Appendikulyar abssessda yuqori harorat, qorinda og‘riq, qayt qilish, intoksikatsiya va qorin pardani ta’sirlanish belgilari paydo bo‘ladi. Palpatsiyada infiltrat sohasida kuchli og‘riq va flyuktuatsiya aniqlanadi. Щetkin– Blyumberg simptomi musbat, qorin dam, asimmetrik va terida giperimiya aniqlanadi. Ichak tutilish belgilari kuzatiladi. Qonda leykotsitoz va leykotsitar formulaning chapga siljishi kuzatiladi. Appendikulyar abssessning og‘ir asoratlaridan biri yiringdonni qorin bo‘shlig‘iga yorilib ketishi va tarqalgan yiringli peritonitni keltirib chiqarishidir.
O‘tkir appenditsitni va uning asoratlarini UTT da tekshiruvi. Chuvalchangsimon o‘simta aniq qavat bilan farqlangan oval shakldagi yallig‘lanishli o‘zgarishni kuzatilishi mumkin . Uning diametri 8 mm va undan yuqori. O‘simta bo‘shlig‘ida koprolitlarni aniqlash mumkin. Ko‘pgina bolalarda kam miqdorda suyuqlik komponentini kichik chanoq proreksiyasida aniqlanadi. (o‘g‘il bolalarda siydik qopi orqali, qiz bolalarda bachadon orqali).
Chuvalchangsimon o‘simta fragmentini ko‘ndalang skanerlash, rangli doplerda ko‘rinishi: 1) teri osti yog qavati; 2) qorin to‘g‘ri mushagi; 3) yonbosh arteriyasi; 4) yonbosh venasi; 5) yonbosh-bel mushagi; 6) ichak qovuzlog‘i fragmenti; 7) umurtqa tanasi
Chuvalchangsimon o‘simta fragmenti yallig‘lanishi (oq uchburchak strelka), diametri 9 mm, konturlari saqlangan, dopler tekshiruvida chuvalchangsimon o‘simtada qon-tomir surati kuchaygan. Giperexogen to‘qima bilan o‘ralgan.
O‘TKIR APPENDITSITNING OPERATSIYaDAN KEYINGI ASORATLARI
Qorin bo‘shlig‘idagi operatsiyadan so‘nggi asoratlar
Bu asoratlarga quyidagilar kiradi: qorin bo‘shlig‘idagi infiltrat, qorin bo‘shlig‘idagi absesslar, diafragma ostidagi, ichak tizmalari orasidagi, Duglas bo‘shlig‘idagi, ichak tutilishi (falajlik), ichak eventeratsiyasi, qorin bo‘shlig‘iga qon ketishi.
Operatsiya vaqtida texnik xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi, ya’ni appendikulyar artcriyasidan ligaturaning chiqib ketishi, chandiqlardagi qontomirlami boylamaslik, qon kasalliklari (gemofiliya), gemolitik anemiya natijasida qorin bo‘shlig‘iga qon ketadi. Kasal bolaning rangi oqarib, asta-sekin bo‘shashib ketadi. Qon bosimi pasayadi, pulsi aritmik bo‘lib, taxikardiya kuzatiladi. Qorinda og‘riq, Shyotkin-Blyumberg sinamasi musbat bo‘lib, qonda gemoglobin tushib ketadi. Kasalni relaparotomiya qilinib, qonayotgan tomir bog‘lanadi. Agar u tomir topilmasa, appenditsit sohasi gemostatik tampon yordamida tamponada qilinadi. Operatsiya vaqtida yo‘qotilgan qon miqdori to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |