Baho
|
Amaliy mashg‘ulotni baholash mezonlari
|
Aʼlo
86-100
|
Bolalarda o‘tkir appenditsitning atipik va asoratlangan turlarining klinik xususiyatlariga va tashxisiga va uning asoratlari haqida to‘liq maʼlumotga ega va fikrini aniq yo‘naltira oladi. Zamonaviy tasniflash asosida aniq tashxis qo‘yish mumkin. Kasallikning klinik va laborator diagnostik mezonlarini biladi va izohlay oladi. Patogenetik asosda davolanishni buyuradi. Shoshilinch vaziyatlarda yordam ko‘rsata oladi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalar va testlarni to‘g‘ri hal qiladi. Konspekti bor. Testlarni to‘g‘ri yechadi. TKFBV ni to‘g‘ri to‘ldiradi.
|
Yaxshi
71-85
|
Bolalarda o‘tkir appenditsitning atipik va asoratlangan turlari haqida umumiy maʼlumotga ega, fikrini shu masalaalr ustida yo‘naltira oladi, ammo to‘liq tahlil qila olmaydi. Kasallikning simptomlari, klinik turlari va asoratlari haqida tasavvurga ega. Qanday kasalliklar bilan qiyosiy tashhis o‘tkazilishi shart ekanligi haqida bilimga ega, ammo to‘liq tahlil qila olmaydi. Shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish mohiyatini biladi. Mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalar noto‘liq hal qiladi. Testlarni to‘liq to‘g‘ri yecha olmaydi. TKFBV ni to‘g‘ri to‘ldiradi.
|
Qoniqarli
56-70
|
Bolalarda o‘tkir appenditsitning atipik va asoratlangan turlari to‘g‘risida, uning tashxisoti va asoratlari haqida yuzaki maʼlumotga ega, fikrlari chalkash, to‘liq tahlil qila olmaydi. Kasallikning simptomlari, klinik turlari va asoratlari haqida uncha ko‘p maʼlumotga ega emas. Qanday kasalliklar bilan qiyosiy tashhis o‘tkazilishini sanab bera oladi. Qiyosiy tashxisot va davo taktikasini aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘yadi. Shoshilinch holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish mohiyatini to‘liq bilmaydi. Vaziyatli masalalar yecha olmaydi. Testlarda va TKFBV da xatolar qiladi.
|
Qoniqarsiz
55
|
Mavzu bo‘yicha maʼlumotga ega emas. Test va TKFBV ni noto‘g‘ri yechadi.
|