Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet9/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

Jigar osti appenditsiti. Chuvalchangsimon o‘simtaning jigar ostida joylashuvida kasallik klinikasi ko‘p marta qusish va o‘ng qovurg‘a ravog‘i ostida og‘riq bilan boshlanadi. O‘ng qovurg‘a ravog‘ini sekinlik bilan urib ko‘rilganda kuchli og‘riq aniqlanadi. O‘ng qovurg‘a ravog‘i osti sohasi paypaslab ko‘rilganda og‘riq, qorin old devori mushaklar tarangligi va Shyotkin-Blyumberg simptomi musbatligi aniqlanadi. Jigar qirralarida og‘riq aniqlanmaydi. O‘ng yonbosh sohasi erkin va og‘riqsiz.
Yallig‘lanishning jigar to‘qimasiga o‘tishi yoki tashqi o‘t yo‘llarining bosilishi natijasida ayrim bemorlarda teri va shilliq qavatlarning yengil sarg‘ayishi kuzatiladi.
O‘tkir appenditsitning bu turini aniq tashxislash juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha tashxis kech muddatlarda, peritoneal belgilar paydo bo‘lgandan keyin qo‘yiladi.
Chap tomonlama appenditsit. Chap tomonlama appenditsitning rivojlanish sabablari: ko‘richak tutqichi uzunligi; ichaklarda umumiy tutqich bo‘lishi; juda uzun chuvalchangsimon o‘simta; ichki a’zolaming teskari joylashuvi.



Chuvalchangsimon o‘simtaning chap tomonlama joylashuvi

Klinikasi deyarli bir xil, lekin og‘riqning chap tomonda ekanligi shifokomi chalg‘itadi. lchki a’zolar teskari joylashuvi ma’lum bo‘lsa, kasallikni tashxislash osonlashadi.


O‘TKIR APPENDITSITNING OPERATSIYaGAChA
ASORATLARI
Asoratlangan o‘tkir appenditsit asosan shifoxonaga kechikib murojaat bemorlarda kuzatiladi. O‘tkir appenditsitning ko‘p kuzatiladigan va og‘ir asoratlari appendikulyar infiltrat va tarqalgan peritonit hisoblanadi.
Tarqalgan peritonit o‘tkir destruktiv appenditsit fonida yallig‘lanish jarayonini qorin pardaga o‘tishi yoki chuvalchangsimon o‘simtaning yorilishi hisobiga kelib chiqadi. Peritonit o‘tkir appenditsit bilan og‘rigan bemorlarning 5% ida uchraydi.
Tarqalgan peritonitning klinikasi kasallikning xarakteriga va patologik jarayonning tez rivojlanishiga bog‘liq. Kasallik simptomlari sekinlik bilan yoki juda tez (perforatsiyada) rivojlanishi mumkin. Qorin og‘rig‘i kuchayib boradi va qorinning barcha sohalariga tarqaydi. Intoksikatsiyaning kuchayishidan bemordagi bezovtalik adinamik holatga, xolsizlikka, uyquchanlikka almashadi va qorin og‘rig‘i kamayadi. Tana harorati 38-40°С gacha ortib, ovqatdan bosh tortish va ko‘p marta qusish kuzatiladi. Umumiy ahvoli og‘irlashadi. Ichi suyuq kela boshlaydi. Teri rangi sarg‘ayib, quruqlashadi, yuz rangi o‘zgaradi. Tana haroratiga pulsning mos kelmaslik simptomi kuzatiladi. Yurak tonlari bo‘g‘iqlashadi. Bemor bolalar tarqalgan yiringli peritonitda majburiy holatda yotadilar. Palpatsiyada qorinda gaz to‘plangan, nafas olishda ishtirok etmaydi, yuzaki palpatsiyada kuchli og‘riq, mushaklar tarangligi barcha sohalarda aniqlanadi. Shetkin–Blyumberg simptomi musbatligi aniqlanadi. Qon tahlilida leykotsitoz (18-25)x109/l gacha.
Tarqalgan yiringli peritonitda barcha bemorlarga qonning bioximik tahlili o‘tkaziladi, bunda kislota-ishqoriy muhit va metabolik buzilishlar darajasi aniqlanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling