Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


Download 1.67 Mb.
bet1/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O.A. XAYDAROV
AMALIY ANTROPOLOGIYA VA


BIOMEXANIKA ASOSLARI


(Charm buyumlarini loyihalashga oid)
DARSLIK



TOSHKENT 2011 YIL

TAQRIZCHILAR:

О’.M. Mirsharapov


Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sanitariya, gigiena va davolash fakultetining “Anatomiya va OXTA kafedrasining mudiri tibbiyot fanlari doktori. professor.


F.U. Nigmatova


Toshkent to’qimachilik va engil sanoat institutining “Libos dizayni” kafedrasining dotsenti. texnika fanlari nomzodi


M.O. Otamirzaev.





  • Toshkent to’qimachilik va engil sanoat insititutining “Informitika'* kafedrasining mudiri, texnika fanlari nomzodi. dotsent

TTESI ilmiy - uslubiy kengashda muxokama qilingan va darslik sifatida tavsiya etib chop etishga ruxsat berdi.


28 may 2010 y. Bayonnoma № 5


Ushbu darslik “5320900 Engil sanoat buymlarini texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash?’ bakalavr ta'lim yo’nalishi va «5А5320903 - Charm va mo’yna buymlarini texnologiyasi va konstruktsiyasini ishlash » magistratura mutaxassisligi. hamda tibbiyot institutlarining I. II bosqich talabalari va tibbiyot kollej o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, undan aspirant va izlanuvchilar ham fodalanishi mumkin.


© O.A . Xaydarov
«Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari» (charm buyumlarini loyihalashga oid) darsligi Davat tilida yozilgan bo’lib, sohadagi tanilgan maxsus adabiyotlarga asoslangan. Unda qo’l va oyoqni erkin turgan qismining skeletini anatomiya va fiziologiyasi; skelet, mushaklar, qon aylanish va nerv sistemalarini tuzilishi va vazifasi to’g’risida asosiy tushinchalar keltirilgan. Bundan tashqari ommaviy antropometrik o’lchash, ularga ishlov berish uchun EHM ni ishlatish usullari, qo’l va oyoq panjalarini o’lchamlaridagi qonuniyatlari ko’rib chiqilgan va odamni xarakatlanishdagi biomexanika muommolari yoritilgan. Yuqoridagilarga asoslanib ratsional qolip va poyabzal loyihlash usullari keltirilgan.

Аннотация


Учебник «Основы, прикладной антропологии и биомеханики» (При проектировании изделий из кожи) написан на Государственном языке на основе известных литературных источников по данной отрасли. В нём приведены основы анатомии и физиологии верхних и нижних конечностей; строение и функции скелета, мышц, сосудистой и нервной системы конечностей. Рассмотрены методы массовых антропологических измерений, применение ЭВМ для обработки данных, закономерности размеров стоп и кистей. Освещены вопросы биомеханики движений человека. На основе которых приведены методы проектирования рациональных колодок и обуви.


Summary

The text book “Basis of applied anthropology and biomechanics" (for designing leather goods) was written in state language on the basis of well known literary sources on the given branch. In the textbook the bases of anatomy and physiology of upper and lower extremities, the construction and functions of skeleton, muscles, vessels and nervous system of extremities have been given. Methods of mass anthropological measures, using computers for working up data, conformities to natural laws of foot and hand dimensions are examined. The questions of a man motions biomechanics are elucidated. On the basis of the above mentioned the methods of designing rational lasts and shoes are given.
Mazkur darslik - “Charm buvumlarini konstruktsiyalash'’ fani bo’yicha talabalarni nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilib, u «Amaliv antropologiya va biomexanika asoslari» va «Charm buyumlarini konstruktsiyalash» kurslarining nazariy dasturi asosida yozilgan.

Ma'lumki zamonaviy xalq iste'mol maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar oldiga maxsulot hajmini keskin oshirish vazifasi qo’yilgan. Shu bilan birgalikda charm-attorlik va poyabzal sohalarida maxsulot assortimentini kengaytirish, ulaming sifatini oshirish va raqobatbardosh, hamda yangi turdagi buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish kabi masalalar ham nazarda tutilgan.


Charm buyumlarini sifat ko’rsatgichlaridan biri ulaming o’lcham va shakillari oyoq va qo’l panjalarim o’lcham va shakillariga mos kelishidir. Shuning uchun loyihalanayotgan maxsulotning parametrlarini to’g’ri tanlashda, muxandis-konstruktor odam tanasi to’g’risida to’liq ma'lumotga ega bo’lishi kerak Poyabzal va qo’lqoplarni loyihalashda oyoq va qo’lning erkin turgan qismini anatomo-fiziologik tuzilishini va ulaming o’zgarish qonuniyatlarini yaxshi bilish kerak. Oyoq va qo’lning xarakat biomexanikasini, odam tik turganda va yurganda og’irligini oyoq panjasining izi bo’ylab taxsimlanishini, oyoq va qo’l panjasi ing o’lchamlarini xarakatdagi o ’zgarishini, poyabzal va oyoq panjasi orasidagi bosim kabilami o’rganish, konstruktorga poyabzal razmerlarini, hamda maxsulot detallari uchun materialni to’g’ri tanlash imkonini beradi.


Ommaviy ishlab chiqarishda poyabzal va qo’lqoplaming minimal razmer assortimentini yaratib,


axolini tayyor maxsulotga bo’lgan extiyojini maksimal qondirish kabi murakkab masalalar kelib chiqadi. Bu masalani echilishi, o’lchov tipologiyasini qurish bilan amalga oshiriladi. O ’lchov


tipologiyasini qurishning ilmiy asosida axolini keng qamrovdagi antropometrik o’lchov ko’rsatgichlarini o ’rganish va ularga matematik statistika usullari yordamida taxlil qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.


Ratsional poyabzal ishlab chiqarish bo’yicha birinchilardan bo’lib XIX asming oxirida doktor Korshnevskiv va anatomiva professori doktor Erxardlar shug’ullanishgan. Ulaming ishlarini Rossiva olimlari davom ettirgan va rivojlantirishgan. Axoli oyoq panjasining o ’lchamlarini ommaviy o’rganish bo’yicha M. A.Petrov (1920-1930), G.L.Nikolaev (1931) shug’ullanishgan.


Charm buyumlarini standartini yaratish muammolarini yechish bo’yicha Moskva Davlat





Universitetming

D.N.

Anuchin

nomidagi

“Antropologiya Ilmiy tadqiqot instituti” xodimlari

M.V.Ignatev, P.I.Zenkevich, P.N.Bashkirov, V.M.Kranslar katta xissa qo’shgan. T.f.d.

prof.

Yu.P.Zibin oyoq

panjasining o ’lchamlar oralig’idagi qonuniyatlarini yaratdi va birinchi bo’lib «sezish

chegarasi» lushunchasi

va uning

qiymatini

aniqladi. Bu, razmer tipologiyasini yaratishga

va shu

asosida poyabzal assortimentining tipik jadvalini tuzishga imkon berdi. Oyoq panjasining o ’lchamlaiini tadqiqotida B.P.Xoxlov, V V.Bunak, K.I.Chentsova va boshqalar xam ishtirok etishgan. O ’zbekiston axolisini oyoq panjasini o’lchamlarini esa - S. X. Xusnitdinov raxbarligida A.A. Xaydarov olib borgan.

Darslik qo’lvozmasini ko’rib chiqib muhim fikr-mulaxazalar taklif etgani uchun professor X.Q. Tursunov va dotsent Q.I.Abulniyozovlarga, hamda taqrizchilar: Toshkent tibbiyot akademiyasining «Anatomiva va ОХТА» kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor, O’.M. Mirsharapov; texnika fanlari nomzodi, TTESIning “Libos dizayni” kafedrasining dotsenti, F.U. Nigmatova; texnika fanlari nomzodi, TTESIning “Informitika” kafedrasining mudiri, dotsent, M.O. Otamirzayevlarga mualliflar minnatdorchilik bildiradi.


Anatomiya va fiziologiya maxsus fan sifatida Uyg’omsh davrida paydo bo’lgan. Bu burjuaz jamiyatni shakllanish davri bo’lib, tabiatshunoslikning umumiy rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq
Anatomiya va fiziologiya to’g’risidagi noto’liq tushunchalar qadimdan ma'lum bo’lib, ular sistemali ilmiy xarakterga ega bo’lmagan. Qadimiy Gretsivada, umuman butun tibbiyot sohasi kabi, anatomiya va fiziologiyaga alohida ahannyat berilgan. Taniqli grek mutafakkiri Gippokratning (eramizdan avvalgi 460-377y.) bir necha tibbiyot asarlari mavjud bo’lib, unda anatomiya va fiziologiyaga ta'aluqli ma'lumotlar keltirilgan. U bosh suyaklarini nisbatan to’g’ri ta'riflagan. Gippokrat odam tanasi: qon, so’lak, o’t va qora o’t kabi to’rt “sharbat”lardan iborat deb ta'lim beradi. Shu “sharbat”laming qaysi biri ustunligiga qarab odamning mijozi (temperamenti): sangvinik (xushchaqchaq), xolerik (qiziqqon), flegmatik (og’ir), va melanxolik (g’amgin) kabi to’rt hil bo’lishi mumkin. Shunga asoslanib odamning mijozi, uning ruxiy faolyatini ifodlovchi holat hisoblanib, tananing “sharbat” holatiga, va'ni kishi ongidan tashqarida va unga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan, ob’yektiv reallikga qarab aniqlanadi. Bu Gippokratning materializmi deb hisoblangan. Shu materializmga asoslangan holda Gippokrat odamning betobligi, suyuqliklami noto’g’ri aralashish natijasi deb, suyuqlikm yurgizish vositasida odamni davolash amaliyotini tavsiya etadi Ammo Gippokratning anatomik ma'lumotlarida ba'zi hatoliklar mavjud. Masalan: u odamning nervini paylardan farqlamagan va arteriya tarkibida havo mavjud degan, shundan kelib chiqib arteriya (aer-havo, tereo-olib yuruvchi) havo olib yuruvchi deb, bosh miyaning asosiy vazifasi suyuqlik ajratuvchi deb hisoblagan.

Anatomiyaning rivojlantirishida buyuk olim va faylasuf Aristotel (eramizdan avval 384-322y.) ijobiy rol o ’ynagan. U taqqoslash usuli bilan, 500dan ortiq jonzotlar tuzilishini o’rganib, birinchi bo’lib ulaming tashqi ko’rinishi klassifikatsiyasini tuzishga harakat qilgan. Aristotel suyak usti qoplamalarini va suyaklami oziqlantiruvchi qon tomirlami, paylami nervdan ajralganligini va hamma arteriyalar aorta tarkibiga kirishini ko’rsatgan. Unga diafragma, ba'zi katta venalar, yurak va buyraklami faoliyati ma'lum bo’lgan. Aristotel odam anotomiyasi bilan shug’ullanmagan bo’lsada, uning anatomo-fiziologik tasavvuri bu fanni rivojlanishiga uzoq vaqt ta'sir ko’rsatib kclgan.


Klavdiy Gelen (eramizning 130-200 yillari) Rim imperiyasida atoqli filosof, biolog, vrach, anatom va fiziolog bo’lgan. Uning ta'sir doirasi asosan tibbiyot bo’lgan. Gelen imperator -mutafakkir Mark Avreliyning saroy tabibi hisoblanib, u ilm va tibbiy faoliyat olib borish uchun alohida imkoniyatlarga ega bo’lgan. U jonzotlarda tajribalar o’tkazgan va ulami murdalari i yorib ko’rgan. Uning ta'Iimotlarida mushaklarda nerv tolalarini mavjudligi, suyaklar klassifikatsiyasi va ulaming birlashuvlari to’g ’risida ma'lumotlar keltirilgan, bosh miyaning har xil bo’laklarini faoliyati to’g ’risida ta'riflar berilgan. Lekin u ko’p hatoliklarga yo’l qo’ygan. Masalan, qon aylanish sistemasini noto’g’ri talqin qilgan, uning tasavvuri bo’yicha qon aylanish sistemasining asosiy a'zosi jigar deb hisoblagan.


O ’rta asrlar ilm-fanda, shu jumladan tibbiyotda ham turg’unlik davri bo’lib, bunga cherkovni ta'siri katta bo’lgan. Uning asosiy ta'qibi murdani yorib ko’rish taqiqlanganligidadir. Bu esa o’z navbatida tibbiyotni rivojlanishiga salbiy ta'sir ko’rsatgan. O ’rta asr davrida faqat alohida olimlar tibbiyotning rivojlanishiga o’z hissasini qo’shishga muvafoq bo’lgan. Ular qatoriga eramizning 980-1037 yillarda faoliyat ko’rsatgan Markaziy Osiyo ulug’ olimi, mutafakkir filosofi, yetukli tabibi Abu Ali Ibn Sinoni kiritish mumkin. Uning «Tib qonunlari» nomli mashxur kitobida o ’z zamonasining tibbiyot sohasiga ta'luqli bo’lgan hamma tibbiyot, shu jumladan anatomiya va fizologiya haqidagi ma'lumotlar keltirilgan bo’lib, ushbu kitob xanuzgacha Sharq va G ’arb tabiblarining asosiy qo’llanmasi hisoblanib kelmoqda.


Shunday qilib ilmiy anatomiyaning asoschilari sifatida Abu Ali Ibn Sino, Leonardo da Vinchi,


A ndres Veziliy, Vilyam Gerveylami butun dun'yo tan olgan.


Odam va jonzot anatomiyasi i rivojlantirishga Leonardo da Vinchi (1452-1519 y ), plastik


anatomiya asoschisi sifatida, misli ko’rinmagan hissa qo’shgan. Diniy tasavurlarga ko’ra Odam ota va


Momo havomng paydo bo’lishiga zid ravishda, Leonardo da Vinchi, erkaklarda 12 juft qovurg’a

borlijni qattiy ta'kidlagan. U o ’z tasvirlarida birinchi bo’lib odam tanasini a'zolarini to’g ’ri


joylashtirgan.


Belgiyalik Audres Vezaliy (1514-1564 y ) kelib chiqishi flamenlik odam a'zolarini o’rganishga


materialistik yondoshgan va ob’yektiv kuzatish uslubini ishlatgan. Uning yetti kitobdan iborat «odam tanasinmg tuzilishi» qo’llanmasim I.P.Pavlov 1543 у «Vezaliyning mehnati - eng yangi odamning tarixi hisoblanib, odam anatomiyasi to’grisidagi birinchi kitob, oldingi olimlar mulohaza va ko’rsatmalarini qaytarmasdan, erkin ong tadqiqotlariga tayangan holda yozilgan» dab izoxlaydi.


Ingliz Vilyam Garvey (1578-1657 y.) birinchi bo’lib qon aylanish sistemasini ochgan. Ungacha, Qon bosim ostida tomirlarda to’lqin kabi quyulishi va qaytishi haqida ta'limotlar xukmronlik qilgan. Garvey esa tadqiqotlar natijasini «Jonzodlaming yurak va qon harakatlarini anatomik tadqiqotlari» (1628 y.) nomli mashhur traktatida keltirgan.


Tibbiyot bo’limlari, xususan fiziologiya XVIII, XIX va XX asrlarda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu muvaffaqiyatlar olimlaming bu soxadagi mehnatlari alohida ahamiyatga ega. Anatomiya skeletlar orqali o’rganilgan. Tibbiy xodimlami sistemali tayyorlash vo’lga qo’yilganligi, natijasida ushbu soha bo’yicha etuk olimlar etishib chiqqan. Shu jumladan anatomiya va fiziologiya professorial P.A .Zagorskiy (1764-1846 y.), P.I.Pirogov (1810-1881 y.), I.Sh.Sechenov (1929-1905 y.), I.P.Pavlovlardir,


V .V .Bunak (1891-1979 y.) uzoq vaqt yosh-jinsiy va konstruktsion mifologiya bilan shug’ullanuvchi maktabni boshqargan.



  1. QO’L VA OYOQNI ERKIN TURGAN QISMINING TUZILIShlNI




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling