Amaliy 14-15 Oqsil biosintezi Gen ekspressiyasi haqida qisqacha


Download 0.79 Mb.
bet3/5
Sana12.11.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1769091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amaliy 14-15 Oqsil biosintezi Gen ekspressiyasi haqida qisqacha

Transkripsiya
Transkripsiya jarayonida DNKning gen hosil qiluvchi zanjiri kodlamaydigan zanjir deb nomlanadi va undan andoza sifatida foydalangan holatda RNK polimeraza fermenti ishtirokida (komplementar) RNK zanjiri sintezlanadi. Bu hosil boʻlgan RNK zanjiri birlamchi transkript (iRNK) deb nomlanadi.

DNK qoʻsh zanjiri quyidagi ketma-ketlikka ega:
5ʼ-ATGATSTSGTAA-5ʼ 5ʼ-TASTAGAGSATT-5ʼ
DNK pufakcha hosil qilish uchun ochiladi va pastki zanjir komplementar RNK zanjirini sintez qilish uchun andoza boʻlib xizmat qiladi. Ushbu zanjir andoza zanjiri deb nomlanadi. Andoza zanjirining transkripsiyasi DNKning boshqa zanjiri (kodlovchi zanjiri)ga ketma-ketlik boʻyicha mos keluvchi i-RNK hosil qiladi. Vaholanki, DNK va RNK oʻrtasidagi biokimyoviy farq tufayli DNKdagi T i-RNKda U bilan almashadi. I-RNK ketma-ketligi quyidagicha:
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ
Birlamchi RNK transkripsiyasidagi nukleotidlar ketma-ketligi baʼzan kodlovchi zanjir deb yuritiluvchi DNKning transkripsiyada qatnashmagan zanjir ketma-ketligi bilan mos keladi. Lekin DNK va RNK oʻrtasida maʼlum turdagi biokimyoviy farqlar mavjudligi sababli birlamchi RNK transkripsiyasi va DNKning kodlovchi zanjiri toʻlaligicha bir xil boʻlmaydi. Asosiy farqi shuki, RNK molekulalarida timin (T) asoslari boʻlmaydi. Uning oʻrniga shunga oʻxshab ketuvchi uratsil (U) asoslari oʻrin olgan boʻladi. Timin kabi uratsil ham adenin bilan juftlashadi.
[DNK va RNK oʻrtasidagi boshqa farqlar]
Transkripsiya va RNK jarayoni: eukariotlar va bakteriyalar
Bakteriyada birlamchi RNK transkripsiyasi toʻgʻridan toʻgʻri informatsion RNK (i-RNK) vazifasini bajarishi mumkin. DNK va ribosomalar oʻrtasida maʼlumot tashigani uchun informatsion RNK deb nomlangan. Ribosomalar oqsil aslida paydo boʻladigan sitozoldagi RNK va oqsilli strukturalardir.
Eukariotlarda (masalan, odamlarda) birlamchi transkripsiya yetuk i-RNK boʻlishi uchun baʼzi qoʻshimcha protsessing bosqichlaridan oʻtishi kerak. Protsessing davomida keplar RNK uchiga qoʻshiladi va splaysing deb ataluvchi jarayonda uning bir qismi ehtiyotkorlik bilan olib tashlanadi. Bu bosqichlar bakteriyada sodir boʻlmaydi.

Eukariot hujayra: transkripsiya yadroda sodir boʻladi. Birlamchi transkripsiya yetuk i-RNK boʻlishi uchun yadroda protsessing bosqichlaridan ham oʻtadi. Keyin sitozolga chiqariladi, u yerda ribosomaga bogʻlanib, translyatsiya jarayonidagi polipeptid sintezini yoʻnaltiradi.
Bakteriya: transkripsiya sitozolda sodir boʻladi. Shuning uchun i-RNK ribosoma tomonidan translyatsiya qilinishidan oldin biror-bir joyga koʻchirilishi shart emas. Aslida ribosoma i-RNK toʻliq transkripsiya qilinishidan oldin translyatsiyani boshlashi mumkin (yaʼni transkripsiya davom etayotganda).
Transkripsiyaning joylashuvi prokariotlar va eukariotlar oʻrtasida ham farq qiladi. Eukariot transkripsiya yadroda, yaʼni DNK saqlanadigan joyda, oqsil sintezi esa sitozolda sodir boʻladi. Shu sababli eukariot i-RNK polipeptidga oʻgirilishidan oldin yadrodan eksport qilinishi kerak. Oʻz navbatida, prokariot hujayralar yadroga ega emas, shuning uchun ular transkripsiya va translyatsiya jarayonlarini sitozolda amalga oshiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling