Keyin nima sodir boʻladi?
Polipeptid hosil boʻlganidan soʻng, u protsessing yoki modifikatsiya jarayonlaridan oʻtishi, boshqa polipeptidlar bilan birlashishi yoki boʻlmasa hujayra ichida yoki tashqarisidagi muayyan joyga yuborilishi mumkin. Oxir-oqibat u hujayra yoki organizm uchun zarur boʻlgan, ehtimol, signal molekula, tarkibiy element yoki ferment sifatida muayyan bir vazifani bajaradi.
Xulosa
DNK polipeptidlar (oqsillar va oqsil monomerlari) yoki funksional RNKlar (t-RNK va r-RNKlar)ni belgilovchi genlar deb ataladigan funksional birliklarga boʻlinadi.
Gendagi maʼlumotlardan gen ekspressiyasi deb ataluvchi jarayonda maʼlum funksional mahsulotlar hosil qilish uchun foydalaniladi.
Polipeptidlarni kodlash jarayoni ikki bosqichda amalga oshadi. Bu jarayonda DNKdagi maʼlumotlar DNK \rightarrow→right arrow RNK \rightarrow→right arrow oqsil ketma-ketligida uzatiladi va bu yoʻnalishli bogʻlanish molekulyar biologiyada markaziy dogma deb ataladi.
Transkripsiya: DNKning bir zanjiri RNK molekulasiga koʻchiriladi. Eukariot organizmlarda RNK transkripsiyasi yetuk informatsion RNK (i-RNK) boʻlishi uchun qoʻshimcha protsessing bosqichlaridan oʻtishi kerak.
Translyatsiya: i-RNKning nukleotidlar ketma-ketligi polipeptid aminokislota ketma-ketligini belgilash uchun oʻqiladi. Bu jarayon ribosoma ichida sodir boʻladi va t-RNK deb nomlanuvchi adapter molekulalarni talab qiladi.
Translyatsiya jarayonida i-RNK nukleotidlari kodon deb ataluvchi uchtalik guruh koʻrinishida oʻqiladi. Har bir kodon maʼlum bir aminokislotani belgilaydi yoki signalni toʻxtatadi. Ushbu munosabatlar jamlanmasi genetik kod deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |