Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


DAM TANASINING STRUKTURASI


Download 1.67 Mb.
bet4/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.2.0DAM TANASINING STRUKTURASI.

Odam organizmi hujayra va hujayralararo moddalardan iborat to’qimalar bo’lib, to’qimalar yig’indisidan organlar, organlardan esa sistemalar vujudga keladi.




To’qima - tuzilishi. paydo bo’lishi va maxsus vazifani bajarishida hujayralar va nohujayralar tarkibidan iborat tarixiy sistemalar majmuyi hisoblanadi. Har bir organ yagona emas, balki har xil turdagi to’qimalardan tashqil topgan. Masalan: suyak
hujayralari va ular oralig’idagi hujayralararo moddalar; suyak, suyakni oziqlantiruvchi qon tomirlarining devorlari va suyaklarni innervatsiya qiluvchi nerv tuzilmalari va boshqalar, suyakga ta’aluqli to’qimalardan iborat.

Turli to’qimalar epiteliyali, ichki a'zo hujayralari yoki mushak va nervni birlashtiruvchi hujayralarga bo’linadi.




E p i t e l i a l t o ’ q l m a l a r - himoya, sekretor va shimish vazifasini bajradi. Bu to’qimalarning himoya vazifasi hamma ichki organlarni mikrob va boshqa zararli moddalardan, shu jumladan oshqozon-ichak traktini ovqat hazm qilish sharbatini buzilishidan saqlab turuvchi, terining tashqi epidermis qatlamidan tashkil topgan. Ovqat hazm qilish to’qimalari oziqani oshqozon-ichak kanallarida shimishi va organizmdan modda almashinuv maxsulini chiqarib yuborilishi epitelial to'qimalar orqali amalga oshiriladi.

Odam tanasida bezlarni vujudga kelishida ishtirok etishi, epitelial to’qimaning sekretor vazifasi hisoblanadi. Masalan: ovqat hazm qilish sharbati (ovqat hazm qilish sistemasi bezlari) ni, yog’ (yog’ bezlari) ni; ter (ter bezlari) ni hosil qiluvchi sekretlar.




I c h k i a ' z o y o k i b i r l a s h t i r u v c h i t o ’ q l m a l a r asosan oziqlantirish, himoya va tayanch vazifalarini bajaradi. Oziqlantirish to’qimalariga asosan qon, limfa, ko’pincha g’ovak bo’sh to’qimalar kiradi. Ular organizmni ozuqa moddalari va kislorod bilan ta'minlash bilan birgalikda organizmdan modda almashinuv maxsulini va uglekislotani chiqarib yuborishga xizmat qiladi. Himoya to’qimalari esa - organizmni buzish qobiliyatiga ega bo’lgan mikroblardan himoya qiluvchi modda ishlab chiqarishga mo’ljallangan. Tayanch vazifani asosan zich birlashtiruvchi, kemik(tog’ay), suyak va qisman g’ovak birlashtiruvchi to’qimalar bajaradi.



Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling