Amaliy antropologiya va biomexanika asoslari


ODAM TANASI BO’YLAB O’TKAZILADIGAN O’Q


Download 1.67 Mb.
bet3/101
Sana30.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1310342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
portal.guldu.uz-AMALIY ANTR. VA BIOMEXANIKA ASOSLARI

1.1. ODAM TANASI BO’YLAB O’TKAZILADIGAN O’Q


VA TEKISLIKLAR.

Anatomiyada ikki oyoqqa teng bosim ostida tik turib, tushirilgan qo’l kaftlari oldga qaragan, shartli simmetrik holatga nisbatan odam tanasining tomonlarini o’rganish qabul qilingan. Shu holatda odam tanasi bo’ylab sagittal, frontal va gorizontal shartli o’zaro perpendikulvar uchta tekisliklar o’tkaziladi. Sagittal (gr. sagitta-o’q) yoki old-orqa tekisligi yagona bo’lib, odam tanasini o’ng va chap teng bo’laklarga bo’luvchi medial tekislik; frontal (lat. frons-peshona), - peshona tekisligiga parallel va gorizontal


ufq chzig’iga parallel tekisliklar hisoblanadi. Gorizontal va frontal tekisliklami kesishgan o’qiga ko’ndalang; gorizontal va sagittal tekisliklami kesishgan o’qiga sagittal, yoki old-orqa; frontal va sagittal tekisliklarini kesishgan o’qiga vertikal o’qlar deb ataladi. Bunda frontal va gorizontal tekisliklami hohlagan joydan sonsiz ko’p o’tkazish mumkin. Bo’vlama qismidan o’tuvchi frontal tekislik tanani old va orqa bo’lakga bo’ladi. Old bo’lagi qorin. orqa bo’lagi esa - bel qismlari deb ataladi.


Sagittal tekisligiga qaragan organ yuzasi medial, qarshi tamonga qaragani esa - lateral qismlari deb ataladi. Qo’l va oyoqni erkin turgan qismi uchun, tanaga yaqin va uzoq qismlariga, monand ravishda proksimal va distal atama(termin)lardan foydalaniladi. Lekin ular har doim bir xil bo’lmasligi mumkin. Ichki organlarning holati va tuzilishi, tananing tuzilishida assimetriyaga monand bo’lishi mumkin. Masalan: oshqozon. qora taloq. vurak va boshqa nojuft organlar tuzilishi va organizmda joylashishi bo’yicha assimetrik holatda bo’ladi.


Odam tanasining tashqi qismlarining shakli va o’lchamlari ham har doim simmetrik bo’lavermaydi. Masalan: chapaqay odamlaming chap qo’li rivojlangan bo’lib, u nafaqat kuchliroq. o’ng qo’lga nisbatan. ba'zi hollarda. 10-12mm gacha uzunroq bo’lishi mumkin. Oyoqni erkin turgan qismi ham xudi shunday assimetriyaga ega.





Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling