Amaliy 14-15 Oqsil biosintezi
Gen ekspressiyasi haqida qisqacha
DNK yer yuzidagi barcha mavjudotlar uchun genetik manba hisoblanadi. DNK ota-onadan farzandga irsiylanganda u farzandning baʼzi bir xususiyatlari (masalan, ularning koʻzlari va sochining rangi)ni belgilaydi. Biroq haqiqatan ham DNK molekulasining ketma-ketligi qanday qilib inson va boshqa organizmlarning belgilariga taʼsir koʻrsatadi? Masalan, qanday qilib Mendel noʻxatlarining DNK nukleotidlari ketma-ketligi (A, T va G) oʻsimlik guli rangini belgiladi?
Genlar (oqsillar singari) funksional mahsulotlarni belgilaydi
DNK molekulasi bu shunchaki uzun, zerikarli nukleotidlar zanjiri emas. Balki u genlar deb ataluvchi funksional birliklarga boʻlinadi. Har bir gen maʼlum funksional mahsulotga, yaʼni ayni hujayrada vazifa bajarishi kerak boʻlgan molekulaga koʻrsatma beradi. Koʻp hollarda genning funksional mahsuloti oqsildir. Masalan, Mendel tajribasidagi gul rangini belgilovchi gen, gultojibarglardagi rangli molekulalar (pigment)larni hosil qilishda yordam beruvchi oqsillarga koʻrsatma beradi.
Chizmada qanday qilib gen organizm fenotipini (namoyon boʻluvchi xususiyatini) yuzaga chiqarishi koʻrsatilgan. Mendel tomonidan oʻrganilgan gul rangini belgilovchi gen xromosomaning maʼlum bir qismida joylashgan DNK ketma-ketligidan iborat. DNKning muayyan ketma-ketligi mavjud boʻlib, uning bir qismi chizmada koʻrsatilgan, yaʼni 5ʼ-GTAAATSG-3ʼ (yuqori zanjir) va unga komplementar juft ketma-ketligi esa 5ʼ-SATTTAGS-5ʼ(pastki zanjir). Shu genning DNK ketma-ketligi gul rangini belgilovchi pigmentlarni yuzaga chiqaradigan oqsillar sintezini belgilaydi. Mavjud oqsil oʻz vazifasini bajarganda (funksional boʻlganda) bu pigmentlar rangi yuzaga chiqadi va gulning binafsha rangda boʻlishini taʼminlaydi.
Surat Hellens va boshqalar ^11start superscript, 1, end superscript oʻtkazgan tajriba maʼlumotlariga va “Reece” va boshqalardagi ^22squared oʻxshash chizmalarga asoslangan.
Koʻpchilikka maʼlum genlarning funksional mahsuloti oqsillar, yana ham aniqroq aytsak, polipeptidlardir. Polipeptidlar bu shunchaki aminokislotalar zanjirining boshqa bir nomi. Koʻpgina oqsillar bitta polipeptid zanjirdan iborat boʻlsa-da, baʼzilari bir nechta polipeptiddan tashkil topgan. Polipeptidlarni belgilovchi genlar oqsil-kodlovchi genlar deyiladi.
Hamma genlar ham polipeptidlarni belgilamaydi. Balki baʼzilari translyatsiyada ishtirok etuvchi transport RNKlar va ribosomal RNKlar kabi funksional RNK molekulalarini hosil qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani beradi.
[Oqsil kodlovchi va RNK genlari haqida batafsil]
Do'stlaringiz bilan baham: |