Amaliy 14-15 Oqsil biosintezi Gen ekspressiyasi haqida qisqacha


Download 0.79 Mb.
bet4/5
Sana12.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1769091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy 14-15 Oqsil biosintezi Gen ekspressiyasi haqida qisqacha

Translyatsiya
Transkripsiya jarayonidan soʻng (eukariotlarda RNK protsessingidan keyin ham) i-RNK molekulasi oqsil sintezini amalga oshiradi. Polipeptid hosil qilish uchun i-RNKdagi maʼlumotdan foydalanish translyatsiya deb ataladi.
Genetik kod
Translyatsiya jarayonida i-RNK nukleotidlar ketma-ketligi polipeptid aminokislota ketma-ketligiga oʻgiriladi. Aniqrogʻi, i-RNK nukleotidlar ketma-ketligi kodon deb nomlanuvchi triplet nukleotidlar koʻrinishida oʻqiladi. Aminokislotalar belgilaydigan kodonlar soni 616161 ta boʻlib, translyatsiya jarayoni boshlanishini belgilab beruvchi kodon “start” (boshlovchi) kodon deb ataladi. Boshlovchi kodon aksariyat polipeptidlarning boshlangʻich aminokislotasi hisoblangan metioninni belgilaydi. Qolgan uchta “stop” kodon esa polipeptidning oxirini belgilaydi. Kodonlar va aminokislotalar oʻrtasidagi bu bogʻlanish genetik kod deb ataladi. 
[Genetik kod jadvali]

I-RNK ketma-ketligi:
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ
Translyatsiya jarayoni i-RNK nukleotidlaridagi maʼlumotlarning triplet koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir guruh bitta aminokislotani belgilaydi (yoki translyatsiya tugashini bildiruvchi toʻxtash signali vazifasini bajaradi).
5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ
AUG \rightarrow→right arrow Metionin AUS \rightarrow→right arrow Izoleysin USG \rightarrow→right arrow Serin UAA \rightarrow→right arrow “Stop”
Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C-terminal)
Translyatsiya bosqichlari
Translyatsiya ribosoma deb ataluvchi struktura ichida amalga oshadi. Ribosomalarning asosiy vazifasi polipeptidlar hosil qilishdan iborat. Ribosoma i-RNKga bogʻlanib, “start” kodonini topgandan soʻng bir zumda i-RNK bilan qorishib ketadi. Shu bilan i-RNKdagi kodonlar ketma-ketligini aynan akslantiruvchi aminokislotalar zanjiri asta-sekin hosil boʻladi.
Ribosoma har bir kodonga qaysi aminokislotani qoʻshishni qanday biladi? Maʼlum boʻlishicha, bu moslashni ribosoma amalga oshirmaydi. Aksincha, u transport RNK (t-RNK)lar deb ataluvchi maxsus RNK molekulalar guruhiga bogʻliq hisoblanadi. Har bir t-RNK bitta uchida bir yoki bir nechta muayyan bir kodonlarga bogʻlana oladigan 3 ta nukleotidni saqlaydi. Ikkinchi uchida t-RNK aminokislotani, yaʼni ushbu kodonlarga mos keladigan aminokislotani olib yuradi.

Ribosomada sodir boʻluvchi translyatsiya jarayoni. I-RNK ribosomaga bogʻlanib, t-RNK molekulasi bilan taʼsirlashadi.
Ushbu rasmda i-RNK ketma-ketligi quyidagicha:
5ʼ-...AUG UAS AUS USG GAU...-5ʼ
Uchinchi kodon (5'-AUS-3')ga bogʻlangan t-RNK 3'-UAG-5' komplementar ketma-ketlikka ega. U t-RNKga izoleysin bilan birikkan metionin va izoleysindan iborat polipeptidlar zanjiriga ega. Ushbu t-RNKning oʻng tomoniga yana bir t-RNK keyingi kodon bilan bogʻlanadi (5'-USG-3'). Ushbu t-RNKda nukleotidlarning (3'-AGS-5') komplementar ketma-ketligi mavjud boʻlib, i-RNK kodon tomonidan belgilangan serin aminokislotasini oʻz ichiga oladi. Ushbu t-RNK tomonidan olib kelingan serin oʻsib borayotgan polipeptid zanjiriga qoʻshiladi.
Boshqa aminokislotalarni tashiydigan boshqa t-RNKlar orqa tomonda harakatlanmoqda. Ulardan biri Glu (glutamik kislota)ni tashiydi va uning uchida 5ʼ-SUU-5ʼketma-ketligini oʻqiydigan nukleotidlar bor. Ikkinchisi Asp (aspartik kislota)ni tashiydi va uning uchida 5ʼ-SUA-5ʼni oʻqiydigan nukleotidlar ketma-ketligi mavjud.
Hujayra ichida harakatlanuvchi koʻplab t-RNKlar mavjud, ammo maʼlum bir vaqtda oʻqilayotgan kodonga mos keladigan t-RNK aminokislotalar yukini bogʻlab, yetkazib bera oladi, xolos. Bir t-RNK ribosomadagi mos kodon bilan mahkam bogʻlanganidan soʻng, uning aminokislotalari polipeptid zanjirining oxiriga qoʻshiladi.


  1. Mos keluvchi t-RNK ribosomaning oʻng tomonida joylashgan kodon bilan bogʻlanadi.

  2. Aminokislotalar zanjiri ribosomaning oʻrta boʻshligʻidagi t-RNKdan uning eng oʻng boʻshligʻidagi t-RNKning aminokislotasiga oʻtkaziladi. Bu esa aminokislotalar zanjirining oxiriga aminokislota qoʻshishga taʼsir qiladi.

  3. Ribosoma bitta kodonni siljitadi. Oldin oʻrta boʻshliqdagi t-RNK chapga siljiydi va ribosomani tark etadi. Oldin oʻng boʻshliqda boʻlgan t-RNK oʻrta boʻshliqqa oʻtib, aminokislotalar zanjirini ushlab turishda davom etadi. Yangi kodon oʻngdagi boʻshliqqa yangi t-RNK ulanishi uchun ochiladi.

Bu jarayon koʻp marta takrorlanadi, ribosoma i-RNKning kodonidan pastga tomon harakatlanadi. Aminokislotalar zanjiri i-RNK tarkibidagi kodonlar ketma-ketligiga mos keladigan aminokislotalar ketma-ketligi bilan birma-bir quriladi. Translyatsiya ribosoma toʻxtash kodoniga yetib kelib, polipeptid ajralganida tugaydi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling