoz yoki gangrenoz appenditsitning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Perforativ teshik turli kattalikda va o‘simtaning xohlagan qismida uchrashi mumkin. Perforatsiyaga o‘simta devorining chegaralangan nekrozi yoki yiringli parchalanishi olib keladi. Bunda yiringli saqlanma qorin bo‘shlig‘iga tushib kasallikning keskin oqibatlarini yuzaga keltiradi. Parietal qorin parda va yaqin turgan a'zolar keskin qizargan va shishgan bo‘ladi. Ko‘pincha perforativ o‘simta katta charvi bilan o‘rab olingan bo‘lib qorin bo‘shlig‘iga infeksion jarayonni tarqalishiga mone'lik qiladi. Bunda charvi qizargan va shishgan bo‘ladi, qorin bo‘shlig‘ida yiringli yoki yiringli-najasli ekssudat to‘planadi. Ba'zan bu suyuqlik bo‘lmasligi ham mumkin. Bunga sabab perforativ jarayon charvi bilan mustahkam o‘ralganligidadir.

Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling