Elektr zanjiri va uning xossalari Reja


Download 0.91 Mb.
Sana23.04.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1389848
Bog'liq
1 mavzu


Elektr zanjiri va uning xossalari
Reja:
Umumiy tushunchalar.
Elektr zanjirining asosiy qonunlari.
Elektr zanjiridagi qarshiliklarni ulash sxemalari.
Elektr zanjiri deb, elektr tokini xosil qiluvchi va uning oqib utishini taʼminlash uchun berk yo’l hosil qiladigan qurilmalar yig’indisiga aytiladi.
Elektr zanjirlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash elektrik sxema deb ataladi.
Zanjirdan tok uzluksiz utib turishining asosiy sharti uning tarkibida elektr energiya manbaining bulishidir.
Oʼzgarmas tok manbalari, isteʼmolchilari va ularni simlar bilan oʼzaro ulashdan xosil qilingan berk kontur oʼzgarmas tok zanjiri deyiladi.
Elektr zanjiri va uning elementlari: Elektr zanjirlarini hisoblashda uning ba'zi – bir elementlarini bilish va ularni bir- biridan farqlash zarur.
Tarmoq – bu elektr zanjirlarining bitta yoki bir nechta elementlari ulangan qismi bo'lib ulardan faqat bittayu bitta tok o'tadigan qismidir.

Tugun – bu elektr zanjirlarining 3 ta yoki undan ortiq tarmoqlari ulangan nuqtasidir.

OM VA KIRXGOF QONUNLARI
Oddiy holda elektr zanjiri uch qismdan iborat bo’ladi: 1. energiya manbai, 2. iste’molchi, 3. ulovchi simlar.
Faqat chiziqli elementlardan iborat zanjir - chizikli elektr zanjiri deb ataladi.


Elektr energiyasini xosil qiluvchi turli manbalarning shartli belgilanishi.
a) – Elektr yurituvchi kuch (EYuK);
b) v) – galvanik elementlar yoki akkumulyator batareyalari;
g)- termoelementlar;
d)-fotoelement;
e)-uzgarmas tokning elektr mashina generatori;
j)- uzgaruvchan tokning elektr mashina generatori.
Zanjirdan o’tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o’tkazgichning ko’ndalang kesimidan vaqt birligi ichida o’tgan elektr zaryadlarining miqdori bilan aniklanadi, yaʼni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proportsional kattalikdir.

Аgar zanjirdan o’tayotgan tokning yo’nalishi va qiymati vaqt davomida o’zgarmas bo’lsa, bo’nday tok o’zgarma tok deyiladi.

Xalqaro birliklar sistemasida elektr tokining o’lchov birligi sifatida amper qabul kilingan. O’tkazgichning ko’ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon elektr zaryadlari o’tgandagi tok kuchi bir amperga teng buladi.

Manbaning Elektr Yurituvchi Kuchi tufayli uning qisma (klemma) larida maʼlum potentsiallar farqi yuzaga keladi. Potentsiali yukori bulgan kismani musbat deb, uni «+» ishora, potentsiali past bulgan kismani manfiy «-» ishora bilan belgilash kabul kilingan.

Manbada (ichki zanjirda) elektr tokining yunalishi «-» ishoradan «+» ishoraga, yaʼni quyi potentsialli nuqtadan yuqori potentsialli no’qtaga yo’naladi. Tashki zanjirda esa aksincha «+» ishoradan «-» ishoraga, yaʼni yukori potentsialli nuktadan kuyi potentsialli nuktaga yunaladi.



Material nisbatan yukori solishtirma utkazuvchan- likka ega bulgan materiallardir(mis, alyuminiy, pulat). Shuningdek, mazkur metallarning qotishma- lari (manganin, konstantan, nixrom va bosh.) dan xam keng foydalaniladi.
Yuqorida keltirib utilgan materiallarga xos xususiyatlar quyidagi jadvalda keltirilgan

Elektr zanjirining asosiy qonunlari.
Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo’lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o’zaro qanday nisbatda bog’langanligini ifodalaydi. Bu qonunga ko’ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi tok EYuK ga to’g’ri proporsional zanjirning to’la qarshiligiga teskari proporsionaldir. Mazkur qonunga binoan quyida rasmda kursatilgan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi.

Elektr zanjirlarini hisoblashda ko'p hollarda zanjir qismlaridagi qarshiliklar va EYUK beriladi va tarmoqlardagi toklarni, zanjirning alohida qismlaridagi kuchlanishlarni hamda quvvatni topish talab etiladi.
Elektr zanjirlarini hisoblash esa Elektrotexnikaning asosiy qonunlari Om va Kirxgoff qonunlariga asoslanadi.
Om qonuni: Berk elektr zanjiridan o'tayotgan elektr toki EYUK ga tog'ri va zanjirning qarshiligiga teskari proporsionaldir.

Gustav Robert Kirxgoff (1824-1887) Germaniyalik nemis olimi. U oddiy elektr zanjirida elektr zaryadlar harakatini, ya'ni manbadan elektr lampagacha va elektr lampadan manbagacha bo'lgan masofada zarydlar harakatini kuzatdigan.
Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling