O‘tkir appenditsitning tasnifi:
V.I. Kolesov (1972) bo‘yicha o‘tkir appenditsitning tasnifi klinik va morfologik xarakterga ega bo‘lib, appendiksdagi yallig‘lanish o‘zgarishlarining og‘irligiga va kasallikning klinik ko‘rinishiga asoslanadi:
1. O‘tkir oddiy (yuzaki) appenditsit.
2. O‘tkir destruktiv appenditsit.
flegmonoz (teshilishsiz yoki teshilish bilan)
gangrenoz (teshilishsiz yoki teshilish bilan)
3. Asoratlangan o‘tkir appenditsit.
peritonit bilan asoratlangan – mahalliy, chegaralangan, diffuz, tarqalgan
appendikulyar infiltrat
periappendikulyar abstsess
retroperitoneal to‘qimalar flegmonasi
sepsis
pileflebit – portal va tutqich venalarining tromboflebiti
qorin bo‘shlig‘idagi abstsesslar
O‘tkir appenditsitning bolalardagi o‘ziga xos xususiyatlari:
kattalarga nisbatan og‘ir kechishi, diagnostikasi murakkabligi bilan xarakterlanadi;
bola organizmi anatomo-fiziologik xususiyatlaridan kelib chiqib, erta yoshdagi bolalarda ushbu holat ko‘proq ko‘zga tashlanadi;
bolalar o‘tkir appenditsit bilan hamma yoshda kasallanishi mumkin, lekin 2-3 yoshdagi bolalarda ushbu kasallik juda kam uchraydi;
kasallanishning cho‘qqisi 9-12 yoshga to‘g‘ri keladi;
1000 boladan o‘rtacha 0,5-0,8 % kasallanadi.
Klinikasi. O‘tkir appenditsitning klinik belgilari turlicha. Bu, asosan, chuvalchangsimon o‘simtaning qorin bo‘shlig‘ida joylashishiga, o‘simtadagi yallig‘lanish jarayoniga, organizmning immunologik kuchlariga hamda kasalning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. O‘tkir appenditsitning klinik ko‘rinishi bolalarda turlicha bo‘lib, u organizm reaktivligi, bola yoshi, chuvalchangsimon o‘simta joylashuviga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |