Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet10/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

Appendikulyar infiltrat. Bu qorin bo‘shlig‘ida yallig‘lanish jarayonining chegaralanishi bo‘lib, bolalarda kam uchraydi. Ko‘proq katta yoshdagi bolalarda (10-14 yosh) rivojlanib, o‘tkir appenditsit bilan og‘rigan bolalarning shifoxonaga kech murojaat etishidan yoki boshqa sabablardan kelib chiqadi. Appendikulyar infiltrat kasallik boshlanganidan 3-5 kundan keyin paydo bo‘ladi. Appendikulyar infiltratni chuvalchangsimon o‘simta, yo‘g‘on va ingichka ichaklar, katta charvi, qorinning o‘ng yon devori va qorin parda tashkil qiladi.
Appendikulyar infiltratning klinikasi ikki stadiyada kechadi:
I sta­diya. yallig‘lanish jarayonining chegaralanishi va infiltrat paydo bo‘lishi.
Bu davrda bolalarning umumiy axvoli o‘rtacha og‘irlikda bo‘ladi. Infiltrat paydo bo‘lish davrida kasallikning klinik belgilari sekinlik bilan rivojlana boradi, O‘ng yonbosh sohasida qattiq konsistensiyali, og‘riqli va qiyin xarakatli aniq chegarasiz hosila aniqlanadi O‘ng yonbosh sohasida qattiq konsistensiyali, og‘riqli va qiyin xarakatli aniq chegarasiz hosila aniqlanadi. Hosila o‘lchami turlicha bo‘lishi mumkin. Rektal tekshiruvda to‘g‘ri ichak devorida o‘ng tomonlama og‘riq va qattiqlashish aniqlanadi. O‘tkir appenditsitning atipik turlarida hosila: o‘ng bel sohasida, chanoqda va chap tomonda joylashishi mumkin. Infiltrat paydo bo‘lish davrida (I sta­diyada) dizurik va ich ketish belgilari (ayniqsa chuvalchangsimon o‘simtaning chanoq sohasida joylashuvida) kuzatilishi mumkin. Qon tahlilida leykotsitoz (12-15)x109/l gacha va SOE ning ortishi kuzatiladi. Infiltrat paydo bo‘lish davrining davomiyligi bolaning yoshiga, uning reaktivligiga, yallig‘lanish jarayonining darajasiga va davolash intensivligiga bog‘liq. Bu davr o‘rtacha 12-14 kunni tashkil etadi.
II stadiya. Appendikulyar infiltratning so‘rilish bosqichi.
Bu bosqichda bemorning umumiy ahvoli biroz yaxshilanadi, qorindagi og‘riqlar, tana harorati, dizurik belgilar va intoksikatsiya belgilari kamayadi. Qayt qilish va ko‘ngil aynish belgilari kamayib, ishtahasi yaxshilanadi. Bemor aktivlashib, atrofga reksiyasi ortadi. Qorin nafas olishda ishtirok etadi, paypaslanganda yumshoq, og‘riqsiz. O‘ng yonbosh sohasida qattiq konsistensiyali, kam og‘riqli va qiyin harakatli aniq chegarali hosila aniqlanadi. O‘lchamlari kichiklashgan, qon tahlilida leykotsitoz me’orida va SOE ning ortishi (30-50 mm/ch gacha) uzoq muddatgacha kuzatiladi.
Appendikulyar infiltrat kasallik boshlanganidan 3-4 haftada so‘rilib ketadi. Yaxshi davolanmagan hollarda, infiltratda yallig‘lanish jarayoni kuchayib abssessga aylanadi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling