Mashg‘ulot №3
ATIPIK VA ASORATLANGAN O‘TKIR APPENDITSITNING KLINIKASI, DIAGNOSTIKASI, DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASh. OILAVIY ShIFOKOR TAKTIKASI. DISPANSERIZATSIYa VA REABILITATSIYa.
O’quv mashg’ulotining maqsadi va vazifalari: Bolalarda o‘tkir appenditsitning atipik joylashuvlari qorin bo‘shlig‘i aʼzolarining turli somatik, yuqumli, urologik, ginekologik va boshqa xirurgik kasalliklari bilan differensial diagnostikasi. Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari haqida talabalarning fikrlarini aniqlashtirish. Bolaning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash maqsadida o‘tkir appenditsit va uning asoratlarini o‘z vaqtida tashxislash.
Amaliy mashg‘ulot natijasida xar bir talaba bilishi kerak:
O‘tkir appenditsit klinikasining bola yoshiga oid jihatlari; o‘tkir appenditsitning atipik shakllari klinikasi;
Bolalarda o‘tkir appenditsit va uning asoratlarini davolash tamoyillari;
Bolalarda o‘tkir appeditsitning operatsiyadan oldingi va keyingi asoratlari;
Bolalarda o‘tkir appenditsit asoratlarini oldini olish yo‘llari;
Appendektomiyadan keyin bemorlarni reabilitatsiya chora tadbirlari.
Mavzuni o’rgangandan so’ng talaba bajara olishi shart:
Klinik tekshiruv natijalarini, laboratoriya ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri talqin qilishni;
Bolani medikamentoz uyquda ko’rishni.
Qorinni yueaki, chuqur va bimanual paypaslashni.
O’tkir appenditsit simptomlarini aniqlashni.
Mashg‘ulot xronokartasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |