Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Operatsiya jarohati tomonidan kuzatiladigan asoratlar


Download 1.75 Mb.
bet12/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

Operatsiya jarohati tomonidan kuzatiladigan asoratlar
Infiltrat – operatsiyadan keyingi 5-8-kunlari bemor tana harorati 37,6-38°C ga ko‘tarilib, bola kamharakat bo‘lib qoladi, operatsiya bo‘lgan sohada og‘riq kuzatiladi, jarohatning yonlari qizaradi, qattiqlashadi. Hosil bo‘lgan infiltratni ultratovush, kompress, elektroforez yordamida tarqatish mumkin. Flyuktuatsiya paydo bo‘lsa, u holda bir-ikkita ipi bo‘shatiladi, yiringni chiqargandan so‘ng rezina naycha qo‘yiladi. Yara tozalangandan keyin jarohatning ikkala tomoni leykoplastr yordamida yaqinlashtirib qo‘yiladi.
Gematoma – teri osti yog‘ kletchatkasi qalin bo‘lgan bolalarda 3-6-kunlari operatsiya jarohati sohasida shish kuzatilib, ustidagi teri ko‘kimtir rangda bo‘ladi. Paypaslab ko‘rilganda og‘riqli flyuktuatsiya aniqlanadi, qon chiqarilib, jarohatning ikkala tomoni bir-biri bilan yaqinlashtiriladi.
Ligatur oqma – operatsiyadan so‘ng 3-6 hafta orasida jarohat-ning ayrim sohalarida iplaming o‘mi shishib, terisi yupqalashib yoriladi, ifloslangan iplar chiqib ketadi, ba’zi vaqtlarda oqma yo‘llar ochilib, iplar olib tashlanadi.
O‘TKIR APPENDITSITNING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIKASI
O‘tkir appenditsit tashxisini qo‘yish katta yoshdagi bolalarda kasallik tipik kechganda qiyinchilik tug‘dirmaydi, ammo kasallikning atipik kechuvida va kichik yoshdagi bolalarda o‘tkir appenditsit tashxisini qo‘yishda xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu xatoliklar og‘ir asoratlarga olib keladi. O‘tkir appenditsit tashxisini to‘g‘ri qo‘yish uchun ayniqsa atipik turlarida differensial diagnostika o‘tkaziladi. Differensial diagnostika qorin og‘rig‘i bilan kechadigan quyidagi kasalliklar bilan o‘tkaziladi.
Plevropnevmoniya asosan yosh bolalarda kuzatilib, qorin og‘rig‘i va qorin old devori mushaklar tarangligi kuzatiladi, bu holat pastki qovurg‘alararo nervlarning zararlanishi bilan izohlanadi. Klinik va rentgenologik belgilar bilan tashxisga aniqlik kiritiladi. Qo‘shimcha bo‘yinda vagosimpatik novokainli blokada o‘tkazilganda pnevmoniyada qorin old devori mushaklar tarangligi yo‘qoladi, appenditsitda saqlanib qoladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling