Peritoneal simptomlar:
Shyotkin-Blyumberg;
Mendel (qorin devorini tuqillatganda og‘riq);
Krimov (o‘ng chov kanalini tekshirganda, o‘ng yonboshda og‘riq paydo bo‘lishi);
Lennander – qo‘ltiq ostida va to‘g‘ri ichakda haroratning har xil bo‘lishi;
cremasterica – o‘ng tuxumcha tortilishi;
ichaklar falaji belgisi – qorin diametrining kattalashishi.
O‘tkir appenditsitda kuzatiladigan sindromlami quyidagicha ta’riflash mumkin:
Og‘riq sindromi. Doimiy qorinda og‘riq, ko‘pincha o‘ng yonbosh sohada, harakat qilganda kuchayadi, ishtaha susayishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik bilan kelishi mumkin. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq xarakteri o‘zgarishi kuzatiladi.
Peritoneal sindrom:
intoksikatsiya;
gippokrat yuzi;
tili karashlagan;
qorin dam, nafas olishda ishtirok etmaydi (Vinter sindromi);
mushaklar taranglashishi;
palpator og‘riq;
perkutor to‘mtoqlashuv;
peristaltikaning sustlashishi.
Shyotkin-Blyumberg, Mendel va Krimov simptomlari musbat.
Yallig‘lanish sindromi:
harorat (37, 38, 39°C);
lekotsitoz, neyrofilez, chapga siljish, EChT oshishi.
Dispeptik:
ko‘ngil aynishi, qayt qilish;
ich kelishining buzilishi;
puls tezlashuvi, A/B pasayishi, yurak tonlari to‘mtoqlashuvi;
nafas olish tezlashishi, yuzakilashishi.
Asab tizimi – uyqusizlik, bezovtalik, karaxtlik.
O‘tkir appenditsitda laboratoriya tekshiruvlari asosiy klinik belgilami tasdiqlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |