Амалий машулот б´йича дарс ´тиш
O‘tkir appenditsit asoratlari
Download 7.13 Mb.
|
Ўткир аппендицит
- Bu sahifa navigatsiya:
- Appendikulyar infiltrat va abssesslar.
O‘tkir appenditsit asoratlari. O‘tkir appenditsitning asorat bilan kechishi ushbu kasallik natijalarini ayanchli oqibatlar bilan tugashiga sabab bo‘ladi. O‘tkir appenditsitning asorat bilan kechishi 10-12 % xolatlarda uchraydi.
Asoratlangan appenditsit rivojlanishi sabablari: 1. Kasalxonagacha va kasalxona diagnostika bosqichidagi xatoliklar. O‘z-o‘zidan bu xatoliklar kasallikning atipik kechuvi bilan bog‘liq. 2. Noratsional xirurgik taktika. O‘tkir appenditsit asoratlari klassifikatsiyasi: 1. Lokalizatsiyasiga ko‘ra: A. Operatsion jarohat tomonidan: - gematoma; - operatsion jarohat infeksiyasi (infiltrat, abssess va b.); - ligaturali oqma; B. Intraabdominal asoratlar: - appendikulyar infiltrat; - qorin bo‘shlig‘ining lokal abssesslari (periappendikulyar, chanoq bo‘shlig‘i, podiafragmal, ichaklararo); - chegaralanmagan peritonit; - pileflebit, sepsis va b. B. Ekstraabdominal asoratlar: - nozokomial pnevmoniya; - o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi va b. Davomida faqatgina o‘tkir appenditsitning intraabdominal asoratlari masalalari muxokama qilinadi. Appendikulyar infiltrat va abssesslar. Appendikulyar infiltrat deb yallig‘langan chuvalchangsimon o‘simta atorofida katta charvi, ingichka va yo‘g‘on ichaklar va parietal qorin pardadan tashkil topgan konglomeratga aytiladi. Infiltrat bilan og‘rigan bemorlarda klinik manzarasi o‘tkir appenditsit huruji bilan birga boshlanadi. U hurujdan so‘ng 2-5 kuni shakllanadi. Shuningdek, ushbu o‘tkir appenditsitning asorati bemorlar kasalxonaga kech murojaat qilganida, ya'ni yallig‘lanish jarayoni o‘rab olinib boshqa shaklga aylanganida yuz beradi. Appendikulyar infiltrat 3-5 % foiz xollarda uchraydi. Umuman olgandan infiltratning shakllanishi organizm uchun maqsadga muvofiqdir. Chunki, agar o‘simta atrof qorin bo‘shlig‘idan puhta chegaralangan bo‘lsa destruktiv appenditsitda ham o‘z-o‘zicha tuzalib ketish xolati kuzatilishi mumkin. Appendikulyar infiltrat chuvalchangsimon o‘simta atrofi qorin bo‘shlig‘idan chegaralanish darajasi bo‘yicha to‘liq va noto‘liq bo‘ladi. To‘liq chegaralangan xolatida chuvalchangsimon o‘simta har tomonlama qorin bo‘shlig‘idan to‘liq chegaralangan va tarqalgan peritonit rivojlanish havfi minimal darajada bo‘ladi. To‘liq bo‘lmagan shaklida esa destruktiv o‘zgargan chuvalchangsimon o‘simtaning bir qismi erkin qorin bo‘shlig‘ida bo‘ladi. Infiltratning bu shakli o‘simta perforatsiyasi va tarqalgan yiringli peritonit rivojalinish ehtimoli bilan havflidir. Bemorning umumiy axvoli nisbatan qoniqarli, kasalxonaga kelgunga qadar og‘riqlar biroz kamaygan bo‘ladi. Birinchi o‘ringa o‘tkir yallig‘lanish belgilari – yuqori harorat (38-39°), taxikardiya, yuz qizarishi, ich kelishi tutilishi, xolsizlik va darmonsizlik chiqadi. Tili nam, karash bilan qoplangan. Qorin tekis, ba'zan o‘ng yonbosh sohasida biroz shishgan, nafas olishda ishtirok etadi. Perkussiyada o‘ng yonbosh sohasida og‘riq va to‘mtoq tovush eshitiladi. Palpatsiyada shu sohada yumaloq shakldagi zich, harakatsiz, aniq chegaraga ega xosila aniqlanadi. Qorin parda ta'sirlanish belgilari odatda manfiy bo‘ladi. Ich kelishi kamaygan, peshob ajratishi o‘zgarishsiz bo‘ladi. Infiltrat chanoq bo‘shlig‘ida joylashsa tenezmlar, ich ketishi, tez-tez og‘riqli peshob ajratish kuzatiladi. Klinik kechishiga ko‘ra appendikulyar infiltratning to‘liq chegaralangan turida dinamik kuzatuv uchun xirurgik statsionarga yotkiziladi va konservativ davo choralari olib boriladi. Medikamentoz davo natijasi dinamikada kuzatib boriladi. Infiltrat taqdirida ikki xil natija kutiladi: yallig‘lanish jarayoni atrof to‘qima va a'zolarga tarqaladi yoki infiltrat abssessga aylanadi. Bu xolat konservativ davo choralari samara bermaganligidan dalolat beradi va jarrohlik usuliga o‘tishga ko‘rsatma bo‘ladi. Yoki uning aksi - infiltrat so‘rilishi kuzatilishi mumkin. Bunda infiltrat hajmi kichrayib boradi va xirurgik davo talab etilmaydi. Regressga uchragan appendikulyar infiltrat natijasi bo‘lib surunkali rezidual appenditsit shakllanadi. Appendikulyar infiltrat diagnostikasida UTT ning o‘rni muhimdir. Bu ayniqsa o‘ng yonbosh sohasidagi paypaslanuvchi hajmli xosilaning shoshilinch ravishda differensial diagnostikasi imkonini beradi. Appendikulyar infiltratning UTT belgilari: harakatsiz, zich, notekis shaklga ega, chegaralari unchalik aniq bo‘lmagan har xil exostrukturali ichida suyuqlik saqlamaydigan xosila. Infiltratni tashkil qilgan ichak devorlari 3-4 mm dan oshgan, qavatlari yaqqol ko‘rinadi. Infiltrat zonasida ichak peristaltikasi aniqlanmaydi. Chuvalchangsimon o‘simta o‘zidagi destruktiv o‘zgarishlar hamda atrof infiltratsiya hisobiga aniq ko‘rinmaydi. Ba'zan uning ko‘rinuvchi qismlari diametri 10 mm dan, devorlari qalinligi esa 3-4 mm dan ortiq bo‘ladi. Periappendikulyar abssess rivojlangan taqdirda infiltrat chegaralari aniq, markazida esa ichida chuvalchangsimon o‘simta fragmentlarini saqlovchi suyuqlik aniqlanadi. Chuvalchangsimon o‘simta ko‘rinib turuvchi qismlari har xil strukturali o‘rtacha exogenlikka ega, qavatlari aniq ajratib bo‘lmas darajada ifodalanadi (Rasm 6). Rasm 6. Appendikulyar infiltrat va abssess UTT tasviri. Yana bir eng ko‘p informativ va shuning bilan birgalikda noinvaziv tekshiruv usullaridan biri bu – kompter tomografiyasi (MSKT). Bu tekshiruvda chuvalchangsimon o‘simta devori qalinlashgan, periappendikulyar sohada esa fassiya qalinlashgan va yog‘ kletchatkasi chegarasi “surkalgan” ligini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa yallig‘lanish protsessining atrof to‘qimalarga o‘tganligidan darak beradi. Ba'zan shakllangan infiltrat sohasida havo puffakchalari va suyuqlik ko‘rishimiz mumkin. Bu xolat infiltratning abssessga aylanganligini ko‘rsatadi (Rasm 7-8). Rasm 7. Appendikulyar infiltrat Rasm 8. Appendikulyar abssess. Diagnoz qo‘yishda ikkilanishlar diagnostik laparoskopiya o‘tkazish zarurligini ko‘rsatadi. Bunda to‘liq chegaralanmagan appendikulyar infiltrat hamda boshqa qorin a'zolarining o‘tkir xirurgik patologiyasini inkor qilish imkoniyati tug‘iladi. Appendikulyar infiltratni davolash sxemasi: qat'iy yotoq rejimi, infiltart sohasiga sovuq (muz) qo‘yish, suyuq yog‘siz ovqatlar, antibakterial va yallig‘lanishga qarshi vositalar qo‘llaniladi. Bemorlarga kundalik UTT o‘tkazib turish, tana haroratini kun davomida nazorat qilib borish lozim bo‘ladi. Davolash chora-tadbirlari davomida (antibiotiklar va yallig‘lanishga qarshi vositalar) tana harorati asta-sekin meyoriy ko‘rsatkichlargacha pasayadi, infiltrat o‘lchami kichrayadi, leykotsitlar miqdori normaga keladi. Appendikulyar infiltrat o‘tkazgan bemorlar 3 oydan so‘ng surunkali appenditsit tashhisi bilan rejali operatsiya kilinadi. Appendikulyar abssess - appendikulyar infiltratda yallig‘lanish jarayonining avj olishi (yiringlashga o‘tishi) bilan izohlanadi. Bunda, appendikulyar infiltratning konservativ davolash choralariga qaramasdan, bemor ahvoli yomonlashadi, tana harorati, ayniqsa kechki vaqtlarda yuqori bo‘ladi. Infiltrat sohasidagi og‘riq kuchayadi, paypaslaganda u yumshgani aniqlanadi, uning chegaralarida noaniqlik paydo bo‘ladi. Qon tahlilida leykotsitlar miqdori ortishi qayd etiladi. Bunday xolatda abssess bo‘shlig‘ini zudlik bilan uning qorin bo‘shlig‘iga yorilmasidan ilgari tashqariga ochish va uni drenajlash zarur bo‘ladi. Bu bemorlarga ham 3 oydan so‘ng rejali appendektomiya amaliyoti o‘tkaziladi. O‘tkir appenditsitning eng xavfli asorati tarqalgan yiringli peritonit hisoblanadi, u gangrenoz-perforativ appenditsitda yoki appendikulyar abssessning qorin bo‘shlig‘iga yorilganida kelib chiqadi. Ushbu xolatda qorindagi og‘riq tarqalgan hususiyatga ega bo‘lib, qorin nafas olish jarayonida faol ishtirok etmay qo‘yadi. Peritonitning boshlang‘ich davrida mushaklar butun qorin bo‘ylab taranglashadi, qorin parda ta'sirlanish belgisi (Shyotkin-Blyumberg simptomi) keskin ifodalangan. Bemorning tili va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatlari quriydi, tili oqish karash bilan qoplangan bo‘ladi. Perkussiyada qorinning yon sohalarida to‘mtoq tovush aniqlanadi (ekssudat hisobiga). Ultratovush tekshiruvi yordamida qorib bo‘shlig‘ining barcha sohalarida erkin suyuqlik borligi aniqlanadi. Auskultatsiyada ichak peristaltikasi ko‘pincha eshitilmaydi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, uning formulasini chapga siljiganligi, EChT keskin ortishi aniqlanadi. Appendikulyar etiologiyali tarqalgan peritonitning klinik belgilari, boshqa sababdan kelib chiqqan peritonitlar belgilaridan deyarli farq qilmaydi (spetsifik peritonitlar bundan mustasno). Download 7.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling