Амалий машулот б´йича дарс ´тиш


Anatomik-fiziologik ma'lumotlar


Download 7.13 Mb.
bet4/20
Sana10.10.2023
Hajmi7.13 Mb.
#1697149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ўткир аппендицит

Anatomik-fiziologik ma'lumotlar
Chuvalchangsimon o‘simta ko‘richakning kichik bir ortig‘i hisoblanib u yonbosh ichak terminal qismi, ko‘richak hamda yuqoriga ko‘tariluvchi chambar ichak bilan birgalikda o‘ng yonbosh sohasida joylashadi. Ko‘richak deb yonbosh ichakning yo‘g‘on ichakka quyilish joyidan pastda joylashib, konussimon, qopsimon, noksimon yoki sharsimon shaklda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘g‘on ichakning boshlang‘ich qismiga aytiladi. Uning joylashuvi turlicha bo‘lishi mumkin. Erkaklarda, odatda, ko‘richak pastki chegarasi chov boylami o‘rta qismidan 4-5 sm ichkarida joylashsa, ayollarda biroz pastroqda joylashadi. Ammo uning boshqa joylashuv turlari ham mavjud: 1) Yuqori joylashuvi (jigar oldi joylashuvi). Bunda u o‘ng qovurg‘a ositida joylashib jigarning pastki yuzasiga va o‘ng buyrakka tegib turishi mumkin. 2) Pastki joylashuvida esa ko‘richak kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, u ushbu soha a'zolariga tegib turadi. Qorin parda ichi joylashuvida ko‘pincha ko‘richak tutqichi uzun bo‘lib, uning turli joylarda joylashganini kuzatish mumkin: kindik oldida, chap yonbosh, hattoki chap qovurg‘a osti sohalarida ko‘rish mumkin. Bolalarda ko‘richak odatda yuqori joylashsa, keksa yoshdagilarda ancha past joylashganligini kuzatamiz. Xomiladorlarda esa, ayniqsa uning oxirigi oylarida, ko‘richak xomilador bachadon vositasida yuqoriga ko‘tarilgan bo‘ladi. Ko‘pchilik odamlarda ko‘richak hamma taraflama qorin parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ba'zan u mezoperitoneal joylashgan bo‘lishi ham mumkin, bunda u kam harakatchan yoki umuman harakatlanmaydi. Appendsitda ko‘richak sohasida qorin pardaning bo‘rmalar va cho‘ntaklar xosil qilishini yodda tutish zarur. Shunday xolatlar uchraydiki, chuvalchangsimon o‘simta qorin parda burmasiga kirib qolib, yallig‘lanish huruji davrida bitishmalar bilan berkilib qolib, yuzasi huddi qorin parda tusiga kiradi va oqibatda chuvalchangsimon o‘simta qorin bo‘shlig‘idan yo‘qoladi. Bunda chuvalchangsimon o‘simtaning tug‘ma rivojlanmaganligini ham yodda tutmoq zarur. Ammo bu xolat deyarli kam uchraydi. Chuvalchangsimon o‘simtaning ko‘richak taeniae lari birlashgan joyidan uning poyasi chiqadi. Bu joy yonbosh ichak yo‘g‘on ichakka quyilish joyidan 2-3 sm pastroqda joylashgan. Chuvalchangsimon o‘simta o‘z nomiga monand shaklda bo‘lib, odatda 7-8 sm uzunlikda bo‘ladi. Ba'zan uning uzunligi 1-2 dan 15-20 sm gacha bo‘lishi mumkin. O‘simtaning qalinligi o‘rtacha 0,5-1 sm tashkil etadi. Keksa yoshdagi odamlarda o‘simta kichrayib, devorlari sklerotik o‘zgarishlarga uchraydi va buning oqibatida uning bo‘shlig‘i torayadi yoki berkilib qoladi (Rasm 1).

Rasm 1. Chuvalchangsimon o‘simtaning joylashuvi.

Embriogenez jarayonida ko‘richak epigastral sohadan o‘ng yonbosh sohasiga tushadi. Chuvalchangsimon o‘simta qorin bo‘shlig‘ida turlicha joylashishi mumkin. O‘simtaning old joylashuvi uning uchki qismi yuqoriga ko‘tarilgan, qorin old devoriga qarab yo‘nalgan bo‘lib, bu xolat juda kam uchraydi. Yoki bo‘lmasam uning retrotsekal joylashuv turi 9-25 % foiz xolatlarda uchrab, uch xil shaklda: qorin parda ichi, ko‘richak devori ichi va hamda qorin parda orti sohasida joylashgan bo‘ladi. Bunday joylashuvlar ehtimolini bilish operatsiya vaqtida o‘simta topilmasligi tufayli ko‘richak orqa devorini yoki qorin parda orti sohasini puxta reviziya qilish muhimligi shart ekanligini ko‘rsatib beradi. Retrotsekal joylashuvda chuvalchangsimon o‘simta ko‘pincha uzun bo‘lib, o‘zining cho‘qqisi bilan buyrak, jigar va o‘n ikki barmoqli ichakka ham yetishi mumkin. Qorin parda orti sohasida joylashgan chuvalchangsimon o‘simta ingichka ichak tutqichi ildizi oldida, umurtqa pog‘onasi, jigar ostida, siydik nayi ustida, bachadon ortiqlari yonida, siydik puffagi devorida va hatto parametriyga ham yetib borishi mumkin. O‘simtaning o‘tkir yallig‘lanishi davrida yuqorida ko‘rsatilan a'zolar ham yallig‘lanish jarayoniga qo‘shilishi mumkin va shu tufayli kasallik klinik manzarasini o‘zgartirishi mumkin.


Ichakning ileotsekal qismi arterial qonni yuqori tutqich arteriyasining tarmog‘i bo‘lmish yonbosh-chambar ichak arteriyasidan (a. ileoolia) oladi. A. ileoolia ning bir tarmog‘i a. appendiularis bo‘lib, chuvalchangsimon o‘simta tutqichi vositasida bir yoki bir necha shohlar bilan o‘simtani qon bilan ta'minlaydi. Qonning ushbu sohadan oqib ketishi dastlab v. appendiularis, keyin v. ileoolia orqali darvoza venasini tashkil etuvchi yuqori tutqich venasi orqali amalga oshiriladi.
Ileotsekal burchak innervatsiyasi yuqori tutqich chigali orqali amalga oshiriladi. U esa o‘z navbatida ovqat hazm qilish a'zolarini innervatsiya qiluvchi quyosh chigali bilan bog‘langan.
Chuvalchangsimon o‘simta funksional ahamiyati yetarlicha o‘rganilmagan. Ba'zi olimlarning bu a'zo – rudimentar a'zo ekanligi, kerak emas ekanligini isbotlashga urinishlari samarasiz kechdi. Qat'iy dalillarga ko‘ra chuvalchangsimon o‘simta: 1) o‘zida amilaza va lipaza fermentlarini saqlaydigan ishqoriy shira ishlab chiqaradi, o‘z navbatida ovqat hazm qilish jarayonlarida ishtirok etadi; 2) ko‘plab o‘zida limfatik follikullarni saqlagani uchun (uni ba'zi olimlar qorin bo‘shlig‘i bodom bezi deb ham ataydilar), himoya funksiyasi (mikroblarni yutadi), qon ishlab chiqarish (limfotsitlarning bir qismi o‘simta venasi tushadi) funksiyalarini ham amalga oshiradi. Bundan tashqari P. I. Dyakonov eksperimentlarda quyonlar chuvalchangsimon o‘simtasida peristaltika gormonini aniqlagan. Appendiksning xolati me'da, 12 barmoqli ichak hamda boshqa a'zolarga reflektor ta'sir o‘tkazadi. Yuqoridagilarga tayanib bir xulosaga kelish mumkin: chuvalchangsimon o‘simta funksional ahamiyatga ega a'zo va uni olib tashlash faqatgina uning patologik o‘zgarishlaridagina kerakligini ta'kidlash lozim.

Download 7.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling